4-BOB. SHIMOLIY VA SHIMOLIY-G‘ARBIY AFRIKA
ETNOLOGIYASI
Yer kurrasining 20% ini tashkil etadigan Afrika qit’asi deyarli 30
mln. km2 hududni tashkil etadi. Madaniy belgilariga ko‘ra, Afrika ikki
qismga b o iin ad i. 0 ‘rtayer dengizidan savanna zonasigacha - Shi
moliy Afrika. Uning madaniyati arab musulmon dunyosinikiga yaqin.
Sahroyi Kabirdan janubda Tropik va Janubiy Afrika joylashgan. Bu
hududlami Qora Afrika ham deyishadi.
Shimoliy Afrikaga - Jazoir (42 mln.), Misr (98 mln.), Liviya (6,6
mln.), M avritaniya (4,4 mln.), Marokash (36 mln.), Sudan (41,8 mln.),
Tunis (11,5 mln.) kiradi. Ushbu tarixiy-etnologik viloyatga Shimoliy -
Sharqiy Afrika: Jibuti (0,9 mln.), Somali (15 mln.), Eritreya (4 mln.),
Efiopiya (109 mln.) kiradi. Ikki hududning umumiy aholisi 400 mln.
dan ortiq.
Shimoliy Afrikada ko ‘plab xalqlar yashab, ularni umumiy din - is
lom
dini birlashtiradi. Uzoq davrlar davomida qo‘shnichilik, o ‘xshash
tabiiy iqlim sharoiti umumiy xo ‘jalik, hayot
tarzi va madaniyatning
shakllanishiga olib kelgan.
Efiopiyaning janubidan XX asrning 70-yillarida topilgan avstralo-
piteklar qoldiqlari ushbu hududning antropogenez zamonaviy qiyo-
fadagi
- Homo Sapiens shakllangan hududga kirishini tasdiqlaydi.
Uzoq
o ‘tmishda Sahro hududi ko ‘m -ko‘k vodiy bo‘lib, unda aholi
2ich
yashagan. Jazoirning Janubidagi Tassilin-Ajerdagi
qoyatosh su-
ratlari
mil.avv. V III-V I mingyilliklarga, eng keyingilari mil. a w . II
mingy
illikka mansubligi aniqlangan.
Hozirda ushbu hudud qumli (erg) yoki toshli (xamada) maydonlar-
dir. Sahroyi Kabirda o ‘rtacha harorat soyada +35°C. Yog‘ingarchilik
kam,
ba’zida yillar davomida yom g‘ir boTmaydi. Birgina N il (6670
km)
janubdan shimolga oqib, doim sersuvligini saqlab kelmoqda.
Agar
Sahroda 1 km 2 ga bittadan odam to ‘g‘ri kelsa, Nil vohasida 1000
tadan
ortiq kishi yashaydi.
45
Shimoliy Afrikaning asosiy aholisi
katta yevropeoid irqining
0 ‘rtayer dengizi tipiga kiradi. Ushbu irq vakillari bo‘ylari baland,
badan ranglari oq, to‘g‘ri burun, qo‘ng ‘ir ko ‘zli, qora sochlari bilan
xususiyatlanadi. Hududning eng janubida Sahroda Sudanning janubi
va Efiopiyaning
negr irqiga mansub - xaratin, shilluk, nuer, semer
va boshqalar yashaydi. Ular qora badani, keng bum i va qalin labi.
jingalak
sochlari, pragmatizm - iyaklarining oldinga chiqqanligi bi
lan xususiyatlanadilar. Hududdagi efiop irqi yevropeoid va negroidlar
qo‘shni yashagan hududlarda shakllangan.
Aholining tillari bir necha til oilasiga mansub. Afroosiyo til oila
si semit, kushit, barbar guruhlaridan iborat. Semit tillarida barcha
arablar, M isr koptlari (xristianlari), M avritaniya mavrlari, Efiopiya
ning amxara, gurage va boshqa xalqlari so‘zlashadi. Barbar guruhida
hududning g ‘arbiy qismidagi ko ‘plab
etnik guruhlar, qabilalar bor,
shimoldagi va janubdagi tuareglar ulardan eng yiriklaridir. Tarixiy-
madaniy viloyatning janubida niger-kordofan
til oilasiga mansub
ozande, dinka, nuer, shilluklar, Sudanning Janubiy Efiopiya bilan
chegarasida nil-sahro til oilasining shari-nil
guruhiga kiruvchi etnos-
lar yashaydilar.
Hozirgi kunda o ‘rganilayotgan hududda murakkab til vaziyati vu
judga keigan. Mustamlakachilik tizimi tugatilgach, yangi mustaqil
davlatlarda, adabiy arab tili davlat tili deb e’lon qilinib, so‘nggi yillar-
da yevropa tillari: fransuz, ingliz, italyan tillarini tobora surib chiqar-
moqda. Ayni paytda ayrim barbar tillarining tan olinishi uchun kurash
ketmoqda. Xususan, ayrim qabilalar bu borada o‘z
yozuvlarini, o ‘z
tillaridagi adabiyotni yaratib ancha muvaffaqiyatga erishdilar. Efiopi
yada davlat tili amxara boTib, bu esa boshqa xalqlar, xususan, oromo-
lar vakillari tomonidan noroziliklami keltirib cbiqarmoqda. Somali
sobiq Italiya va Britaniya mustamlakalari asosida vujudga kelib, unda
davlat tili somalidir.
Dostları ilə paylaş: