9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti reja



Yüklə 387,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix20.04.2022
ölçüsü387,91 Kb.
#55810
1   2   3   4   5   6   7   8
9-ma'ruza

2. Tarixiy xotiraning tiklanishi. 

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy 

sharoitda  jamiyatga  munosib  kishilarni  tarbiyalash  edi.  O‘zbekiston  suveren  davlat  sifatida 

ijtimoiy-siyosiy  hayotda  ma’naviy  yangilanish  jarayonini  amalga  oshirmasdan,  sivilizatsiyaga 

erishmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. 

Bugungi  kunda  davlatimiz  taraqqiyoti  yo’lida  yangi  renessansga  qadam  qo’yish  ustida  keng 

ko’lamdagi ishlar olib borilmoqda. 

Shunday  qilib,  madaniyat,  ma’naviy  meros,  sivilizatsiyalar  yutug’i  jamiyat  va  inson 

manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga 

ega.  Shuning  uchun  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq  o’tmishda  toptalgan  ma’naviy 

merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. 

O’zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yillarida ikkita renessansni (ya'ni buyuk rivojlanishni) o'z 

tarixiga  muhrlab  qo'ydi.  Birinchi  uyg'onish  davrida  (IX-XIIasrlar)  ilmiy  va  diniy  bilimlarning 

uyg'unligi asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. 

Yurtimiz  ilm-fan  o’chog'iga  aylandi.  Ibn-Sino,  Forobiy,  Al-Xorazmiy,  Beruniy  kabi 

mutafakkirlar  tabiy-ilmiy  bilimlarni  yangi  sifat  bosqichiga  ko'targan  bo'lsalar,  At-Termiziy, 

Moturidiy,  Imom  Buxoriy,  Ahmad  Yassaviy,  Bahouddin  Naqshband,  Najmiddin  Kubro  kabi 

ulamolar  islom  dinini  milliy  g'oya  va  qadryatlarimizga  uyg'un  holda  rivojlantirdilar.  Imom 

Buxoriy musulmon dunyosida «hadis ilmining sultoni» sifatida e'tirof etildi. 

Mamlakatimiz  Islom  ilmining  markaziga  aylandi.  Islom  dinidagi  hanafiy  mazhabi, 

yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o'zbek xalqining milliy g'oyasiga mos holda rivoj 

topdi. 


Ikkinchi  uyg'onish  XIV-XVI  asrlarda  o'zbek  davlati  dunyoda  eng  rivojlangan,  kuchli  va 

adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir» g'oyasi esa mamlakatning harakat dasturi 

va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g'oyasini fan darajasiga 

ko'tardi.  Bugun  g'arb  olimlari  500  yil  oldin  o'rganilgan  mavzuni  inson  omili,  inson  huquqi 

masalasini  antropologiya  fani  tarkibida  katta  qiziqish  bilan  o'rganishmoqda.  Bugun  uchinchi 

uyg'onish - Mustaqil O’zbekiston davri boshlandi. U 1989 yildan O’zbekistonning eng yangi tarixi 

davrini  boshlab  berdi.  Bugun  o'zbek  xalqining  milliy  g'oyasi  huquqiy  demokratik  davlat  va 

fuqarolik jamiyatining rivojlanish g'oyasiga aylanib, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 

va Qonunlariga singdirilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. 

Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish negizida sodir bo‘ladi. 

1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta 

tayyorgarlik  ko‘rildi  va  u  xalqning  katta  madaniyat  bayramiga  aylandi.  Uning  yigirma  jildlik 

mukammal  asarlar  to‘plami  nashr  etila  boshlandi.  Yubiley  oldidan  Alisher  Navoiyning  buyuk 

siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti 

ta’sis etildi. 

Adabiyot  institutiga  Alisher  Navoiy  nomi  berildi.  Mamlakat  poytaxti  Toshkentda  ulug‘ 

bobomizning  muhtasham  haykali  qo‘yildiki,  bu  joy  xalqning  muqaddas  ziyoratgohiga  aylandi. 



Navoiy  haykali  Komsomol  ko‘li  deb  nomlangan  istirohat  bog‘iga  o‘rnatildi  va  bog‘  Alisher 

Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi. 

1994-yilni  hukumat  qarori  bilan  Ulug‘bek  yili,  deb  e’lon  qilinishi,  uning  600-yilligini 

O‘zbekistonda  va  jahon  miqyosida,  xususan,  YUNESKO  qarorgohi  Parijda  keng  nishonlanishi 

ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.  

1996-  yil  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligi  ham  keng  miqyosda  nishonlandi.  Islom 

Karimov  «1996-yilni  Amir  Temur  yili»  deb  atash  to‘g‘risida  farmon  qabul  qildi.  «Temur 

tuzuklari» bir necha tilda chop etildi.  

O‘sha  davr  tarixiy  madaniy  yodgorliklarini  tiklab,  yozma  adabiyotlar  ilmiy  muomalaga 

kiritildi. Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos 

keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi. 

Hukumatning  maxsus  qaroriga  binoan,  1999-yil  dekabrda  Xorazmda  Muhammad  Rizo 

Erniyozbek  o‘g‘li  Ogahiy  tavalludining  190  yilligi,  Nukusda  Ajiniyoz  Qosiboy  o‘g‘li 

tavalludining  175  yilligi,  1998-yil  oktabrda  esa  Farg‘onada  Ahmad  al-Farg‘oniy  tavalludining 

1200 yilligi keng nishonlandi.  

Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, 

Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning 

ilmiy merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso 

Termiziyning  1200  yilligi,  Mahmud  Zamaxshariyning  920  yilligi,  Najmiddin  Kubroning  850 

yilligi,  Bahouddin  Naqshbandiyning  675  yilligi,  Xoja  Ahror  Valiyning  600  yilligi  va  boshqa 

allomalarning yubileylari keng nishonlandi. 

1999-yil  vatanparvar  siymo,  xalq  qahramoni  Jaloliddin  Manguberdi  tavalludining  800-

yilligi,  xalq  dahosi  yaratgan  Alpomish  dostonining  1000-yilligining  nishonlanishi,  Urganch  va 

Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, 

milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda.  

Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir 

va  boshqa  xalq  jigarbandlarining  nomi,  izzat-ikromi,  hurmati  o’z  joyiga  qo’yildi,  asarlari  chop 

etildi.  

Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  Toshkentda  mustamlakichilik  davri  qurbonlari  xotirasini 

abadiylashtirish  maqsadida  «Shahidlar  xotirasi»  yodgorlik  majmui,  «Qatag’on  qurbonlari 

xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini 

abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo etildi.  

Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni 

milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 

O'zbek  xalqining  ma'naviy  merosida  insonparvarlik  g'oyalari  singdirilgan.  Ajdodlarimiz 

insonparvarlikni fan darajasiga ko'tarishgan. Forobiy -  «fozil inson», Najmiddin Kubro, Ahmad 

Yassaviy, Bahouddin  Naqshband -  «Orif  inson»,  Alisher Navoiy -  «komil  inson»  ta'limotlariga 

asos solishgan.  

Bugun ham, o'tmishda bo'lganidek, insonparvarlik borasida xalqimiz boshqa xalqlarga saboq 

berishi mumkin. Ommaviy madaniyat, axborot hurujlari kuchayotgan sharoitda asosiy muammo 

yot,  buzg'unchi  g'oyalar  ta'siriga  tushmasdan,  g'oyaviy  bo'shliqqa  yo'l  qo'ymasdan,  ma'naviy 

merosimizga, milliy g'oyamizga sodiq qolishdir. 

O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti 

qilingan,  insonparvar  urf-odatlari  va  an’analari,  madaniy  qadriyatlari  mustaqillikning  dastlabki 

yillarida ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi.  

Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning 

o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, 

zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo’lib o’tmoqda.  

Mamlakatimizda  o’zbek  tilining  xalq  va  davlat  turmushidagi  o’rni  va  ahamiyati  qayta 

tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning 

ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi.  



Oliy  davlat  hokimiyati,  mahalliy  hokimiyatv  va  boshqaruv  organlarida,  korxonalar, 

muassasalar va tashkilotlarda ish geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va 

o’zbek  tilida  yozib  qo’yildi.  Natijada  o’zbek  xalqining  milliy  qadr-qimmati  qayta  tiklandi  va 

mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tili, 

qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan. 

O’zbekistonda  millatlararo  totuvlik  Konstitusiya  va  qonunlariga  singdirilgan.  Jumladan, 

bosh  qomusimizda  «O’zbekiston  xalqini,  millatidan  qat'i  nazar  O’zbekiston  Respublikasining 

fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida belgilab qo'yilgan, (8-modda). 

145 dan ziyod milliy - madaniy markazlar (Chingiz Aytmatov iborasi bilan aytganda kichik 

BMTlar)  millatlararo  totuvlik  g'oyasini  hayotga  tatbiq  etmoqda.  «Yagona  oilada»  («V  edinoy 

semie») jurnali nashr etilmoqda.  

Ruslarning  «Maslennisa»,  tatar  boshqirdlarining  «Sabanto'y»,  uyg'urlarning  «Sayil», 

bayramlarixitoylarning  «Chunuze»  yangi  yili,  koreyslarning  «Soller»  va  “Ovoli  –  tano” 

bayramlari nishonlanmoqda.  

Har  yili  respublikamiz  miqyosida  «Biz  yagona  oila  farzandlarimiz»,  «Vatan  yagonadir, 

Vatan bittadir», «O’zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostidagi fistivallar o'tkazilmoqda.  

O’zbekistonda etti tilda: o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qirg'iz va qozoq tillarida 

ta'lim  olib  borilmoqda.  Gazetalar  sakkiz  tilda  (o'zbek,  qoraqalpoq,  rus,  tojik,  turkman,  qozoq, 

ingliz, koreys tillarida) nashr etilmoqda. Radio eshittirishlar o'n bitta tilda olib borilyapti.  

Islom  Karimov  iborasi  bilan  aytganda  millatlararo  totuvlik  O’zbekistonning  dushmanlari 

ko'ra olmaydigan eng katta boyligidir. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan insonlarning 

hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida bu borada ulkan ishlar 

amalga oshirildi.  

Toshkent  va  Samarqandda  Islom  Karimov  (2018-yil  Qarshida),  Namangan  viloyatida 

Is’hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, 

Farg‘onada  Erkin  Vohidov,  Qashqadaryoda  Abdulla  Oripov,  Andijonda  Muhammad  Yusuf 

xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi.  

Ularning  nomi  bilan  ataladigan  markazlar,  ijodiy  maktablar  tashkil  etildi.  Jizzax  shahrida 

Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi. 

Yurtimiz  taraqqiyoti  yo‘lida  fidokorona  xizmat  qilgan,  milliy  adabiyotimiz  va 

madaniyatimiz  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shgan  atoqli  davlat  arbobi,  taniqli  yozuvchi  Sharof 

Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi.  

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof 

Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – 

Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  25-yanvardagi  «O‘zbekiston 

Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom  Abdug‘aniyevich  Karimovning  xotirasini 

abadiylashtirish  to‘g‘risida»gi  qaroriga  ko‘ra,  Islom  Karimov  haykallari  O‘zbekiston  poytaxti 

Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi 

rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi.  

Bundan tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida Samarqand 

shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov 

ko‘p  yillar  davomida  faoliyat  olib  borgan  Toshkent  shahridagi  Oqsaroy  qarorgohida  Islom 

Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi.  

Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident 

farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-

martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 


Yüklə 387,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin