Estonlar, latishlar va litvaliklar xalq madaniyatlarida ko‘plab umu-
miyliklar mavjud. Bu qo‘shiq san’ati, musiqasi, raqslar va h.k.larda
kuzatiladi.
Janubiy-Sharqiy Boltiqbo‘yi xalqlarining milliy uyg‘onishi XIX
asming ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu paytda ko'plab yangi mak-
tablar qurilib, ulardaona tilida o‘qitish muhimligi masalasi ko‘tarilgan.
Ko‘plab klublar ochilib, turli to‘garaklar, havaskorlar jamiyatlari tash-
kil qilingan. Xalq qo‘shiqlari, rivoyatlari, maqollarini yig‘ish, yozib
olish faoliyati boshlanadi. Eston shoiri F. Kreysvald (1803-1882) xalq
qo‘shiqlari va rivoyatlari asosida «Kalevipoeg» (Kalevaning o‘g‘li)
qissasini yozadi. Latish shoiri A.Pumpur (1841-1903) xalq afsonalari
va rivoyatlari asosida «Lachplesis» (Ayiqni yenguvchi) dostonini
yaratib, unda latishlaming nemis ritsarlari bilan urushlarini tavsifla-
gan. Litvaliklarda xalq jangovar dostonlari kam saqlangan. Ayni payt
da ularda asosan qizlar ijro etadigan lirik qo‘sbiqlar - dastnilar katta
o‘rin tutadi. Shunga o‘xshash xalq qo‘shiqlari latishlarda ham tarqal
gan. Janubiy-Sharqiy Boltiqbo‘yi xalqlarida jo ‘r bo‘lib ijro etiladigan
qo‘shiqlar ham ommalashgan. Estonlarda ilk qo‘shiqchilik bayrami
1869-yili o‘tkazilsa, latishlarda 1873-yilda bo‘lgan. Bu bayramlarda
ko‘plab qo‘shiqchilik xorlari, professional kompozitorlar va musiqa-
chilar hamda keng qo‘shiq havaskorlari ommasi ishtirok etadi.
Eston, latish, litvaliklar xalq amaliy san’ati ham rang-barang.
Bu badiiy to‘qimachilik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, sopol
buyumlar yasash va h.k.lardir.
Dostları ilə paylaş: