Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imperiyasi Reja



Yüklə 54 Kb.
səhifə3/5
tarix23.07.2023
ölçüsü54 Kb.
#137198
1   2   3   4   5
Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imp

Fredrix I Barbarossa va Velflar
Fredrix I Barbarossa mag'lubiyatining asosiy sabablaridan biri 1176 yili imperatorning eng yirik vassali Genrix Sher Velflarning Italiyaga yordam qo'shin olib borishi haqidagi iltimosni qondirmagani bo'ldi .Bu ishi uchun Genrix Velfl feodal sudiga tortilgan edi. Ammo Genrix Velf o'z fikriga qolib ,imperatorga bosh eggan knyazlarga qarshi kurash boshladi. Knyazlarning o'zaro urushi ikki yil (1178-1180) davom qilib Velflarning yengilishi bilan tamom bo'ldi. Knyazlar sudi Genriz Sherni Germaniyadan haydab yuborishi va uni barcha tanho yerlardan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Keyinchalik imperator uni kechirib Genrix Sher Germaniyaga qatib keldiva imperato unga Saksoniya yerlarining bir qismi (Braunvey Gersogligi) qaytarib berildi. Shunday qilib, Fredrix I Barbarossaning Velflar ustidan g'alaba qozonishi uning katta yutug'i edi. Bu narsa feodallarning imperatorga yanada qarshiligini kuchaytirdi.Barbarossa bu siyosati bilan shaharlarni birlashtirish va mustahkamlash emas, balki feodal tarqoqlik tarafdorlari bo'lib chiqdi. Bu holatni Saksoniyani taqsimlash va uni bir nechta yirik feodallarga o'tkazishida ifodalash mumkin .
Fredrix I Barbarossaning Sitsiliyaga nisbatan tutgan siyosati
Fredrix I Barbarossa Italiya masalasida bu gal boshqacha siyosat tutdi. 1186 yili o'z o'gli Genrix VI ni Sitsiliya taxtinning voris maikasi Konstantinga uylantirdi.Shuning o'zi bilan Shtaufenlar Sitsiliya orollaridan tashqari Jtaliyaning butun Janubiy qismini ham o'z ichiga olgan kuchli korollikni qo'lga kirtdilar. Barbarossa buni diplomatik faoliyatidagi eng yirik yutuq deb bildi. Bu ish Lambardiyaliklarga va papaliklarga ma'qul bo'lmadi, aksincha ularni g'azablantirdi. Mahaliy aholi Genrix VI va uning odamlariga bosqinchi zolimlar sifatida qaradi.
Fridtix I Barbarossa 1190 yilda o'zi qatnashgan uchinchi Salib yurishi vaqtida vafot etdi.Keyinchali Fredrix I Barbarossa nemis millatchilik adabiyotlarida o'ta darajada ideallashtirdi (1940 18 dekabrda Fredrix I Barbarossa plani tasdiqlandi).

Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin