Yevropaning janubi-sharqiga VIII asrdan arablar bostirib kiradi.
Arablar Pireney yarimorolining katta qismini egallaydilar. Pireney
yarimoroli aholisiga arab madaniyati, moddiy madaniyat - kiyimlar,
maishiy turmushdan - arab she’riyati, ilm-fani, me’morchiligi kuchli
ta’sir etadi.
Markaziy Yevropaga - Dunay havzasiga IX asrdan madyarlar
(vengrlar) kelib joylashadilar. Sobiq ko‘chmanchi chorvadorlar yangi
hududda dehqonchilikka o‘tishadi. Vengrlar mahalliy madaniyatdan
istifoda olish bilan birga o‘z tillarini saqlab, avlodlariga o‘tkazganlar.
Fin-ugor tillariga mansub venger tili hozirda davlat tilidir.
Skandinaviyalik normannlar IX-X asrlarda Fransiyaning shimoliy
qismini, Normandiyani egallaydi. Ular asta-sekin romanlashib, fran-
suz tiliga o‘tadilar, mahalliy aholi madaniyati ham ularga katta ta’sir
o‘tkazgan. XI asrda romanlashgan normanlar Angliyani egallaydilar.
Normannlar tufayli Angliya t'ransuzlaming kuchli ta’siriga uchraydi.
Aynan normann istilosi tufayli ingliz tilida roman leksikasining katta
qatlami shakllandi. Shimoliy Fransiya va Angliyadan tashqari, nor
mannlar m a’lum muddat Apennin yarimorolining janubida va Sitsili-
ya orolida ham ma’lum muddat yashab hukm surganlar.
Yevropaga XIV-XV asrlardan janubdan Usmoniy turklar kira
boshlaydilar. Ular Vizantiyani tor-mor etib, Bolqonni bir necha asrga
bo‘ysundiradilar. Feodal jamiyat paytida VIII-XVI asrlarda Yevro
paning qator shaharlarida yahudiylar jamoalari shakllangan. XV-XVI
asrlarda esa Yevropaga lo iila r kela boshlagan. Ular unchalik katta
boim agan guruhlar shaklida ko‘plab mamlakatlarga joylashganlar.
Dostları ilə paylaş: