Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Inklar. 
Janubiy Amerikaning togii g‘arbida yevropaliklar kelma- 
sidan avval qadimgi Amerikaning yirik davlati - Inklar imperiyasi Ta- 
vantinsuyu (kechua tilida «Dunyoning to‘rt tomonini birlashtirgan»)
246


tuzilgan. Bu davlat And togiarining shimoliy va markaziy qismidagi 
keng hududlami, shuningdek unga tutash tekisliklami egallagan. Inklar 
davlati markazlashgan monarxiya shaklida bo‘lgan. Uning hukmdori 
oliy inka (kechua tilida Sapa inka) edi. Davlat tili kechua hukmdor toifa 
tili bo‘lib, mahalliy aholi turli tillardagi qabilalardan iborat edi. Inklar 
istilo qilgan aholini assimilatsiyalash siyosatini olib borganlar.
Imperiya poytaxti Kusko shahri 1100-yillarda kechua qabi- 
lalari markazi, yuqori madaniyat, yana ham qadimiy shaharsozlik 
an’analariga tayangan rayonda bunyod etilgan. Inklar jamiyatining 
xo‘jalik asosini dehqonchilik tashkil etib, uning terrasa usuli va 
sug‘orishga asoslangan turi bo‘lgan. Uning o‘ziga xos jihati kartoshka 
yetishtirish edi. Inklar butun Amerikada yagona lama va alpakalami 
boqish chorvachiligiga asos solganlar.
Inklarda rnato to ‘qish, metallar (oltin, kumush, mis, rux)dan 
zargarlik buyumlari yasash, jezdan mehnat va jang qurollari yasash 
yo‘lga qo‘yilgan. Qurilishda yirik toshlardan ularni bog‘lovchi vosi- 
tasiz foydalanganlar. Savdoni davlat qo‘llamagan, oziqlar va boshqa 
narsalar zaruratga qarab taqsimlangan, mamlakatdagi ko‘plab tosh 
yo‘llar a’lo darajada saqlanilishiga erishilgan.
Mahalliy jamoalar (zodagonlar, amaldorlar va jangchilardan 
tashqari) davlatga natural soliq to‘laganlar, mehnat majburiyati 
o‘taganlar, ko‘priklar, yo‘llar, uylarni qurish va ta’mirlashda qatnash- 
ganlar. Eng huquqsiz va ishlashga mahkumlar yanakunalar bo‘lib, 
ulaming hayoti qullamikidan deyarli farq qilmagan.
Inklar haqiqiy yozuvni bilmaganlar. Ulardagi «kipu» - «tugunli 
xat»dan turli m a’lumotlami bir joydan ikkinchi joyga yetkazishda 
foydalanganlar. Tugunli xat aksari soliq yig‘ishda qo‘llanilgan.
Muisklar. 
Muisklar sivilizatsiyasi yagona davlat shaklida birlash- 
masdan, tarqoq shahar-davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ularga alohida qa- 
bila guruhlari bo‘ysungan. Hududi Sharqiy Andning vohalari, hozirgi 
Kolumbiya yerlari. Bu hududdagi shaharlardan Bogota nisbatan kuchli- 
si bo‘lib, 20 ga yaqin ittifoqchi va bo‘ysundirilgan qabilalami boshqar- 
gan. Uning asosiy raqibi Tunxa davlati bo‘lgan. Muisklar davlatlarida
247


hokimiyat urug" zodagonlari, harbiy a’yonlar va kohinlarga tegishli edi. 
Ularning har birini oliy hukmdor boshqargan. Muisk davlatlari orasida- 
gi dushmanlik ispanlar istilosini yengillashtiradi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin