Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Jamoaviy va oilaviy hayot



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Jamoaviy va oilaviy hayot. 
Qishloqlarda XIX asr oxirlarigacha 
patriarxal munosabat unsurlari saqlangan. Aholi hayotida gromada -
qo‘shnichilik jamoasi katta o‘rin tutgan. A n’anaviy o‘zaro yordam, 
hordiq, uylanmagan yigitlar yig‘inlari, yangi yil, kolyadki va shed- 
rovkalari saqlangan.
Ukrainada XIX-XX asr boshlarida 2-3 avlod vakillaridan iborat 
oilalar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Mol-mulk barcha oila a’zolariga 
tegishli bo‘lgan.
Zamonaviy ukrain oilalarida ichki munosabatlarda demokratla- 
shish bilan birgalikda oila instituti ahamiyatining o‘sishi, bolalar tar- 
biyasiga e’tiboming kuchayishi, ularga etnik qadriyatlami tanishtirish 
siyosati yuritilmoqda.
Dinlari. 
Markaziy va Sharqiy Ukrainada pravoslav dini, G'arbiy 
Ukrainada yunon-katolik va uniatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayni 
paytda aholida diniy tasawurlar - ajinalar, rusalkalar, domovoylarga 
ishonch uzoq saqlangan. Vujudga kelgan sinkretizm - udum-ma- 
rosimlar, bayramlarda namoyon bo‘ladi.
Taqvimiy bayramlar. 
Ukrainlar ijtimoiy hayotlarida taqvimiv 
bayram va marosimlar muhim o'rin tutadi. Ulaming ko‘pchiligi 
xristian taqvimiga moslashtirilgan. Xususan, svyatki bayrami ke- 
chasida o‘tkaziladigan ziyofatlar, non, don, fol ochish, kamavallar, 
kolyadki va shedrovkalar bilan bog‘liq afsungarlik harakatlari kuza- 
tiladi. Pasxada say liar, birgalashib qo‘shiq aytish, raqslarga tushish, 
marosim taomlari: kulich, bo'yalgan tuxumlar, kolbasa, qovurilgan 
cho‘chqa bolasi, asal iste’mol qilish va boshqalar qishloqlarda hozir- 
ga qadar o‘tkaziladi.
Oilaviy marosimlar. 
Ukrainlaming zamonaviy nikoh to‘ylarida 
qishloqdami yoki shaharda bo‘lishidan qat’i nazar, an’anaviy 
to‘ylardagi ko‘pgina urf-odatlar saqlangan. Unga sovchilik, karavay 
udumi, sovg‘alar almashish, kelinning sepini keltirish, «to‘y poyez- 
di», «jo‘ralar» va «boyar», kelin haq to‘lash, kelin-kuyovni tantanali
314


kutib olish, to'y ziyofati kabilar kiradi. So‘nggi yiilarda cherkovda 
nikoh marosimini o‘tkazish tobora keng tus olib bormoqda.
Farzand tug‘ilishi va tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘plab eski an’analar, 
doya ayollar bilan birgalikda yo‘qoiib ketdi. Eski odatlardan saqlan- 
gani chaqaloqqa sovg‘a keltirish, cherkovda chaqaloni cho‘qintirib 
kum va kuma tanlashning tiklanishini ko‘rsatish mumkin.
Dafn marosimi bilan bog‘liq an’analar qisman saqlanib kelmoq- 
da. Tunda marhum oldida o'tirib chiqish, psaltirni o‘qish, dindorlar- 
ga cherkovda janoza o‘tkazish ular qatorida. Dafndan qaytib darhol 
xotirlash ziyofatini, to‘qqizini, qirqini, yilini o‘tkazishda xotirlash 
turli cherkov bayramlari, jumladan, Pasxaga qo‘shib o‘tkazilishi ham 
keng tarqalgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin