Dinlari. Yevropaliklaming aksari ko‘pchiligi xristian dinining
turli mazhablariga e’tiqod qiladilar. Uchta asosiy oqim mavjud -
katolitsizm, protestantizm va pravoslaviye.
Katolik cherkovi Janubiy
va G‘arbiy Yevropa: Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya,
Belgi-
ya, Avstriya, Vengriya, Irlandiya va boshqalarda tarqalgan. Katolik-
lar yana ko‘p sonli guruhlami Shveysariya
va Niderlandiyada ham
tashkil etishadi. Ulaming ancha aholidan iborat guruhlari Buyuk Bri-
taniya va Shimoliy Irlandiyada ham mavjud. Rim-katolik cherkoviga
e’tiqod qiluvchilar Albaniyada ham talaygina.
Yevropada protestantizm oqimlari - lyuteranlik, anglikanlik va
kalvinizm keng yoyilgan. Lyuteranlikka aksari Germaniyada,
Skan-
dinaviya mamlakatlarida, Finlandiyada e’tiqod qilishadi. Buyuk Bri-
taniyada anglikanlar aholining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Anglikan cherkovi davlat dini maqomiga ega. Kalvinizm ta’limotiga
e’tiqod qiluvchilar Shveysariya, Niderlandiya va Shotlandiyada
aholining talay qismini tashkil etadi. Markaziy va Shimoliy Yev
ropada protestantizm tarqalishiga cherkov
xizmatining milliy tilga
o‘tkazilishi, badiiy adabiyotlaming yuksalishi, ushbu mamlakatlarda
milliy ongning uyg‘onishi sabab bo‘ladi.
Pravoslaviye greklar, ruminlar va albanlaming bir qismida tar
qalgan.
Yevropada islomni ko‘pchilik qabul qilgan yagona davlat Al-
baniyadir. Immigratsiya tufayli so‘nggi
yillarda Yevropada islomga
e’tiqod qiladigan aholi ko‘pchilik mamlakatlarda yuksalib bormoqda.
Yirik Yevropa shaharlarida yahudiylar jamoalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: