9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti reja



Yüklə 387,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix20.04.2022
ölçüsü387,91 Kb.
#55810
  1   2   3   4   5   6   7   8
9-ma'ruza



9- MA’RUZA.MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA 

MADANIY TARAQQIYOTI 

Reja: 

1. O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi. 

2. Tarixiy xotiraning tiklanishi. 

3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. 



1. O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi 

Mustaqillik  bizning  milliy-madaniy  qadriyatlarimizning  naqadar  boy  va  teran  tafakkur 

uslubini  shakllantirishga  imkoniyat  ochib  berdi.  Oqibatda  milliy  qadriyatlarimiz  jamiyatimiz 

taraqqiyotini  tezlashtirish,  yoshlarni  ma'naviy-axloqiy  tarbiyalashda  hamda  ularni  milliy  iftixor 

ruhida tarbiyalashda qudratli tarbiyaviy negiz bo'lib xizmat qilmoqda. 

Inson kamoloti va tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan jamiyat va shaxs ma'naviyatini 

yuksaltiruvchi  tafakkur  rivojida  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadigan  milliy  qadriyat  shakllarining 

inson faoliyatiga singib borishi jamiyatning yuksalib borishiga sabab bo'ladi. Demak, ma'naviyat 

jamiyatning  yuksalishi  yoki  inqirozga  yuz  tutishiga  kuchli  ta'sir  ko'rsatadi.  Ma'naviyat  boyib 

borsa,  jamiyat  ravnaq  topadi  va  aksincha,  ma'naviyat  qashshoqlashsa,  jamiyat  bora-bora 

tanazzulga yuz tutadi. 

Fan-texnika taraqqiyoti,  zamonaviy kashfiyotlar insoniyatning qudratini oshiradi va  yangi 

imkoniyatlarni  vujudga  keltiradi.  Bunday  holat  insondan  yanada  yuksak  ma'naviyat  darajasiga 

ko'tarilishni  talab  etadi.  O’z  navbatida,  shaxsning  ma'naviy  yuksalishi  uning  ijtimoiy  faolligini 

oshiradi va jamiyatning taraqqiyotini tezlashtiradi. 

Darhaqiqat,  ma'naviyatni  yuksaltirish  shu  kunning  dolzarb  vazifalaridan  biri,  kelajak 

poydevori  bo'lmish  yoshlar  qalbi  va  ongiga  boy  ma'naviy  merosni  singdirish,  mustaqillik 

g'oyalarini  singdirish  asosida  o'zida  xulq-odob  madaniyatini  mujassamlashtirgan  barkamol 

avlodni shakllantirish kunning asosiy vazifasidir. 

Zero, Vatan kelajagi, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsadlarga erishish avvalo yoshlariga, 

ularning har tomonlama barkamol inson bo'lib voyaga etishiga bog'liqdir. 

Istiqlol  arafasida  ma’naviyat  sohasiga  beqiyos  e’tibor  qaratilib,  yurtboshimiz  sa’y-

harakatlari bilan tilimizda, demakki, ongu tafakkurimiz – dunyoqarashimizda ma’naviy boyliklar, 

ma’naviy  tarbiya,  xalq  ma’naviy  boyligi,  xalq  ma’naviyati,  ma’naviy  burch  kabi  tushunchalar 

yangidan shakllandi.  

Birgina misol: agar o‘tgan asrning 70-80-yillarida chop etilgan ikki jildli “O‘zbek tilining 

izohli lug‘ati”ga ham, o‘n to‘rt jildlik “O‘zbek sovet ensiklopediyasi”ga ham “ma’naviyat” so‘zi 

kiritilmagan,  demakki,  bu  tushunchaga  ta’rif  berilmagan  bo‘lsa,  2009  yilda  nashr  etilgan 

“Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” nomli alohida kitobda odamzod uchun bebaho 

boylik bo‘lmish ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, 

ahamiyati bilan bog‘liq eng asosiy tushuncha va atamalarning keng izohi berilgan. 

Sobiq  tuzum  davrida  inson  ma’naviyati,  xalq  ma’naviyati,  millatimizning  ma’naviy 

merosiga nisbatan bir tomonlama  yondashildi, ularga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan baho 

berilgan.  Yanada  aniqroq  aytadigan  bo‘lsak,  yaqin  o‘tmishda  ma’naviy  merosning  minglab 

durdonalari haqida so‘zlash, yozish, targ‘ib-tashviq qilish taqiqlangan edi.  

Yuzlab ma’naviyat darg‘alari millatchilik, milliy biqiqlikda, dindorlikda ayblanib, qatag‘on 

qilingan.  Hatto,  yaqin  qarindoshining  janozasida  bo‘lgani,  ta’ziyasiga  borgani  uchun 

yurtdoshlarimizga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi eski tuzumning oxirgi yillarida odatiy holga 

aylangandi. Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda, “bu tuzum o‘z xalqinining tarixini, uning ruhi 

va odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”. 

Tarix  sinovidan  o‘tgan  haqiqat  shuki,  ezgu  g‘oyalarga,  ma’naviy  merosga,  an’analar  va 

zamonaviy  talablarga  asoslanmagan  har  qanday  davlat  tizimi  uzoqqa  borolmaydi.  Bu  haqiqatni 

yetmish yilning nari-berisida patorat topgan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi.  

Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi poymol 

etilgani,  ko‘hna  tariximiz  va  muqaddas  qadriyatlarimiz  toptalgani,  ma’naviy  qaramlik  ostida 

taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi. 




Shuni ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy targ‘ibot faoliyati 

o‘zining  mazmun-mohiyat  va  ahamiyati  jihatidan  eski  davrdagi  “propaganda-agitatsiya 

ishlari”dan farq qiladi. 

Mustaqil  mamlakatimizning  Asosiy  qonuni  –  Konstitutsiyaning  12-moddasida: 

“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-

xilligi  asosida  rivojlanadi.  Hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  o‘rnatilishi  mumkin 

emas”, deb belgilab qo‘yilganini eslash maqsadga muvofiqdir.  

Bugungi  kunda  olib  borilayotgan  ma’naviy  targ‘ibot-tashviqot  jarayoni  zamirida 

yurtimizdagi  turli  millat,  ijtimoiy  toifa,  kasbu  korga  mansub  bo‘lgan  kishilarni  ma’naviy 

tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning oqibatlarini anglab 

yetish,  ular  haqida  jamoatchilik  fikrini  shakllantirish,  eng  muhimi,  milliy  g‘oya  asosida  xalqni 

birlashtirish,  jipslashtirish,  yosh  avlod  ongi  va  qalbida  ezgu  g‘oyalarga  sadoqat  tuyg‘ularini 

tarbiyalashga qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir. 


Yüklə 387,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin