Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Savol va topshiriqiar
1. Polineziya xalqlari madaniyatining o ‘ziga xosligi haqida so‘zlab 
bering.
2. «Tonggi shafaq dengizchilari»ga oid Internet m a’lumotlarini 
o ‘rganib gapirib bering.
3. Polineziyaliklaming kelib chiqishi haqida qanday nazariyalar 
mavjud?
4. «Tonggi shafaq dengizchilari» kastalari, dinlari va an ’analarini 
qiyosiy tahlil qiling.
5. Polineziyaliklami g ‘arblashtirish ta ’sirining ijobiy va salbiy 
oqibatlari nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
44


4-BOB. SHIMOLIY VA SHIMOLIY-G‘ARBIY AFRIKA
ETNOLOGIYASI
Yer kurrasining 20% ini tashkil etadigan Afrika qit’asi deyarli 30 
mln. km2 hududni tashkil etadi. Madaniy belgilariga ko‘ra, Afrika ikki 
qismga b o iin ad i. 0 ‘rtayer dengizidan savanna zonasigacha - Shi­
moliy Afrika. Uning madaniyati arab musulmon dunyosinikiga yaqin. 
Sahroyi Kabirdan janubda Tropik va Janubiy Afrika joylashgan. Bu 
hududlami Qora Afrika ham deyishadi.
Shimoliy Afrikaga - Jazoir (42 mln.), Misr (98 mln.), Liviya (6,6 
mln.), M avritaniya (4,4 mln.), Marokash (36 mln.), Sudan (41,8 mln.), 
Tunis (11,5 mln.) kiradi. Ushbu tarixiy-etnologik viloyatga Shimoliy - 
Sharqiy Afrika: Jibuti (0,9 mln.), Somali (15 mln.), Eritreya (4 mln.), 
Efiopiya (109 mln.) kiradi. Ikki hududning umumiy aholisi 400 mln. 
dan ortiq.
Shimoliy Afrikada ko ‘plab xalqlar yashab, ularni umumiy din - is­
lom 
dini birlashtiradi. Uzoq davrlar davomida qo‘shnichilik, o ‘xshash 
tabiiy iqlim sharoiti umumiy xo ‘jalik, hayot tarzi va madaniyatning 
shakllanishiga olib kelgan.
Efiopiyaning janubidan XX asrning 70-yillarida topilgan avstralo- 
piteklar qoldiqlari ushbu hududning antropogenez zamonaviy qiyo- 
fadagi 
- Homo Sapiens shakllangan hududga kirishini tasdiqlaydi. 
Uzoq 
o ‘tmishda Sahro hududi ko ‘m -ko‘k vodiy bo‘lib, unda aholi 
2ich 
yashagan. Jazoirning Janubidagi Tassilin-Ajerdagi qoyatosh su- 
ratlari 
mil.avv. V III-V I mingyilliklarga, eng keyingilari mil. a w . II 
mingy
illikka mansubligi aniqlangan.
Hozirda ushbu hudud qumli (erg) yoki toshli (xamada) maydonlar- 
dir. Sahroyi Kabirda o ‘rtacha harorat soyada +35°C. Yog‘ingarchilik 
kam, 
ba’zida yillar davomida yom g‘ir boTmaydi. Birgina N il (6670 
km) 
janubdan shimolga oqib, doim sersuvligini saqlab kelmoqda. 
Agar 
Sahroda 1 km 2 ga bittadan odam to ‘g‘ri kelsa, Nil vohasida 1000 
tadan 
ortiq kishi yashaydi.
45


Shimoliy Afrikaning asosiy aholisi katta yevropeoid irqining 
0 ‘rtayer dengizi tipiga kiradi. Ushbu irq vakillari bo‘ylari baland, 
badan ranglari oq, to‘g‘ri burun, qo‘ng ‘ir ko ‘zli, qora sochlari bilan 
xususiyatlanadi. Hududning eng janubida Sahroda Sudanning janubi 
va Efiopiyaning negr irqiga mansub - xaratin, shilluk, nuer, semer 
va boshqalar yashaydi. Ular qora badani, keng bum i va qalin labi. 
jingalak sochlari, pragmatizm - iyaklarining oldinga chiqqanligi bi­
lan xususiyatlanadilar. Hududdagi efiop irqi yevropeoid va negroidlar 
qo‘shni yashagan hududlarda shakllangan.
Aholining tillari bir necha til oilasiga mansub. Afroosiyo til oila­
si semit, kushit, barbar guruhlaridan iborat. Semit tillarida barcha 
arablar, M isr koptlari (xristianlari), M avritaniya mavrlari, Efiopiya­
ning amxara, gurage va boshqa xalqlari so‘zlashadi. Barbar guruhida 
hududning g ‘arbiy qismidagi ko ‘plab etnik guruhlar, qabilalar bor, 
shimoldagi va janubdagi tuareglar ulardan eng yiriklaridir. Tarixiy- 
madaniy viloyatning janubida niger-kordofan til oilasiga mansub 
ozande, dinka, nuer, shilluklar, Sudanning Janubiy Efiopiya bilan 
chegarasida nil-sahro til oilasining shari-nil guruhiga kiruvchi etnos- 
lar yashaydilar.
Hozirgi kunda o ‘rganilayotgan hududda murakkab til vaziyati vu­
judga keigan. Mustamlakachilik tizimi tugatilgach, yangi mustaqil 
davlatlarda, adabiy arab tili davlat tili deb e’lon qilinib, so‘nggi yillar- 
da yevropa tillari: fransuz, ingliz, italyan tillarini tobora surib chiqar- 
moqda. Ayni paytda ayrim barbar tillarining tan olinishi uchun kurash 
ketmoqda. Xususan, ayrim qabilalar bu borada o‘z yozuvlarini, o ‘z 
tillaridagi adabiyotni yaratib ancha muvaffaqiyatga erishdilar. Efiopi­
yada davlat tili amxara boTib, bu esa boshqa xalqlar, xususan, oromo- 
lar vakillari tomonidan noroziliklami keltirib cbiqarmoqda. Somali 
sobiq Italiya va Britaniya mustamlakalari asosida vujudga kelib, unda 
davlat tili somalidir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin