olmagan ekan, sababi yer to‘lig‘icha chakmon ostida qolgan ekan.
Bu kichik yer maydonlari tog‘dan tushayotganda ayniqsa yaxshi
ko‘rinadi. Donli ekinlar, sabzavotlardan
tashqari bu yerlarda uzum,
qovun-tarvuz, behi, o‘rik mevalari yetishtiriladi.
Chorvachilik.
Dehqonchilik chorvachiliksiz deyarli uchramaydi,
sababi yemi omochda haydash, yuk tashish uchun ish hayvonlarining
zarurligi qadimdan ma’lum. Otlar aksari minish uchun boqilgani sab-
abli, asosiy tortish kuchi ho‘kizlar bo‘lgan. Sigirlar va qo‘ylar aholini
sut va undan mahsulotlar, go‘sht bilan ta’minlagan. Osetin-xristianlar
cho‘chqa ham boqishgan. Parranda boqish ham Shimoliy Kavkaz
xalqlari qishloq xo‘jaligining barqaror qismidir. Xo‘jalikning yor-
damchi sohalari ov, baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik boigan.
Hunarmandchilik.
Hunarmandchilik
xo‘jalik
faoliyatida
muhim o‘rin egallaydi. To‘qimachilik, movut to‘qish,
kulolchilik,
gilamdo‘zlik, metallga ishlov berish, sangtaroshlik, yog‘ochsozlik,
suyakka naqsh solish bilan keng aholi qatlamlari shug‘ullangan.
Dog‘istondagi Kubachi qishlog‘i oltin
va kumushdan turli buyum-
lar yasovchi ustalami uzoq mamlakatlarda ham tanishadi. Arab geo-
graflari IX asrda kubachiliklami forscha «zirahgaron» (sovutsozlar)
deb ataganlar. Ushbu qishloq erkaklarining asosiy ishi ma’danga
ishlov berish va qurolsozlik bo‘lgan. Jang qurollari sovutlari Kavkaz-
da, Eronda, Turkiyada, XIX asr oxirida Rossiya va G‘arbiy Yevro-
pada yuqori baholangan. XX asrdan Kubachida
zeb-ziynatlar va uy
jihozlari (qumg‘onlar, qadahlar, choynaklar va hokazolar) yasala
boshlanib, bu faoliyat hozirga qadar davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: