O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA
FAKULTETI
“SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASI” KAFEDRASI
“SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Ko’cha va yo’l bo’yi landshaft yechimi
Qabul qiluvchi o’qituvchi: kat. o’qt. U.R.Fayziyev
Guruh: 1-17 Au
Talaba: Komiljanova S.
Toshkent 2020 yil
Kirish: Ko’cha va yo’l bo’yi landshaftining ahamiyati
Arxitektura va shaharsozlik obyektlari kabi landshaft arxitektura obyektlarini ham
loyihalamasdan amalga oshirish mumkin emas. Respublikamiz 1-Prezidenti Islom
Karimov “binoning yaxshi arxitekturasi bu yaxshi ish, lekin uning atrof muhit
landshafti ham unga monand bo‘lmog‘i kerak” deganlarida aynan ana shu talabni
nazarda tutganlar. Darhaqiqat, agar biz shahar va qishioqlarimiz jamolini fayzli va
ko'rkam bo’lishini xohlasak, nafaqat ularda qurilayotgan
bino va inshootlar
arxitekturasiga, balki ochiq muhitlar arxitekturasi, ya’ni landshaft arxitekturasi
obyektlarining loyihalariga ham ahamiyat berishimiz zarur.
Har qanday aholi punktlarining arxitekturasi va manzaraviy
landshaft tuzilishini
yashil ko‘kalamzorlarsiz va gullarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular nafaqat aholi
punktining ko’cha muhitini yaxshilaydi, balki orasta va qulay me’moriy muhit,
sog'lom mikroiqlim
yaratish imkonini beradi, Azal-azaldan inson bilan tabiat
orasidagi munosabatlarda, xususan aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirishda o‘ziga
xos uslublar,
landshaft kompozitsiyalari, an’analar va qurilmalar shakllantrilib va
qo‘llanilib kelingan. Bu uslub va an’analaming asosiylari,
ishonchlilari va amalda
sinalganlari ko'kalamzorlashtirishning qoida va qonunlariga aylanib, bu sohadagi
landshaft arxitekturasi fani va amaliyotining tarkibiy asoslarini tashkil qilgan.