Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

An’anaviy kiyimlari. 
Bizning kunlarimizda lotin amerikaliklar 
fabrikalarda tikilgan yevropa-amerika tipidagi zamonaviy moda stan- 
dartlariga javob beradigan kiyimlami kiyishadi. Lekin bayramlarda, 
turli marosimlar о‘tkazilayotganda mintaqa aholisi bichimi, matosi, 
ranglari, gullari ajdodlari - hindu, qora tanlilar yoki kreollar kiygan 
kiyimlarga o‘xshash liboslami kiyishadi. Xususan, Gvatemalaning 
qishloq ayollari uzun, rang-barang gulli matodan uzun yubka va er- 
kin, kashtalab tikilgan kofta kiyishadi. Erkaklar kiyimi - kurtka, tiz- 
zasigacha bir xil rangda tikilgan shim, ishton. Ko‘plab Lotin Ameri­
kasi xalqlari milliy kiyimlaridan biri sarape yoki poncho - yelkaga 
tashlab yuriladigan issiq matodan to‘rtburchak yengsiz, faqat boshni
253


kiritish uchun o‘rtasida teshik qoldirilgan kiyim ham mavjud. Keng 
enli shlyapa - sambrero palma vapmqlaridan to‘qilgan. Poyabzal teri­
dan qilingan, lekin Venesuelada to ‘qilgan (ip va ingichka arqonlar- 
dan) oyoq kiyimlar ham mavjud.
14.5. Ma’naviy madaniyatdagi xususiyatlar
Dinlar va diniy tasawurlar. 
Lotin Arnerikasining ko‘pchilik 
aholisi katolik diniga mansub. Amalda diniy tasavvurlarning tarixi va 
zamonaviy holati juda murakkab hamda xilma-xildir. Amerikaning 
qadimgi sivilizatsiyalashgan aholisi dinlari politeizm (ko‘p xudo- 
lik) boigan. Xususan, asteklarda asosiy xudolardan biri urush ilohi 
boigan. Odil sudlov ilohi, taqdir xudosi, yom gir, suv, momaqaldiroq 
va nihoyat «uchar ilon» - shamol va havo ilohi. Kohinlar homiysi 
ham panteonda muhim o‘rin tutgan. Insonlaming oliy ilohi quyosh 
(Inta), momaqaldiroq (Ilyarpa), oy (Kilya) xudolari boigan. Oliy 
hukmdorlami quyosh kultiga bogiab, ulami «quyoshning o‘g‘illari» 
deb atashgan. Qadimgi kultlar rnarosimlarida qurbonliklar, xususan, 
odamlami qurbon qilish ham boigan.
Xristianlikning tarqalishi qadimgi diniy tasavvurlami to iiq
yo‘qota olmagan. Jumladan Madonna (Bibi Maryam) siymosi 
o‘tmishdagi asteklar dehqonchilik ilohi Tanatsin o‘mida e ’zozlana 
boshlanadi. Meksikada milliy avliyo Isoning onasi Mariya Guada­
lupe sanaladi. Uning kunida (12-dekabr) Mexiko shahri yaqinidagi 
XVI asrda qurilgan ibodatxonaga o ‘n minglab ziyoratchilar keladilar. 
Ibodatxonalarda o‘tkaziladigan marosimlarda niqob tutib raqsga tushish 
ham asteklar udumlaridan o‘tgan. Hindu va xristian marosimlari ba’zida 
bir-birini toidiradi. Brazilivada nikoh har doim cherkovda bitiladi, lekin 
to‘y bayrami va ziyofatga afsungami ham taklif etishadi. Aytishlaricha, u 
yoshlami «yovuz ruhlardan», «yomon ko'zlardan» asraydi.
Lotin Arnerikasining qator mamlakatlarida turli afrika dinlarining 
qo"shilishidan, shuningdek xristian dini ta ’siri ostida «vodu» ta ’limoti 
vujudga kelgan. Vodu (ruh, iloh) yovuz ruhlardan asrashi yoki kishiga 
yovuz ruhlami yo‘naltirishi ham aytiladi.
254


Ayrim hindu qabilalarida qabila dinlari, shomonlik va h.k.lar 
saqlangan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin