bo‘lgan. Uy egasi (bolshak) va uning xotini (bolshuxa)
oilaning bar-
cha mablag‘lari, a ’zolari taqdirini hal etishda mutasaddilik qilganlar.
Kapitalistik munosabatlarning taraqqiyoti rus oilasining ko‘plab
tomonlariga ta’sir etdi. Ayrim oila a’zolarining shaharga pul ishlagani
ketishi, kichiklarning kattalarga so‘zsiz bo‘ysunishining buzilishi.
o ‘g ‘illaming o ‘z huquqlarini namoyish etib, oila mulkidan o ‘z his-
salarini talab qilishlari va boshqalar boshlanadi. Rus oilalaring par-
chalanishi XIX asr oxirida boshlanadi.
Bu jarayon juda uzoq davom
etib, mahalliy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Oilaning parchalanishi o‘zaro munosabatlarga chek qo"yish
bo‘lmagan, albatta. Shahardami yoki qishloqda yangi ajralib chiqqan
oilalarni imkon darajasida katta oilaga yaqinroq joylashtirishga hara-
kat qilingan.
Kichik oilalar ko‘pincha ikki avlod - ota-onalar va farzandlaridan
iborat bo‘ladi. Kichik monogam oilaning ichki tizimi ancha demokra-
tik. Bu jarayonlaming taraqqiyoti shaharlarda ishchilar oilalarida, ay-
niqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi.
Inqilobdan so‘ng sobiq Ittifoqda oila, nikoh masalalarida progres-
siv qonunlar qabul qilindi. Zamonaviy oilalarda, ayniqsa, shahar
larda milliy aralash nikohlar ko‘payib bormoqda. Ijtimoiy geterogen
tarkibli (eri ishchi, xotini shifokor) oilalar soni ko‘payib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: