Moldovadagi ruslar krepostnoy qaramlik, og‘ir
soliqlar, pomesh-
chiklar tayziqi tufayli XVII asr oxiridan qochib kelganlai avlodlaridir.
Gagauzlar Moldovaning janubida yashaydigan turkiy aholi, ular-
ning umumiy soni 120 ming, undan 150 mingi Moldovada yashaydi.
Olimlarning fikricha, gagauzlarning ajdodlari qipehoqlar va bijanak-
lar bo‘lgan. Tillari turkiy tillar guruhimng o ‘g‘uz
kichik guruliida,
dini bo‘yicha pravoslavlar.
Siganlar Moldovaga XV asrda kela boshlagan. Temirchilik, taqa-
chilik, musiqa, raqslar bilan shug'ullanganlar.
Moldovada yana bol-
garlar va yahudiylar ham yashaydi.
Moldovaliklar xo‘jalik mashg‘ulotlari.
Donli ekinlardan Moldo
vada makkajo‘xori yetakchi o‘rinda. Bu ekinning Dunaybo‘yi knyaz-
liklarida joriy etilishini Kantakuzin nomi bilan (XVII asr) bog‘lanadi.
Makka moldovanlarda keng tarqalib, undan quyuq bo‘tqani щаша-
liga kesib non sifatida yeyishadi. Uni odatda brinza bilan yeyishadi.
Uzum yetishtirish bilan antik davrdan shug‘ullanishadi. Vinoni
turli marosimlarda ichishgan. Vino orqali o‘tgan ajdodlar bilan ramziy
aloqa o‘matilgan.
Uy-joylar.
0 ‘tmishda moldovanlar uylari devorlari somon va mol
go‘ngi qo‘shib tayyorlangan g‘ishtdan qurilgan.
Uyning tomi somon
yoki qamish bilan yopilgan. 0 ‘rmonli hududlarda an’anaviy qurilish
ashyosi yog‘och bo‘lgan. Uyning old qismi moldovanlarda kase-mare
(katta uy) deyilgan. Uyning ichi va tashqarisi ohak bilan oqlangan.
Uyning ichki qismi gilam (devor va polda)lar bilan bezatilgan. Zamo
naviy uylar g ‘ishtdan, toshdan, shlakobetondan va boshqa ashyolar-
dan qurilmoqda.
0 ‘tmishda qo‘shnichilik jamoasi an’analari kuchli bo‘lgan mol-
dovan qishloqlarida uyni butun qishloq ahli ko‘magida qurilgan.
Odamlar hasharga bayramga borgandek borishgan. Klaka deb nom-
langan ommaviy hasharlar boshqa tadbirlar, jumladan makka donini
tozalashda ham qo‘llanilgan.
Dostları ilə paylaş: