Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imperiyasi Reja



Yüklə 54 Kb.
səhifə1/5
tarix23.07.2023
ölçüsü54 Kb.
#137198
  1   2   3   4   5
Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imp


Aim.uz

XII-XIII asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imperiyasi
Reja:
XII-XIII asrlarda Germaniya taraqqiyotining iqtisodiy va siyosiy xususiyatlari.
Shtaufenlarning idora qila boshlashi.
Fredrix I Barbarossa va tashqi siyosati.
Fredrix Barbarossa va Velflar.
Innokteniy III davrida papalik
Shtaufenlar dinast iyasining tugashi
Adabiyottar

V.F.Semyonov. O'rta asrlar tarixi."O'qituvchi" nashr. Toshkent -1973 yil 256-266-betlar.


R.Qurbongaliyeva. O'rta asrlar tarixidan о'quv-metodik qo'llanma. O'qituvchi nashr Toshkent-1980 yil.
Xrestomatiya po istorii srednix vekov."Prosvisheniye" Moskva -1988 god. II chast
V.F.Semyonov Istoriya srednix vekov. Moskva-1970. 251-260 str.


Tayanch tushunchalar
Benifisiy -imperator tomonidan cherkovga in'om etiladigan yer.
Arxiyepiskop-monastr boshlig'i.
Monastr-xristian cherkovi talabigajavob beradigan kuchli tashkilot.


Nazorat savollari

1. XII-XIII asrlarda Germaniya taraqqiyotining asosiy hususiyati nimada?


2. F.Barbarossa tahsqi siyosatining asosiy yo'nalishi qanday maqsadga qaratilgan
3. Imperator va Papalik o'rtasidagi ziddiyatning sabablari nimada ?


XII-XII asrlarda Germaniya taraqqiyotining iqtisodiy va siyosiy xususiyatlari
XI asrdan boshlab Yevropaga ro'y bergan iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar Germaniya, Italiya taraqqiyotiga ham ta'sir qildi. XII-XIII asrlarda Germaniyada ham ishlab chiqarish kuchlari ko'zga ko'rinarli darajada rivojlandi. Qishloq xo'jaligi va cherkovlik rivojlanib, nafaqat aholini ehtiyojini balki, qisman hunarmandchilik va sexlarni ham xom ashyo bilan ta'minlaydigan bo'ldi.
Xuddi shu davrda Germaniyada shaharlar ham ancha rivoj topdi. Reyn va Dunay daryolari bo'ylaridagi eski va yangi shaharlar gavjum sanoat markazlariga aylandi.Fransiya, Niderlandiya, Italiya va Vengriya, Bolqon mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini olib bordilar. Germaniya hunarmandchiligi, sexlarida movut, surp.metallsozlik mahsulotlari, mo'ynachilik, qurol-yarog' ishlab chiqarilardi.
Keln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Noyurengberg, Augustburg shaharlari sanoati rivojlangan, savdo markazlari edi. Germaniyaning taraqqiy qilishiga qaramay, mamalakat hali feodal tarqoqlikni o'z boshidan kechirayotgan edi. Gersogliklar va boshqa dunyoviy va ruhoniy knyazlar ancha ko'p bo'lib ,ular o'zlarini erkin his qilardi. Imperator bular orasida ancha ta'sirli bo'lib, senorlikni o'z qo'liga olgan edi. Ammo, markaziy korollik-imperatorlik hokimiyati esa shaharlar bilan bo'sh boglangan edi. Germaniyada xuddi Fransiya, Angliyada bo'lgani singari imperatorlikning shaharlar bilan aloqasi mustahkam emas edi. Shaharliklar feodallarga qarshi kurash olib borganlarida korol hokimiyati betaraflik siyosatini tutdi. Chunki bu davrda Germaniya ichki shaharlarning rivojlanishiga emas,tashqi shaharlarning savdo-sotiq ishlariga e'tibor bergan edi. Germaniya imperatorlari agressiv tashqi siyosat olib borishgan edi. Italiyadagi urushlar ,boy italian shaharlarning eksplutatsiya qilinishi, dunyoga hokim bo'lish planlari, Sharqiy yevropadagi va Yaqin sharqdagi bosqinchiliklar-mana bularning hammasi korollar-imperatorlarni Germaniyadagi ichki siyosat vazifalaridan chetga chalg'itib, ularni nemis shaharlari taqdiriga befarq qaraydigan qilib qo'yardi. Shtaufenlar uchinchi german dinastiyasinins tarixi (l138-1254 yillar) german imperatorlari yurgizgan tashqi bosqinchilik siyosati Germaniyaning ichki siyosati bobida naqadar halokatli oqibatlarga olib kelganligini ayniqsa yaqqol ko'rsatib beradi.

Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin