Kiyim-kechaklar.
Etnografik materiallar rus xalq kiyimlarining
uchta asosiy kompleksga: shimoliy rus, janubiy rus va o‘rta rusga
bo‘linishini ko‘rsatadi. Ulaming areallari shevalaridagi tafovutlar
rayonlari bilan deyarli mos keladi. Ayrim lokal variantlar: g‘arbiy
ms kiyimlari kompleksi, sibir-staroobryadlari, kazaklar kiyimlari va
h.k.lar ham mavjud.
Rus ayoli va erkaklari xalq liboslari asosini zig‘ir tolasi yoki
kanopdan to'qilgan mato tashkil qiladi. Uning bichimi tunikasimon
deb nomlanadi. Bu xildagi ko'ylakning bichimi yengil boMib, mato-
ning bukilgan joyida boshni kiritish uchun kesib joy qilingan. Ikki yoni
tepada yeng qo'yiladigan joygacha tikilgan. Qizlar uchun o‘tmishda
bu ko‘ylak ham uyda, ham tashqarida kiyishga mo‘ljallangan, ayollar
esa ustidan ustki kiyim kiyganlar.
Shimoliy ms ayollari kiyimi kompleksida ko‘ylakdan tashqari
sarafan kiyilgan. Uni turli matodan, turli rangdagi gazlamalardan
tikishgan. Shamolda bosh kiyimlari ham turlicha bo‘lgan. Kokoshnik
ustidan ro‘mol, kashtalangan yopinchiq yoki oddiy ro‘mol o‘rab yu-
rishgan. Qizlar yalangbosh yoki yengil tasma, gulchambar, bog‘ich
bilan yurishlari mumkin edi. Ayollar kiyimlarining majburiy elementi
kamar taqish bo'lib, ular bilan bog‘liq ko‘plab udum-odatlar bor.
Janubiy rus ayollari kiyimi kompleksida ham uzun ko‘ylak, po-
nyova o‘rab (to‘kilmagan) kiyiladigan ponyova (yupqa) bo‘lgan. Po-
nyova turli rangdagi matolardan qilingan. Ayollar oldilarida zapon
deb nomlangan fartuk kiyganlar.
335
Janubiy rus ayollari kiyimlari ichida eng murakkabi bosh kiyimlari
edi. Ulardan biri - «hakka» bir necha qismdan iborat bo‘lib, ba’zida
shox ko‘rinishini olgan. Uning asosini yelimlangan mato (kichka)
tashkil qilib, uning ustidan sochiqlami turli usullarda bog‘lashgan va
o‘rashgan.
0 ‘rta rus ayollari kiyimlari kompleksi shimoliy rus va janubiy rus
kastumlaxi xususiyatlarini mujassamlagan, uning uchun xususiyatli
jihat XIX asrda yubka, koftalaming kiyila boshlanishidir. An’anaviy
xalq kiyimlarini aholi hayotidan aynan shu jarayon surib chiqardi.
Rus dehqonlari erkaklar kiyimlari turlari ko‘p bo‘lmagan. To‘g'ri
kesilgan ko‘krak kesimi zig‘ir tolasidan to‘qilgan matodan yoki
movutdan tikilgan ishton juda keng bo‘lmagan. Bosh kiyimlari XIX
asrda kigizdan shlyapa, baland silindrik qalpoqlar, qishda qo‘y terisi-
dan turli fasondagi (malaxay, treux) telpaklar kiyilgan.
Ustki kiyimlar erkaklarda ham, ayollarda ham bir xil qo‘y terisidan
po‘stin, zipun va boshqalar bo‘lgan. Dehqonlar oyoq kiyimlarida qa-
tor regional tafovutlar boTgan. Eng ko‘p kiyiladigani ko‘proq choriq,
daraxt po‘stlog‘i tolasidan, ba’zida arqondan to‘qishgan. Ayrim joy-
larda ishlov berilmagan teridan (porshna) oyoq kiyimi qilingan. Boy
kishilar, teridan baland soqqili etiklar kiyganlar. XIX asr boshlaridan
baland etiklar, kigizdan valenkilar kiyila boshlanadi. XIX asr oxirida
rus qishloqlariga fabrika poyabzali va rezina kalishlar kira boshladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, rus aholisi kiyimlarida jamiyatning ij
timoiy toifaviy bo‘linishi ham o‘z aksini topgan. Ayniqsa, dvoryanlar
kiyimlari ajralib turgan. Uni G ‘arbiy Yevropa namunalarida, modaga
qat’iy rioya qilgan holda tikishgan. Savdogarlar, meshanlar ham o‘z
toifalariga monand kiyinishgan.
XIX
asming ikkinchi yarmi - XX asming boshlarida rus kastum-
lari sanoat darajasida kiyimlarni tayyorlash va sotish, ko'plab shabar
modasi zig‘ir tolasidan to‘qilgan matodan yoki movutdan tikilgan ish-
ton juda keng bo‘lmagan. Bosh kiyimlari XIX asrda kigizdan shlyapa,
baland silindrik qalpoqlar, qishda qo‘y terisidan turli fasondagi (ma
laxay, treux) telpaklar kiyilgan.
336
Hozirgi kunda ruslaming shahar va qishloq aholisi kiyimlari bir-
biridan farq qilmaydi. An’anaviy xalq kiyimlarini badiiy xalq an-
sambllari ishtirokchilarida, folklor jamoalarida, muzeylarda ko‘rish
mumkin. Bizning davrimizda milliy kiyimlarga qiziqish kuchaymoq-
da. Kashtachilik milliy naqsh san’ati o ‘z mavqeyini saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |