Epikantus
- ko‘zning yuqori qovog"i ichidagi teri buklamasi,
yosh bo‘rtig‘ini yopib turadi. Mo‘g‘ul irqidagi ko‘z tuzilishi.
Etniklik
- ma’lum etnos yoki etnik guruhlarni boshqalaridan
ajratadigan madaniy xususiyatlari majmuyi.
Etnogenez
- xalqning kelib chiqishi.
Etnos
- ma’lum hududda tarixan shakllangan til, etnik ong,
madaniyat etnonimiga ega insonlar guruhi.
Genezis
- kelib chiqish, paydo bo‘lishi, m a’lum hodisa, voqea
yoki insonlar jamiyatining vujudga kelishi va yuksalishiga nisbatan
ham qo‘llaniladi.
Inkulturatsiya
- insonning madaniyatga kirishishi jarayoni, et-
nomadaniy tajribani o‘zlashtirishi.
Irq
- jismoniy xususiyatlari bo‘yicha, kelib chiqishi bir bo‘lgan
odamlaming tarixiy guruhi.
Kasta
- insonlaming biqiq guruhi, ularda alohida an’analar, hayot
tarzi, xulq m e’yorlari shakllanib boradi.
Konfessiya
- din mazhabi, cherkov.
Ksenofobiya
- xorijliklarga nisbatan dushmanona munosabat, u
o‘zga tilga, hayot tarziga, tafakkurga va h.k.larga nisbatan kuzatiladi.
Magiya
- afsungarlik; insonning tabiatdagi narsa, hayvonlar va
boshqa kishilarga ta’sir etishiga ishonchga asoslangan, bevosita af-
sonalar bilan bog‘langan.
Mentalitet
- ma’lum bir insonlar jamoasining fikrlari, diniy
e’tiqodlaridagi yaxlitlik, u madaniy an’analarni mustahkamlab, dunyo
haqidagi tasavvumi shakllantiradi.
Monogamiya
- bir nikohlilik, unda juftlik faqat er-xotinning
bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Oykumena
- yer yuzasining odamlar yashaydigan qismi.
Poligamiya
- ko‘p nikohlilik, aksari ko‘p xotinlilikka nisbatan
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: