Saamlar Yevropaning eng shimolida, Norvegiya, Shvetsiya va
Finlandiyaning arktika rayonlari hamda Rossiya Federatsiyasining
Kolskiy yarimorolida yashaydilar.
Saam xalqlari 3 ta til guruhi (ural, oltoy va paleosiyo)ga va 4 ta til
oilasi (fin-ugor, samodiy, tungus-manjur va turkiy)ga mansub.
1. Fin-ugor oilasi: saamlar, xantlar, mansilar (umumiy soni 80,5
ming kishi).
2. Samodiy oilasi: nenetslar, nganasanlar, selkuplar (umumiy soni
34,5 ming kishi).
3. Tungus-manjur oilasi: evenklar, evenlar, nanaylar, ulchilar, ude-
geylar, orochilar, negidallar (umumiy soni 56,4 ming kishi).
4. Turkiy oilasi: dolganlar, tofalar (umumiy soni 5,9 ming kishi).
5. Paleosiyo til guruhi: chukchalar, koryaklar, itelmenlar, yuka-
girlar, eskimoslar, aleutlar, nivxilar, ketlar (umumiy soni 132,1 ming
kishi)ni tashkil qiladi.
Saamlar son jihatidan uncha katta boTmasa-da, ular barcha Shi
moliy Yevrosiyo xalqlaridan yirigi hisoblanishadi. Biroq ularni o‘rab
turgan qo‘shni xalqlar orasida umumiy aholining sezilmas foizini
tashkil qiladi. Shunday sharoitda, ya’ni ko‘psonli boshqa tilda
so‘zlashuvchi xalqlar qurshovida saamlar o‘z tili va turmush tarzini
qanday qilib saqlab qoldi ekan, degan savol juda qiziqarlidir.
Ko‘pgina olimlar raqamlarga tayangan holda, saamlaming tez
orada yo‘qolib va singib ketishini bashorat qilishgan. Biroq, bu noil-
miy fikrni tarixiy haqiqat tasdiqlamadi.
Dostları ilə paylaş: