Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Savol va topshiriqlar
356


GLOSSARIY
Aborigenlar 
- u yoki bu hudud, mamlakatning tub aholisi, ularni 
ba’zida «avtoxton» deb ham atashadi.
Akkulturatsiya 
- o‘zaro muloqot orqali bir xalqning boshqa xalq 
madaniyatidan m a’lum elementlarini o‘zlashtirishiga aytiladi.
Animizm 
- dinning ilk turlaridan biri, jon va ruhlarga ishonish
ularga e’tiqod qilish.
Antropologiya 
- inson va uning irqlarining kelib chiqishi hamda 
evolutsiyasini tadqiq etuvchi biologiya fani.
Aparteid 
- turli etnik irq guruhlarining alohida yashashlarini 
targ‘ib etuvchi siyosat.
Areal 
- yer yuzida m aiu m voqelikning, hodisaning (masalan, 
hayvon turi, madaniyat shakli, foydali qazilma va h.k.laming) tarqal- 
gan hududi.
Assimilatsiya 
- etnik jarayonlar turi, ikki etnos orasidagi o‘zaro 
ta’sir orqali ulardan birining o‘z etnik mansubligini yo‘qotishi. Ja- 
rayon tabiiy yoki majburiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Bilingvizm 
- etnik jamoaning a’zolari faoliyatini yuritish uchun 
ikki tilning ishlatilishi.
Demografiya 
- aholishunoslik fani, aholining shakllanishi, tizimi 
alohida hududlarga joylashuvini o‘rganadi.
Diaspora 
- xalqning o‘zi tug‘ilgan yurtdan o‘zga hududda ya­
shaydigan qismi. Diasporalar majburiy ko‘chirish, genotsid xavfi va 
boshqa ijtimoiy sabablar tufayli shakllanishi mumkin.
Dolixokefaliya 
- inson bosh chanog‘ining cho‘zinchoq, uzunroq 
ko‘rinishda boiishi.
Ekzogamiya 
- turli etnik guruhlar orasidagi nikoh munosabatr 
lari turi.
Endogamiya 
- nikohning urug‘, qabila yoki m aiu m jamoachilik 
guruhi vakillari orasidagina tuzilishi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin