Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Hindular shaharlarda. 
Umuman olganda, Shimoliy Amerika 
hindulari yevropalashgan shahar hayotiga juda qiyinchilik bilan mos- 
lashmoqdalar. Ular uchun vaqt tushunchasi, transportdan foydala- 
nish, do‘konlardan mahsulot xarid qilish, shahar hayoti qoidalariga 
moslashish qiyinchilik tug‘dirmoqda. Hindulaming qul sifatida ish- 
latilmagani, buning uchun Afrikadan qullar keltirilgani sabablaridan 
biri ham shunda. Tarixiy taraqqiyotning o'ziga xosligi tufayii ko'plab 
hindular oq tanlilarga nisbatan o‘zgacha ma’naviy qadriyatlar tizimi- 
ga ega. Ular o‘z birodariari bilan hech qanday o‘ylanib o‘tirmasdan 
o‘zida bor narsani barisi bilan boMishadi. Pul to'plashga ahamiyat 
berishmaydi, ish uchun kurashish, lavozim, mavqe tushunchalarini 
qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Amerikalik folklorshunos olim Polin 
Jonson hindulaming Shak-Shak ismli o‘smir yigitining qurumsoqlik 
kasaliga uchragani haqidagi rivoyatni yozib olgan. Oliy ilohlar > igitni 
dahshatli ilonga aylantirgan, uni soflik va saxiylik bilan qurollangan 
qahramon yengadi. Hindular uchun qizg’anchiqlik va mo!-dunyo 
to‘plash eng katta nuqson sanaladi. Hindu tillarida bunday nuqsonni 
«oq tanli kishining bexayrligi» deb atashadi. Hindular mehnat etika- 
sini ham qabul qilmaydilar. Ulai' uchun mehnat tovar emas, erkinlik 
berilgan va qabul qilingan faoliyatdir.
. Chaqqon va jasur hindular San-Fransiskodagi «Golden geyt brij» 
ko‘prigi qurilishida eng murakkab balandlikda montaj ishlarida, 
aniq harakatlar talab qiladigan joylarda namunaviy ishlaganlar. Le- 
kin boshliqlar ularga moslashishiga to ‘g‘ri kelgan. Hindular ularga 
baqirganni va bo‘ysunishni yoqtirmaydi. Hindular uchun hamma ish 
ham to‘g‘ri kelmaydi. Rezervatsiyalarda mavsumiy ishlarga o ‘rganib, 
bo‘sh vaqtlarida do‘stlari huzuriga borish, marosim bayramlarida
229


ishtirok etish ularning shaharda 8 soat ishlashga moslasha olmasligiga 
sabab boiadi. 0 ‘z oilasidan va do'stlaridan ajralgan, boshqa dunyoga 
tushib qolgan hindu rezervatsiyalardagidan ham ko‘p qiyinchiliklarga 
duch keladi.
Hindular farzandlarida esa o‘z muammolari yetarlicha. Ular hin­
dular madaniyatidan ajralib «asfalt» hindulariga aylanadilar. Qari- 
yalar tajribasi shaharlarda kerak boimasdan, ular yoshlarni qanday 
hindu boiishga o‘rgatishlariga hojat qolmaydi. Shuning uchun sha- 
harga ketgan hindular m aium vaqt o ‘tib rezervatsiyalarga qaytib 
o‘z madaniyatini saqlash fikri faqat rezervatsiyalarda amalga oshishi 
mumkinligiga ishonch hosil qiladilar. Bugungi kunda rezervatsiyalar- 
ni etnomadaniyatni saqlash qo‘riqxonalari deyish mumkin.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin