19.4. Ruslarning moddiy madaniyati
Qishloqlar va qishloqchalar.
Ruslarda yuztadan ortiq xo‘jalik
yashaydigan, cherkovi bo‘lgan manzilgohlar qishloq deb atalgan. Shi
moliy va Shimoliy-G‘arbiy viloyatlarda XIV asrdan ko‘p sonli hovli-
lari bo‘lmagan qishloqchalar vujudga kelgan. Janubiy viloyatlardagi
Don, Terek, Kuban daryolari bo‘ylab yashayotgan kazaklaming aholi
punktlari stanitsa deb nomlangan. Sibirda rus mustamlakachilari bar-
po etgan aholi manzilgohlari - pochinki va zaymishalar bo‘lgan.
Shaharlar.
Ular Rossiyada paydo bo‘lishi va me’morchilik-loyi-
ha qiyofalariga ko‘ra turli-tuman boTgan.
Shaharlar hunarmandchilik markazlari, pomeshchiklar uylari, mo-
nastirlar atrofida ham vujudga kelgan.
Shaharlar murakkab ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan. Ijtimoiy yaqin
(meshanlar, dvoryanlar, savdogarlar), etnik (ruslar, tatarlar, ukrainlar)
yoki kasb-kori bo‘yicha yaqin (etikdo‘zlar, temirchilar, qurolsozlar)
aholi mavzelar tashkil etishga intilganlar.
XIX
asr oxiri - XX asrda ruslar yashaydigan hududlarda shaharlar
soni keskin ko‘payadi. Shaharlar Rossiya aholisi turmushi va madani-
yatiga katta ta’sir ko‘rsatib, muhim etnomadaniy, integratsiya, icliki va
tashqi etnoslararo aloqalaming kuchayishiga omil bo‘lib xizmat qilgan.
Uy-joylar.
Ruslarning uy-joylari turli xil ko‘rinishlarda qurilgan.
Uylaming ko'rinishiga etnosiyosiy omillar va ijtimoiy tafovutlar ta’sir
etgan. Aholining boy qatlamlari uylari sifati va qulayligi bo‘yicha
kambag‘allamikidan keskin farq qilgan. Dehqonlar turar joylarida
mahalliy xususiyatlar kuzatilsa, shaharlarda ham bu xildagi keskin
farqlar saqlangan.
333
Shimoliy hududlar turar joylari keskin tabiiy iqlim sharoitida
shakllangan Arxangelsk, Novgorod, Vologda va yana qator shimoliy
viloyatlarda o‘rmonlarning ko‘pligi uylarning yog‘ochdan yo‘nib
(vyantsi) yasalishiga asos bo‘ladi. Yog‘ochlami bir-biriga mahka-
mlashning qator usullari mavjud. Shimolga qanchalik uzoqlashsa,
dehqonlar uylari shunchalik baland qurilgan. Shimolda uylar ikki qa-
vatli bo‘lib, tomi ikki tomonlama qilib yopilgan. Shu tariqa bitta binoda
pastda mol uchun og‘ilxona, pichan va qishloq xo‘jalik qurollari bo‘lsa,
tepada yashash xonalari joylashgan. Bunday qurilish majmuasini uy-
hovli deb atash murnkin. Shimoliy rus viloyatlarida uch xonali uy eng
keng tarqalgan bo‘lib, xo‘jalik binolari bilan birga ko‘cha yuzida uzun
inshoot ko‘rinishida bo‘ladi. Uyning eshiklari, derazalari va boshqa
qismlari o‘yma naqshli me’moriy elementlari bilan bezatilgan.
Moskva, Vyatka, Ryazanning shimolida, Kaluga va boshqa gu-
bemiyalarda o‘rta rus uy-joylar tipi kengroq tarqalgan. Uni mustaqil
tipdan ko‘ra, o‘tish ko‘rinishidagi turar joylar deb atagan ma’qul.
Uylar yog‘ochdan qurilgan. Lekin bu viloyatlarda uylami baland,
ustma-ust qurishga hojat bo‘lmaganidan bir qavatli qurilgan. Tomini
ikki yoki to‘rt yoqlama qilib, ustini somon (poxol) bilan yopishgan.
Uyni odatda uch xonali qilib qurishgan. Xo‘jalik binolari asosan uy
ning yonidan yoki orqasidan tiklangan. Uyning old tomoni derazalari
naqshlangan taxtalar bilan bezatilgan.
Rossiyaning Yevropa qismi janubiy rayonlarida boshqa tipdagi
uy-joylar bino qilingan. Bu turar joylaming belaruslar va ukrainlar
uylari bilan umumiy elementlari ko‘p. Yog‘ochdan yo‘nib qurilgan
uylardan tashqari, bu rayonlarda turlukdan (daraxt shoxlaridan) mus-
tahkam bo‘yra to‘qib uning ustidan loy bilan suvalgan. Somonli loy-
dan devor yoki xom g‘ishtdan qurilgan uylar bo‘lib, yog‘och uylardan
boshqalari suvalib, tashqi va ichki tomondan oqlangan. Bunday uy
lar aksari bir qavatli bo‘lib, taxtadan poli, ko‘pincha tuproqli poli va
to‘rt tomonlama, somonli tomi bilan xususiyatlangan. Uylar ikki yoki
uch xonali bo‘lgan, ko'chada uyning orqa devori qaragan hovli ochiq
bo‘lib, xo‘jalik binolari erkin joylashtirilgan. Hozirgi kunda bunday
334
tipdagi klassik uylami uchratish mushkul. Endilikda bu hududlarda
nisbatan qulay, g‘ishtli uylar qurilmoqda.
XX
asming o‘rtalaridan uy-joylar loyihasi va qurilishi sodda-
lashib, standartlashib bordi. Ma’lum tipdagi loyiha bo‘yicha qurilish-
lar keng tus oldi. Uyning ichida mebel, maishiy texnika ham barchada
bir xil: oshxona, yotoqxona, bolalar xonalari uchun zarur mebellar
yildan yilga ko‘payib bordi. An’anaviy me’morchilik elementlaridan
turli bezaklar, dekor, yog‘och o‘ymakorlik namunalari saqlanib qol-
gan, xolos.
Dostları ilə paylaş: |