dori tlaltekutli («Erkaklar sardori») nomini olib, eng avval asteklar
harbiy sardori, qolaversa, ularga bo‘ysunadigan qabilalaming yetak-
chisi ham boigan. Asteklar butun o‘rta Meksikani, unda yashaydigan
qabilalami bo‘ysundirganlar.
Asteklar madaniyati Meksikada yashagan tolteklar, mishteklar
boy an’analarini o‘zida birlashtirgan xo'jalik, q o i dehqonchiligi va
hunarmandchilikka asoslangan edi. Makkajo‘xorining bir necha navi-
ni, dukkakli ekinlar, qovoq, qizil va yashil qalampir, pomidor, paxta,
tamaki, texnik ekinlar yetishtirganlar. Agavaning bir turi magey ekib,
uning tozalangan tolalaridan mato va qog‘oz, sharbatidan shirinliklar
va alkogol ichimlik - pulke tayyorlaganlar. Dastlab tamaki chekish,
pulke ichishga turli marosimlardagina ruxsat berilgan.
Asteklar sopoldan turli buyumlar yasashda, sangtaroshlikda,
zargarlikda (kumush, oltin va misdan zeb -ziynatlar yasashda) yuksak
mahoratlarga erishganlar. Ibodatxonalar va boshqa me’morchilik in-
shootlarini qurishda adobe - xom gishtdan foydalanganlar. Shahar-
lari to‘g‘ri burchakli reja bo‘yicha qurilgan.
Erkin asteklarning oilalari kalpulyi deb nomlangan yigirma-
ta o‘ziga xos jamoalarga birlashib, ular o‘z ibodatxonalari, zaxira
yer maydonlariga va jamoa boshqaruviga ega boiishgan. Kalpulyi
boshligi yerlami taqsimlagan, jamoa omborlari, oqsoqollar kenga-
shini boshqargan.
Asteklar hayoti urushlar bilan b o g iiq boigan. G‘olibona urushlar
ularni kuchli qabilalar ittifoqi tuzishlariga imkon bergan. Lekin bu
ularning do‘stlari sonini oshirmagan. Ispan konkistadori Eman Kortes
ushbu vaziyatdan foydalanib asteklarga qarshi qabilalarni ularga qar-
shi qoilab, Tenochtitlan va mamlakatni bosib olgan.
Asteklar taqvimi mayyalarnikiga o‘xshash. Ularda yaxlit yozuv
tizimi shakllanib ulgurmagan. Asteklar rasmli yozuvdan foydalan
ganlar - unda iyerogliflar va qisman fonetik belgilar boigan.
Dostları ilə paylaş: