Badiiy adabiyot va boshqa ijodiyot turlari.
Ko‘plab mamlakat
larda shakllangan milliy ziyolilar, milliy adabiyot, milliy teatr san’ati
va madaniyatining boshqa turlarini yaratdilar. Bu jarayon ancha oldin
boshlangan. Kechua tilida XVI asrda ilk drama - «Apu-Olyantay»
yozilgan. Unda sarkarda Olyantayning Oliy Inkaning qizi - go‘zal
Kosi Koylyurga muhabbati tarannum etiladi. Inka quyoshning o‘g‘li
sanalib, uning qizini oddiy kishi bilan nikohini tasavvur ham etib
bo‘lmasdi. Bunday nikoh o‘lim bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan. Le-
kin Kosi Koylyur Olyantayning sevgisiga ijobiy javob beradi. Oliy
Inkadan qizining qo‘lini so‘rash natija bermaydi. Sarkarda tog‘ga
qochib, o‘z baxti uchun kurasha boshlaydi. Ushbu drama hozirga
qadar o‘z ommabopligini yo‘qotmasdan, hindular bayramlarida
namoyish qilinadi. Adabiyot tiliga aylangan tillar orasida guaranini
ko‘rsatish mumkin. Ushbu tilda XX asming 30-yillarida Ortis Ger-
rero o ‘z she’rlarini bitgan. Xulio Karrera (1908-1954) guaranilar
teatriga asos solgan, uning qalamiga mansub «Baxtsizlar ochligi»
dramasi mavjud.
256
Lotin Amerikasida XIX asrda milliy adabiyotning keng tarqalgan
turi - kostumbrizm (ispancha - odat) yo'nalish vakillari o ‘z asarlari-
da oddiy, o‘z mamlakatlari aholisining kundalik hayotlarini tasvirlab,
shu orqali milliy muammolar, milliy ongning shakllanishi masalala-
rini ko'tarib chiqqanlar. XX asrda braziliyalik yozuvchi Jorj Amadu-
ning romanlari, chililik shoir Pablo Neruda dostonlari, kolumbiyalik
Gabriyel Garsia Markesning asarlari butun dunyoga tarqalgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, Lotin Amerikasi
xalqlari dunyo etnik tarixiga va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan.
Savol va topshiriqlar
1. Markaziy, Janubiy Amerika va Vest-Indiyadagi aholining irq va
til tavsifi qanday?
2. Asteklar, mayyalar, kechualar xo‘jaligi va moddiy madaniyatini
so‘zlab bering.
3. Etnik jarayonlar va yangi millatlaming shakllanishi qanday
kechgan?
4. Aholi xo‘jalik-madaniy tiplaridagi transformatsiyalari qanday
kechmoqda?
5. Aholining turar joylaridagi an’anaviylik va zamonaviylik nima-
larda namovon boim oqda?
6. Aholining taomlari va ichimliklari haqida nimalami bilasiz?
7. Janubiy amerikaliklar kiyimlaridagi o ‘ziga xos xususiyatlar ni-
malarda aks etadi?
8. Konfessial tarkib va ma’naviy madaniyatdagi o‘ziga xosliklami
gapirib bering.
257
|