qilingan to ‘lov va oziqlami bermaganligi sababli 378-yili vestgotlar
qo‘zg‘olon boshlab xunnlar va sharqdan kelgan eron tilli alanlar bi
lan birga Rim qo‘shinlarini mag‘lub etadi. Vestgotlar 410-yili Rimni
egallaydilar. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng G‘arbiy Rim imperatori
(395-yil Rim G'arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo'lingan) vest-
gotlarga Akvitaniyani (hozirgi Fransiyaning janubi-g‘arbi) berib, bu
joy da 419-yili ilk german davlati - Vestgot qirolligi tashkil topadi.
Keyinchalik vestgotlar Pireney yarimorolining
shimoliy-sharqiy
hududlarini ham egallaydilar. Uning shimoliy-g‘arbiy qismida boshqa
german qabilasi - svevlar joylashib oladilar. V asming ikkinchi yar-
midan burgundlar va franklar ham Galliyada o‘z qirolliklarini (Bur-
gund va Frank) tuzadilar. Taxminan shu paytlarda german qabilalari
- angllar, sakslar va yutlar rimliklar tashlab chiqqan, keltlar yashagan
Britaniyani egallaydilar.
Xunnlar V asming o‘rtalarida ostgotlar bilan ittifoqda Galliyaga
bostirib kirganlar, lekin Rim va uning ittifoqchilaridan zarbaga uch-
rab, Dunay pasttekisligiga qaytadilar.
Bu vohada VI-VIII asrlarda
alanlar yetakchi mavqega ega bo‘lganlar. Yillar o‘tib xunnlar va avar-
lar mahalliy xalqlar bilan butunlay aralashib ketadilar.
Germanlar zarbalari ostida 476-yili G ‘arbiy Rim imperiyasi qulab,
493-yili uni qulatishda faol ishtirok etgan ostgotlar o‘z qirolliklarini
tuzganlar. Ostgot qirolligi Markaziy Italiyadan Dunaygacha yerlarni
egallagan. Italiyaning shimolida VI asrdan yana bir german qabilasi -
langobardlar joylashganlar.
Shu tariqa german qabilalari G ‘arbiy Yevropaga keng joylashib,
o ‘z davlatlarini tuzganlar. Yevropaning kuchli romanlashgan qismla-
rida (Galliya, Iberiya, Italiya) lotin tilining turli shevalari saqlanib,
ko‘p sonli bo‘lmagan germanlar davrlar o‘tib mahalliy aholi bilan as-
similatsiyalashgan. Rimning madaniy ta’siri zaif bo‘lgan (masalan,
Britaniyada) gennan tillari ustunlikka erishadi.
Vizantiya hududida ommaviy ko‘chishlar
V-VII asrlarda slav-
yan qabilalari tomonidan o‘tkazilib, ular Qora va Egey dengizlaridan
Adriatikagacha hududlarda joylashadilar.
260
Yevropaning janubi-sharqiga VIII asrdan arablar bostirib kiradi.
Arablar Pireney yarimorolining katta qismini egallaydilar. Pireney
yarimoroli aholisiga arab madaniyati, moddiy madaniyat - kiyimlar,
maishiy turmushdan - arab she’riyati, ilm-fani, me’morchiligi kuchli
ta’sir etadi.
Markaziy Yevropaga - Dunay havzasiga IX asrdan madyarlar
(vengrlar) kelib joylashadilar. Sobiq ko‘chmanchi chorvadorlar yangi
hududda dehqonchilikka o‘tishadi. Vengrlar
mahalliy madaniyatdan
istifoda olish bilan birga o‘z tillarini saqlab, avlodlariga o‘tkazganlar.
Fin-ugor tillariga mansub venger tili hozirda davlat tilidir.
Skandinaviyalik normannlar IX-X asrlarda Fransiyaning shimoliy
qismini, Normandiyani egallaydi. Ular asta-sekin romanlashib, fran-
suz tiliga o‘tadilar, mahalliy aholi madaniyati ham ularga katta ta’sir
o‘tkazgan. XI asrda romanlashgan normanlar Angliyani egallaydilar.
Normannlar tufayli Angliya t'ransuzlaming kuchli ta’siriga uchraydi.
Aynan normann istilosi tufayli ingliz tilida roman leksikasining katta
qatlami shakllandi. Shimoliy Fransiya va Angliyadan tashqari, nor
mannlar m a’lum muddat Apennin yarimorolining janubida va Sitsili-
ya orolida ham ma’lum muddat yashab hukm surganlar.
Yevropaga XIV-XV asrlardan janubdan
Usmoniy turklar kira
boshlaydilar. Ular Vizantiyani tor-mor etib, Bolqonni bir necha asrga
bo‘ysundiradilar. Feodal jamiyat paytida VIII-XVI asrlarda Yevro
paning qator shaharlarida yahudiylar jamoalari shakllangan. XV-XVI
asrlarda esa Yevropaga lo iila r kela boshlagan. Ular unchalik katta
boim agan guruhlar shaklida ko‘plab mamlakatlarga joylashganlar.
Dostları ilə paylaş: