Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Ijtimoiy munosabatlar. 
Shimoliy Kavkaz xalqlarining alohida 
guruhlari ijtimoiy taraqqiyot darajasi XVIII-XIX asrlarda anchagi- 
na farqlangan. Dogistonliklarda, jumladan, adiglarda feodal jami- 
yatga xos ijtimoiy tabaqalanish kuzatilsa, vaynaxlarda patriarxal 
jamoalar, urug‘-jamoachilik tartiblari hukm surgan. Qabardinlar, 
cherkeslar, abazin va avarlarda xonlar, knyazlar, zodagonlar, ularga 
itoat etuvchi qaram dehqonlar va hatto uy qullari boigan. Ayni payt­
da adiglarning bir qismi Dog‘istonning ayrim xalqlarida dehqonlar- 
ning erkin jamoalari bo‘lib, ular hech kimning «xo‘jayin»ligini tan 
olishmagan.
Qishloq jamiyatlarida ilgaridan qon-qarindoshlik birlashmalari 
shakllanib, ular bir necha yirik oilalardan tashkil topgan va qarindosh- 
lik, odat bilan uzviy bogiangan. Chechen va ingushlarda ularni tayp 
yoki gar, avarlarda tuxum deyilgan. Ushbu xalqlar hayotida birdamlik 
va o‘zaro aloqalami ta’minlash muhim o‘rin tutgan.
Kavkaz xalqlari turli-tuman boisa-da, ularda ko‘plab umumiy 
odat-udumlar shakllangan. Jumladan Kavkaz mehmondo‘stligini 
XIX asrda tadqiqotchilar ijtimoiy hayotning asosiy negizi, qonuni 
deb atashgan. 0 ‘zaro yordam uy qurish, yerga ishlov berish, о‘tin 
tayyorlash va h.k.larda qoilanilgan. 0 ‘zaro yordamni oilaviy ma­
rosimlar - to ‘ylar, dafn va xotira tadbirlari ham talab qilgan. Jum­
ladan to‘y harakatlari va to‘yona berish, har bir jamoa a ’zosi o‘z
354


qarindoshlariga oilasi a ’zolariga yordam berganidek qarashishi 
odat bo‘lgan. Kavkazda ham «Uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi 
qo‘shni yaxshi» matali bo‘lgan.
Ijtimoiy hayotda odat me’yorlariga qat’iy rioya qilingan. Uni bu- 
zish insonning jamoadan quvg'in qilinishiga olib kelishi mumkin edi. 
Bu odat, udum, marosimlarda diniy e’tiqod bilan uzviy bogianmagan, 
lekin asrlar davomida tog‘ning murakkab sharoitida shakllangan 
«yozilmagan qonuniyatlar»dir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin