Antropologik va etnolingvistik tavsif.
Q it’aning bu qismi unda
yashaydigan xalqlaming rang-barangligi, xo‘jalik faoliyatlari xilma-
xilligi, diniy tasavvurlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Hudud
ikki irq - yevropeoidlaming 0 ‘rtayer dengizi tipi (Mali va Niger
tuareglari) hamda janubdagi negroid irqi vakillarining to‘qnashgan
59
rayonlaridan boshlanadi. Lekin Sahrodan janubdagi aholining ham-
m a qismi negroid irqiga mansubdir. Olimlar negroid irqini N iger va
Kongo daryolari havzasida shakllanib, V -X IX asrlardagi migratsi-
yalar orqali qit’aning keng hududlariga tarqalgan deb hisoblashadi.
Negroidlar qora rangli badani (janubda och qo ‘ng‘irgacha), qora jin-
galak sochlari, keng bumi, qalin labi bilan xususiyatlanadi. Ruanda
va Burundida ikki metrgacha baland bo‘yli aholi yashasa, Gvineya
sohilida insonlaming bo‘yi 170 sm dan oshmaydi.
Baland bo‘yli negroidlardan farqi pigmeylar va bushmenlar (sanlar)
past bo‘yli kishilardir. Xususan, pigmeylaming erkaklari o'rtacha b o ‘yi
150 sm, badanlari qoramtir, lablari ingichka, infantilizm (kallasi katta,
qoi-oyoqlari tanasiga nisbatan kichkina) bilan xususiyatlanadilar.
Saanlar badanlari «quriyotgan barg» rangida, kuchli elitatusli
(ko‘zning ustki qovog‘i mavjudligi), steatotipigiya (dumbasida yog‘
to ‘planishi) bilan ajralib turadi. Olimlar pigmeylar va sanlami uzoq
payt mustaqil irq deb hisoblaganlar. I,ekin zamonaviy antropolog-
lar ulardagi xos tashqi xususiyatlar suvsiz choi-sahro va ekvatorial
o ‘rmonlarning doimiy qorong‘iligiga adaptatsiya (moslashuv) deb
ta’kidlamoqdalar. Mongoloidlik belgilari Madagaskar malgashlariga
ham xosdir. Malgashlar bir necha ming yil avval Janubiy-Sharqiy
Osiyodan qayiqlarda to ‘lqinsimon migratsiya orqali M adagaskar oro-
liga kelib qolganlar. Endilikda ularning badanlari, sochlari qora, jin-
galak, ayni payda yuzlari yumaloq, burunlari kichik, lablari ingichka,
iyaklari k o ‘tarilgan turlari mavjud. Qora Afrikaning etnik va til xari-
tasi ham murakkab va rang-barang. Bu holat uzoq davrlar davomida
k o ‘chishlar, tabiat va tarixiy sharoitlarning ta ’siridir. Qadim zamon-
lar Sahroyi Kabir sersuv voha b o ‘lib, unda aholi zich yashagan.
Sahroning kengayishi, arablar istilosi, ko‘p asrlik qul savdosi aynan
q it’aning Tropik va Janubiy qismlariga aloqadordir.
Migratsiya asosida etnik jarayonlar Qora Afrikada X IX -X X asr
larda ham davom etdi. Ushbu jarayonlar bugungi kunda ham turli-
cha k o ia m d a goh ebola epidemiyasi, goh OITS, goh etnik mojaro-
lar, o ‘zaro urushlar shaklida davom etib kelmoqda. Hozirda Afrika
60
aholisi etnik jihatdan urug'-qabilachilik tuzumidan tortib, xalq millat
darajasigacha bo‘lgan etnoslardan tashkil topgan. Taniqli amerikalik
antropolog J. Merdokning yozishicha, qit’ada bugungi kunda 7 ming-
ta etnos yashaydi. Afrika etnik xaritasida 500 ta atrofida xalq borligi
ta’kidlanadi.
Aholining ko‘pchiligi to ‘rtta til oilasi: afroosiyo, niger-kordofan,
nil-sahro va koysan tillarida so'zlashadi. Madagaskar malgashlari
avstroneziya til oilasining malayya-polineziya guruhida gaplashadi.
Afrikanerlar (burlar) hind-yevropa til oilasiga kirsalar, Hindistondan
shartnoma bo‘yicha ishlashga ko ‘chirib kelingan aholi guruhi hind-
oriy tillariga mansubdir.
Hozirgi Afrika mamlakatlari chegaralari mustamlakachilik davridan
meros bo‘lganidan ko'plab xalqlar turli davlatlar tarkibida bo‘lib qol
gan. Xususan, eve - Togo va Ganada yashasa, xausa - Niger, Nigeriya
va boshqa mamlakatlarda, tuareglar - Mali, Mavritaniya va Jazoirda,
bakongolar ikki Kongoda, Angolada, senufo Kot-d'Ivuarda yashaydilar.
Ayrim tillar uni yaratgan xalqlardan ancha yiroqdagi etnoslar
uchun ham m uloqot tiliga aylanadi. Jumladan, g ‘arbiy afrikalik xausa-
lar tili, Markaziy Afrikadagi lingala tili, Sharqiy Afrikadagi suaxili
tillari etnoslararo muloqot tillaridir. 0 ‘tmish m a’lumot va xabarlami
yetkazish uchun katta tabe (baraban)lardan foydalanganlar.
Qora Afrikaning ko‘pchilik aholisi qishloqlarda yashaydi. Shi
m oliy Afrika bilan qiyoslasa shahar aholisi k o 'p emas. 0 ‘tmishdagi
shaharlardan faqat Mogadisho, Uagadugu, Mombasa, Malindilargina
yangi shaharlarga asos bo ‘ldi. Yangi yirik shaharlar asosan XIX asr
oxiri - XX asr boshlarida yuzaga kelgan (Abidjan, Dakar). Bu xildagi
shaharlardan eng qadimgisi Angola poytaxti Luanda XV asrda bun
yod etila boshlangan. K o'p millionli aholiga ega shaharlarga Nigeriya
poytaxti Lagos, Kongo Demokratik Respublikasi markazi Kinshasa-
lar kiradi.
Hind okeanidagi orol-davlatlar aholisi (Mavrikiy, Seyshel, Ko-
mor) murakkab etnik tarixga ega. Ularni «irq va sivilizatsiyalar chor-
rahasi» deb bejis aytishmaydi. Qachonlardir bu orollar aholisiz bo‘lib,
61
ularda hind hamda arab dengizchilari suv, yoqilg‘i hamda oziq zaxi-
ralarini to‘latish uchun vaqtincha to‘xtab o‘tishgan. XVI asr boshlari-
dan ilk yevropaliklar - aw al portugallar, so‘ng gollandlar, fransuzlar,
inglizlar kela boshlaydi. Ular dastlab shakarqamish, keyinchalik kofe,
indigo, nilufar plantatsiyalariga asos soladilar. Qora daraxt va boshqa
daraxtlarning qimmatli navlari kesila boshlanadi. Ishchi kuchiga ehti-
yoj qora tanli qullaming keltirilishini boshlab beradi. XIX asming
boshlarida qul savdosi taqiqlangach Hindiston va Xitoydan shartnoma
bolyicha ishchilar keltirila boshlanadi. Bugimgi kunga ushbu orollar-
da barcha irq vakillari va kreollar (irqiy aralash nikohdan tug‘ilganlar)
yashamoqda. Aholining uchdan biri Hindiston yarimorolidan kelgan.
Ko‘p sonli bo‘lmagan afrikalik qullar va ко‘chib kelganlar avlodlari
o‘z tillarini unutganlar. Madaniyatning yangi turi shakllangan. Kasb
mashg‘ulotlari etnik kelib chiqishiga mos: xitoyliklar savdo va tadbir-
korlik; hindlar dehqon va qishloq xo‘jalik ishlari; kreollar hunarmand
va ishchi b o iib kelmoqdalar. Ishchi savdoda musulmon-hindlar band
boisalar, fransuz-mavrikiylar qand sanoatini egallashgan. Hind va
Xitoy tillari saqlangan. Lekin hozirda kreol tili keng tarqalmoqda.
Dostları ilə paylaş: |