Lotin Amerikasida XIX asrda milliy adabiyotning keng tarqalgan
turi - kostumbrizm (ispancha - odat) yo'nalish vakillari o ‘z asarlari-
da oddiy, o‘z mamlakatlari aholisining kundalik hayotlarini tasvirlab,
shu orqali milliy muammolar, milliy ongning
shakllanishi masalala-
rini ko'tarib chiqqanlar. XX asrda braziliyalik yozuvchi Jorj Amadu-
ning romanlari, chililik shoir Pablo Neruda dostonlari, kolumbiyalik
Gabriyel Garsia Markesning asarlari butun dunyoga tarqalgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib
turibdiki, Lotin Amerikasi
xalqlari dunyo etnik tarixiga va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan.
Savol va topshiriqlar
1. Markaziy, Janubiy Amerika va Vest-Indiyadagi aholining irq va
til tavsifi qanday?
2. Asteklar, mayyalar, kechualar xo‘jaligi va moddiy madaniyatini
so‘zlab bering.
3. Etnik jarayonlar va yangi millatlaming
shakllanishi qanday
kechgan?
4. Aholi xo‘jalik-madaniy tiplaridagi transformatsiyalari qanday
kechmoqda?
5. Aholining turar joylaridagi an’anaviylik va zamonaviylik nima-
larda namovon boim oqda?
6. Aholining taomlari va ichimliklari haqida nimalami bilasiz?
7. Janubiy amerikaliklar kiyimlaridagi o ‘ziga xos xususiyatlar ni-
malarda aks etadi?
8. Konfessial tarkib va ma’naviy madaniyatdagi o‘ziga xosliklami
gapirib bering.
257