Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Kiyimlar. 
Janubiy-Sharqiy Boltiqbo‘yi xalqlari kiyimlari ma- 
halliy nam, sovuq iqlimga mos. A n’anaviy ayollar kiyimlari uzun 
jun gazlamadan yubka, ko‘ylak, kofta, yelkalariga yopinchiqlardan 
iborat. Turli mahalliy variantlari boTishiga qaramasdan Boltiqbo‘yi 
xalqlari kiyimlarida o‘xshashlik jihatlari ko‘p. Qiz va ayollar bayram 
kiyimlari zig‘ir tolasidan, matodan ko'ylak, jun matodan yubka, 
yengsiz nimcha yoki kofta, kamarlar, yopinchiq, bosh kiyimlari va 
h.k.lar bo‘lgan. Bayram poyabzali qattiq poshnada soqqisi yumshoq 
choriqlar edi. Qizlar bosh kiyimi tepasi ochiq gulchambar, tasmalar 
va h.k. ayollar boshlarini toTiq yopishlari uchun sochiqsimon bosh 
kiyimi, qalpoqchalar, ro‘mollar bo‘lgan. Qizlar uylarda yalang bosh 
yurganlar.
Boltiqbo‘yida uch xalq kiyimlari o‘z xususiyatlariga ega. Eston 
ayollari kiyimlari tunikasimon ko‘ylak, uning ustidan kalta bluzka 
(kyaysed) va yo4l-yo‘Jli yubkalardan iborat. Estoniyaning g‘arbida 
yubkaga turli rangdagi iplardan kashtalar tikishgan. Setu ayollari 
kiyimlarida yopiq sarafan, kiyimlarida oq, oq-malla ranglar ko‘proq 
uchragan. Kiyimlarini yumaloq-konussimon ko‘krak taqinchog‘i -
fibullar to‘ldirgan.
Latish ayollari ham tunikasimon ko‘ylaklar va yo‘l-yo‘1 matodan 
yubkalar kiyganlar. Tepaga koftalar, yengsiz nimchasimon kiyimlar 
kiyilgan. Uning ustidan oqjundanyoki zig‘irpoyadan (ba’zidalcashta- 
si bilan) yelkaga tashlanadigan yopinchiq tashlangan. Latviyaning
324


g‘arbida an’anaviy ayollar kiyimlari metalldan kamar va metalldan 
taqinchoqlari bo‘igan yorqin - ko‘k yopinchiq bilan to‘ldirilgan. Lat- 
gal ayollari tunikasimon ko‘yJak qizil kashtasi bilan, katak yoki oq 
yubka kiyganlar. Yengsiz va yengli koftalar Latgaliyada keng tarqal- 
magan. Yelkaga zig‘irpoyadan to‘qilgan - katak yoki oq yopinchiq 
tashlangan. Litva ayollar kiyimi ham tunikasimon ko‘ylak, yengsiz 
kofta, tepadan pastga tomon yoi-yoM yubka va yelkaga yopinchiqdan 
tashkil topgan.
Erkaklar an’anaviy kiyimi nisbatan kam o‘ziga xoslikka ega 
bo‘lgan. Erkaklar kiyimi asosini barcha xalqlarda to‘qilgan gazlama 
ko‘ylak, kalta yoki uzun ishton, kurtka tashkil qilgan. Ustki kiyimla- 
rini jundan yoki teridan kamar bilan bog‘lab yurishgan.
Janubiy-Sharqiy Boltiqbo‘yi aholisi orasida XIX asr o‘rtalaridan 
ayollaming shahar (yevropacha) kastumlari yoyila boshlab, XX asr- 
ning boshlarida barcha hududlarda ayollar kiyimida shahar liboslari 
yetakchi o‘rin egallaydi. Erkaklar an’anaviy kiyimlari ham shahar 
kastumi tomonida XIX asr o‘rtalaridayoq surib chiqarilgan. Bizning 
kunlarimizda an’anaviy kiyimlarni bayramlar, to‘ylarda, turli badiiy 
havaskorlar ansambllarida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ichki orol- 
larda an’anaviy kiyimdagi ayollarni uchratish mumkin.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin