15-BOB. G‘ARBIY, SHIMOLIY, MARKAZIY VA
JANUBIY YEVROPA XALQLARI
Ushbu bobda Xorijiy Yevropaning hind-yevropa til oilasidagi
asosiy german, roman guruhlariga mansub, ural til oilasining fin-ugor
guruhidagi ayrim etnoslar haqida so‘z yuritiladi. Xorijiy Yevropaning
ushbu qismiga Finlandiya (5,5 mln.), Shvetsiya (10,2 mln.), Norve-
giya (5,3 mln.), Daniya (5,8 mln.), Islandiya (0,3 mln.), Buyuk Bri-
taniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi (66,65 mln.), Irlandiya
(4,9 mln.), Niderlandiya (17,2 mln.), Belgiya (11,4 mln.), Fransiya
(67 mln.), Ispaniya (47 mln.), Portugaliya (10,2 mln.), Italiya (60,6
mln.), Malta (0,5 mln.), Gretsiya (10,7 mln.), Shveysariya (8,5 mln.),
Avstriya (8,8 mln.), Germaniya (83 mln.),Vengriya (9,9 mln.), Rumi-
niya (19,4 mln.) va Albaniya (2,8 mln.) joylashgan. Ulardan tashqari,
ushbu mintaqaga bir qator mitti davlatlar - Lyuksemburg, Monako,
Andorra, San-Marino, Vatikan va Lixtenshteynlar kiradi.
15.1. Yevгора aholisining shakllanishi.
Etnik tarixining asosiy bosqichlari
Yevropa antropogenezi inson pay do b o ig an va shakllangan
hududga kirmasa-da, unda ilk odamlar bundan 1 mln. yil oldin ya-
shay boshlaganini taxmin qiladilar. Dastlab Yevropaning janubiy va
markaziy qismlarida odamlar yashay boshlagan. Neandertallar, kro-
manyon kishisining topilishi qit’ada o‘rta va so‘nggi paleolitda odam-
larning yashaganligini aniq tasdiqlaydi. So‘nggi paleolitda (40-12
mingyilliklarda) qit’aning deyarli barcha hududlarida aholi yasha-
gan. Mezolitda Yevropaning shimolida ham odamlar yashay bosh
lagan. Aynan mezolitdan aholi xo‘jalik faoliyatida tafovutlar ham
shakllanadi. 0 ‘rtayer va Boltiq dengizi bo‘ylarida baliqchilik bilan,
Shimoliy dengiz sohilida - dengiz termachiligi, ichki rayonlarda esa
258
ovchilik va termachilik bilan mashg'ul bo‘lganlar. Yevropaning ay
rim viloyatlari aholisi nisbatan erta ishlab chiqarish xo'jaligiga o‘ta
boshlaydilar. Aynan o'sha paytda ayrim baliqchilar guruhlari itni va
cho‘chqani xonakilashtiradilar. Shimoliy Gretsiyada dehqonchilik-
chorvachilik manzilgohlari boshqa joylarga nisbatan erta - 9 ming
yillar oldin vujudga keladi. Mil. avv. VI—V mingyilliklarda Yevropa
aholisi m a’danlami eritishni biiganlar. Mil. avv. I mingyiiiikda esa
temir asri boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |