Isajon sultonning "alisher navoiy" romanida



Yüklə 41,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü41,68 Kb.
#175387
  1   2   3
562-567 (1)



WWW.HUMOSCIENCE.COM
562 
ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA 
NAVOIYNING SO‘FIYLIK HAQIDAGI QARASHLARI VA 
XALQPARVARLIGI FAZILATLARINING AKS ETISHI 
 
Nurullayeva Gulshan Sunnatullayevna 
NavDPI O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 2-kurs magistranti
 
ANNOTATSIYA 
“Bugun oʻzbek nasri xazinasi isteʼdodli yozuvchi Isajon Sultonning “Alisher 
Navoiy” nomli yangi romani bilan boyidi. Aslida, “emas oson bu maydon ichra 
turmoq...”. Oʻzbek adabiyoti tarixida hazrat Alisher Navoiy obrazi bor, teatr va kino 
talqinlari ham. Ammo maʼnaviy zaruratga koʻra, adib Alisher Navoiy siymosiga qayta 
murojaat qildi”.
1
O’zbek adabiyoti tarixida Hazrat Alisher Navoiy siymosi bir necha bor yaratilgan. 
O’tgan asrda ko’plab ijodkorlar Navoiy obraziga murojaat qilishdi. Navoiy obrazi 
badiiy asarlarda ham, teatr va kino sohasida ham, rassomchilik va haykaltaroshlik 
sohasida ham bunyod etildi. 
O’tgan asrda Alisher Navoiy haqidagi badiiy asarlarda adiblarimiz ko’proq tarixiy 
voqeabandlikka va badiiy to’qimaga erk berishardi. Ya’ni Navoiy e’tiqodi, uning 
islomiy hayoti mavzusi biroz chetlab o’tilar edi. Bu ham siyosat taqazosi tufayli 
shunday bo’lgan.
Kalit so’zlar:
Alisher Navoiy, Abu Abdulloh Junaydiy, Fazlulloh Abulaysб
darveshlar, so‘fiylik, naqshbandiya, elparvarlik, Mashhad. 
KIRISH.
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani shu mavzudagi 
bugungacha yozilgan barcha asarlarni ham umumlashtirdi va ko’p jihatdan ularni 
1
Karimov Bahodir. Hazrat Alisher Navoiyga ehtirom yoxud Insoniyat quyoshi taʼrifida bitilgan roman toʻgʻrisida bir-
ikki ogʻiz soʻz. Toshkent.: Madaniyat, 2021-yil. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
563 
to’ldirdi. Yozuvchi Isajon Sulton Navoiy yashagan 15-asr ijtimoiy-siyosiy, adabiy-
ma’naviy muhitni hech kimnikiga o’xshamgan tarzda jonli tasvirlay oldi. Bunda u 
go’yo Navoiy haqida Navoiy qalami bilan yozilgandek taassurot qoldiruvchi uslubdan 
foydalana oldi. 
“Alisher Navoiy” romanining eng muhim jihatlaridan yana biri shuki, adib 
Navoiyning islomiy e’tiqodi, diniy amallari, 15-asr davri jamiyatining musumonlik 
amollariga ham keng to’xtala oldi. O’tgan asrdagi tarixiy asarlarda tuzum tufayli 
cheklovlar ko’p edi. 
Navoiyning elparvar, yurtparvar, adolatparvarligi asrlar osha tillarda doston 
bo’lgani sir emas. Navoiy haqidagi juda ko’plab asarlarda bu mavzu keng qalamga 
olingan. Umuman, tarixiy roman bo’lgach, Navoiy hayoti bilan bog‘liq ko’plab 
epizodlar, hikoyalar aynan bir xillikni tashkil etishi tabiiy hol, albatta. Biroq har 
yozuvchining o’ziga xos bayon usuli bo’lganidek, Isajon Sulton “Alisher Navoiy” 
romanida voqealarning bunday ko’lamini novatirlik bilan bayon etadi. Asarda Alisher 
Navoiyning fazilatlari, odamiyligi, asosan, suhbatlarda anglashiladi. Abu Abdulloh 
Junaydiydek ulug‘ ustozlar bilan bahslarda tariqatlar va Olloh ishqi borasidagi 
qarashlari oydinlashadi.

Yüklə 41,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin