Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Rus folklori va amaliy san’at



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

19.6. Rus folklori va amaliy san’at
Rus folklori an’anaviy janrlari orasida eng qadimgi turi marosim 
qo‘shiqlaridir. Qo'shiqlar oiladagi muhim voqealami (oilaviy to ‘ylar, 
ulug‘lab aytish, hazil qo‘shiqlar, dafn marosimlari), taqvimiy bayram- 
lami (kolyadka va vesnyankalar) ham qo‘shiqlar hamrohligida ni- 
shonlashgan.
Rus xalq qo‘shiqlari ham syujetlari boyligi bilan ajralib turadi. 
Unga sevgi, oila haqida, yamshiklar, hazil-satirik va boshqa qo‘shiqlar 
kiradi. Adabiyotning yuksalishi, savodxonlikning tarqalishi bilan 
Rossiyada rus shoirlari she’rlaridan qo‘shiqlar yaratila boshlanadi.
Rus ertaklari ham qiziqarli va turli-tumandir. Ulardagi qahramon- 
lar: Ivan, Vasilisa, Baba yaga, 0 ‘lmas Koshey va boshqalar siymosida 
xalqning hayot mazmuni topqirligi, donishmandligi ko‘plab maqol- 
lar, matallar va topishmoqlarda o‘z aksini topgan.
339


Rus xalq musiqasi ham rang-barang, unda vokal tomoni in- 
strumentaldan ustun turadi. Rus musiqali asboblariga gusli, doira, 
nog‘ora, nay, balalayka, XIX asrdan gitara, garmon va h.k.lar kirgan.
Qadimdan ruslarda raqs va o‘yinlar musiqa yoki qo‘shiqlar ham- 
rohligida ijro etilgan. XIX-XX asrlardagi urbanizatsiya va murakkab 
ijtimoiy jarayonlar rus an’anaviy madaniyatini keskin o‘zgartirdi.
Kashtachilik xalq tasviriy san’atining qadimdan keng tarqalgan 
turidir. Kashtalar yuzlab yillar davomida an’anaviy naqshlarini saqla- 
gan. Xalq turmushida bu naqsh va kashtalar bilan kiyim-kechaklar, 
sochiqlar, yopgichlar, dasturxonlar bezalgan. XVII asrdan boshlab 
Rossiyaning ko‘plab viloyatlari, ayniqsa, Vologda, Nijegorod va 
Moskva guberniyalarida nafis to‘r (kashtali to‘r) to‘qish keng tus 
oldi. Bu nafis san’at markazlarining ayrimlari hozirga qadar saqlanib 
kelmoqda. Ruslar zardo‘zlik, marjonlardan kiyimlarni bezashda foy- 
dalanish, gul bosish va h.k. badiiy san’at usullarini ham bilishgan.
Rossiyaning o‘rmonli mintaqalarida ilgaridan yog ochga badiiy 
ishlov berib, turli o‘yma idishlar, o‘yinchoqlar, mebellar, mehnat 
qurollari va boshqalami yaratganlar. Uylaming devori ham boy va 
nafis ko‘rinishda bo‘lgan. XX aming boshlariga qadar qishloqlarda, 
viloyatlardagi shaharlarda yog‘ochdan uylarning derazalarini, old 
fasadini (old tomonini) naqshinkor bezash keng yoyilgan. Eng boy 
o ‘ymakorlik san’ati namunalari shimoldagi va Volgabo‘yi qishloq uy- 
larida saqlangan bo‘lib, ular XIX asming ikkinchi yarmida bunyod 
etilgan.
Volgabo‘yi, Uraloldi, Angaraoldi va boshqa rayonlarda uylami 
o‘simliklardan olingan va yog‘li bo‘yoqlar bilan bo ‘ у ash keng tarqal­
gan. Badiiy san’at turlaridan biri - beresta qayin daraxti po‘stlog‘idan 
turli idishlar yasash, ularga naqshlar tushirish, metallga badiiy ishlov 
berish, sopol tayyorlash (Gjel, Yaroslavl, Lipetsk, Skopin va h.k.) 
markazlari bo‘lgan. Loydan o‘yinchoqlar tayyorlash markazlari 
Vyatka, Tula, Arxangelsk, Penza gubemiyalari bo‘lgan. Eng mash- 
hurlari Dimkovoda tayyorlangan o‘yinchoqlar edi.
340


Rus xalqining etnik tarixi uning Yevropa va Osiyo xalqlari bilan 
keng tarixiy-madaniy aloqalarda boMganini tasdiqlaydi.
Rus xalqining ma’naviy madaniyati yuksak rivojlangan adabiyot 
(A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, F.I. Dostoyevskiy, 
A.P. Chexov va boshqalar)da o‘z aksini topib, ulaming asarlarida mil­
liy ong o‘z aksini topgan. Rus adabiyotining o'ziga xos xususiyati - u 
o‘zida xalq vatanparvarligini mafkuraviy g‘oya sifatida mujassamlab, 
tarixga hurmat, boshqa xalqlarning yutuqlari va madaniyatlariga ehti- 
romni ifoda etadi. Vatanparvarlik va baynalmilalchilik mavzusi XIX 
asrda ijod qilgan ko‘plab rus yozuvchilari asarlarida kuzatiladi. Xu- 
susan, A.S. Pushkin, M. Y. Lermontov, L.N. Tolstoy asarlarida Kavkaz 
mavzusi alohida o‘rin tutadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin