Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‘unlik xalqlarning
ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro
ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi.
To‘rtinchidan, mutaxassislar fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil bag‘rikenglik
tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‘rinishdagi bag‘rikenglik va ichki – pozitiv bag‘rikenglik.
Formal ravishdagisi boshqa kishining diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni, unga qarshi
kurashmaslikni anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi.
Bugungi O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik amalda o‘zining to‘liq ifodasini
topgan.
Shu bilab birga, Vazirlar Mahkamasi huzurida ham «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» tashkil
etilgan bo’lib, bu boradagi ishlarni amalga oshirishga ko‘maklashib kelmoqda.
2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha
tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu
O‘zbekiston davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir.
Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rstamoqda. 170
dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat
vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian
ibodatxonalari, sinagogalar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi.
10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom
Universiteti ochildi. O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq
yodgorliklar ta’mirlandi.
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom Karimov xalq xohish-
irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni
«Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida» gi farmonini e’lon qildi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy va madaniy
qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rildi. Jumladan, 1992-yilda
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil
etildi. 1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon
qilish to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, musulmonlar hayotidagi qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon
hayit kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb e’lon qilinishi ham
aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi, «Hidoyat» jurnali dunyoga keldi,
ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi.
Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat, Imom Termiziyning bir jildli hadis
kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi.
Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob
yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta,
jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi.
2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning shayx Abdulaziz Mansur
tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi.
O‘zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar. Ular bevosita
hukumat yordamida har yili muqaddas haj va umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar.
Agar sovet davrida mamlakatimiz fuqarolaridan 3-4 kishigina haj safarini ado etgan bo‘lsa, 2016-
yilga qadar har yili 5000 dan ortiq fuqarolarimiz hoji bo‘lib qaytishdi.
Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo‘ladigan jarayon
emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. «Imom
Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi, «Burhoniddin al-
Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari fi krimizning yaqqol isbotidir.
2003-yili esa naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900
yilligi keng nishonlandi.
“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi.
Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri»
gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda
ularning soni 3000ga hozir esa 5000 ga yetdi.
Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi,
milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib
kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli
O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon
yashab kelmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun dunyoda
hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturilamal
bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etganligini ham qayd etish
o’rinlidir.
Prezidentning 2017-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning
tarkibida hadisshunoslik oliy maktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan
xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi.
23-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi
Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda
Islom madaniyati markazi hamda 15-dekabrdagi farmon asosida esa O‘zbekiston Islom
akademiyasi tashkil etildi.
·1997-yil Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
·2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
·2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
·2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do‘stlik» ordeni bilan
mukofotlandi.
·2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
·2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
·2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.
·2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi.
·2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Dostları ilə paylaş: |