Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Qora Afrika xalqlari xo‘jaligi va madaniyati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

5.2. Qora Afrika xalqlari xo‘jaligi va madaniyati
Qora Afrika xo‘jalik madaniy tillari ikki yirik guruh bilan xususi- 
yatlanadi. 0 ‘zlashtirish xo‘jaligi san (Janubiy Afrika bushmenlarida) 
va ekvatorial o‘rmonlar pigmeylarida saqlangan. Ularda cho‘1 va 
quruq savannalar, shuningdek ekvatorial o‘rmonlar daydi ovchiligi 
xo‘jaligi mavjud. Ishlab chiqarish xo‘jaligi turlari xilma-xil va aynan 
ular Afrika xo‘jaligining barcha jihatlarini namoyon etadi. Hududi ta- 
biatiga qarab chorvachilik yoki konchilik yuqori o‘rin tutgan xo‘jalik 
turlari shakllangan. XIX-XX asr chegaralaridayoq «Yangi davr zona- 
lari» yuksak rivojlangan tovar dehqonchiligi va chorvachiligi tropik 
plantatsiyalari bunyod etila boshlagan. Dastlab bu xo‘jalik tiplari 
yevropaliklar sektorida vujudga kelgan boisa, bugungi kunda afri- 
kaliklar sektorida ham mavjud. Dehqonchilikda xo'jalik yuritish va
62


yetishtiradigan ekiniga qarab quruq savanna zonalaridan xo‘jaligi 
hamda ekvatorial zonaning yerildizli ekinlari yetishtiradigan turlari 
keng tarqalgan. Birinchi tipning yorqin vakillari G ’arbiy Afrikada 
(Nigeriya, Niger, Kamerun va Chadda) yashovchi xausalar qadim­
dan dehqonchilik bilan shug‘ullanib keladi. So‘nggi yillarda xausalar 
ko'plab olis-yaqin mamlakatlarga o‘tib savdo-sotiq, askariik, advo- 
katlik, shifokorlik, rassomlik kabi kasblarda ishlamoqdalar. Ularning 
asosiy ekinlari - don.
Afrikada qizil tuproqli yerlar ko‘p bo iib , ularning hosil qatlami 
(gumus) yupqa. Shuning uchun yemi motiga - so‘qa bilan yumshatib, 
hosilni o‘roqlar bilan yigVib olishgan.
Dehqonchilikning an’anaviy usuli daraxtlami kesib, shox- 
shabbalarini yondirib, yerdan bir necha yil foydalangach yaylovga 
aylantirilib mol boqilgan. Yeming unumdorligini uzoqroq asrash 
uchun texnik ekinlarni, dukkakli sabzavotlar bilan almashlab ekishni 
qoilashgan.
Yangi yerlami ochishdagi og‘ir mehnatai erkaklar bajargan. Qol- 
gan barcha ishlar ayollar zimmasida boigan. Xotin-qizlar yow oyi 
meva va o‘simliklar barglarini terish. ulardan salqin ichimliklar, dori- 
darmonlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanganlar.
Ekvator tasmasida dehqonchilikning asosini yer ildizlilar va yams, 
kassava (maniokning bir turi)lar tashkil etadi. Xo‘jalikda yog‘ palma- 
si alohida o‘rin tutadi. Erkaklar daraxtlami kesib, kundalarini qazib 
olish kabi yumushlami bajaradilar. Bu zonada ham savannadagidek 
asosiy turmush ogirligi ayollar yelkasida qolgan. Qizlar 7-8 yoshi- 
dan onasi va katta opalariga dala ishlarida yordam berishadi. Ekvato­
rial zonada odatda ikki hosil olinadi.
Quruq savanna zonasi aholisining kundalik taomlari asosini donli 
mahsulotlar tashkil etadi. Sulidan bo‘tqa - fura va undan ham quyuq 
sargo yoki gurachdan tuvo tayyorlanadi. Bo‘tqaga achchiq ziravor- 
lar hamda qaylalar qo‘shiladi: sarimsoq, achchiq qalampir (pili-pi- 
li), pomidor va ziravorlar, ular qatorida makka, bug‘doy, suli unidan 
non ham qilishadi. Ekvatorial tasma aholisida donlilar o‘mida yams,
63


maniska ishlatiladi. Ularning ayrim navlarini suvga bo‘ktirib, zahar- 
li moddalardan tozalanib yanchib, so‘ng pisbiradilar. Manakoada -
topioka deb nomlangan non, bo‘tqa qiladigan un olishadi. Go‘shtli 
taomlarga tovuq, baliq, ovda qo‘lga olingan yovvoyi parrandalar ki­
radi. Oqsil yetishmasa: chigirtka, chumoli va boshqa hasharotlami 
iste’mol qilishadi.
Madagaskar malgashlarining asosiy mashg‘uloti sug‘orma deh­
qonchilik, bosh ekini sholi yaqin-yaqingacha daraxtlar kesilib, shox- 
shabbalari yondirilib ekin maydonlari tayyorlanar edi. Sholini o‘roq 
bilan o‘rib, mollar tuyoqlari yordamida poyadan ajratganlar. Guruch 
asosiy taom, uni go‘sht, baliqdan achchiq qaylalar bilan yeyishadi.
Qora Afrikaning chorvador aholisi yirik shoxli mol, qo‘y va echki 
boqadi. Ilgari ulaming barchasi nomadlar - ko‘chmanchilar bo‘lgan. 
Ular G ‘arbiy Afrikada - fulbe, Janubda - tsvana, zulu, koy-koin (got- 
tentotlar), Sharqda - masai va hokazolardan iborat. Ko‘chishlar yay- 
lovlaming mavsumiy davri, setse pashshasining bo‘lishi va boshqa 
omillarga bog‘liq bo‘lgan. Ko‘chishlar yo‘nalishlari asrlar davomida 
shakllangan, shuning uchun bugungi chegaralar buzilishiga mahkum. 
Xususan, fulbelar Nigeriya, Niger, Burkina-Fasoda ko‘chib, o ‘z mol- 
larini boqadilar. So‘nggi yillarda ko‘chmanchilik an’analari tobora 
yo‘qolib bormoqda. Nomadizmni faqat ayrim saqlab qolganlari chor- 
vachilikni dehqonchilik bilan qo‘shib olib bormoqdalar.
Ko‘pchilik afrikaliklar ko‘chmanchi chorvachilikdan haydab bo- 
qishga o‘tishgan. Yog‘ingarchilik mavsumi tugab, hosil yig‘ilgandan 
so‘ng mollami janubga haydab va unda yilning quruq fasllarini 
o ‘tkazishadi. Yaylovda yengil chaylalar quriladi. Doimiy yashash 
joylarida qariyalar, ayollar va bolalar qolishadi. Yog‘ingarchilik mav­
sumi boshlanishiga erkak cho‘ponlar qaytib, yana dala ishlariga un- 
nay dilar. Podaga bu paytda o ‘smirlar qaraydilar. Yil fasllari shu tariqa 
takrorlanib boradi.
Chorva juda katta ijtimoiy boylik, shuning uchun chorvadorlar uni 
asrashga intiladilar. Asosiy taomlarini sut va undan olinadigan mah- 
sulotlar, dehqonchilik oziqlari tashkil qiladi. 0 ‘tmishda chorvadorlar
64


don va boshqa qishloq xo‘jalik 
sabzavotlarini dehqonlar bilan 
ayirboshlaganlar. Bugungi kunda 
bu narsalami o'zlari yetishtirmoq- 
dalar.
Dehqonlar va chorvadorlar 
ichida ko‘plab mohir hunarmand- 
lar mavjud. Ular to'qimachilik, 
temirchilik, yog‘och o‘ymakor- 
ligi, savatlar to‘qish bilan shug‘ullanadilar. G‘arbiy Afrikaning eng 
mohir to‘quvchilari xausalar hisoblanadi. Ilgari ular o‘z matolarini 
faqat atrof hududlarga emas, butun Shimoliy Afrikaga sotganlar. 
To‘qimachilik - erkaklar hunarmandchiligi, kasbi hisoblangan. Iplar- 
ni bo'у ash uchun o‘simliklardan olinadigan tabiiy bo‘yoqlar: indigo, 
limon sharbati, qamishning ayrim turlari poyasi va h.k.lar ishlatilgan. 
G‘arbiy Afrikada gorizontal (yotiq) dastgoh ishlatilgan. Markaziy 
Afrikada vertikal dastgoh qoilanilgan. Ekvator zonasida rafiya pal- 
masi bargi po‘stlog‘idan olinadigan iplardan foydalanilgan. Palma 
yog‘ochlaridan uy-joy qurilishida (bakuba, bokangolarda), mayda 
shoxlaridan savatlar, bo‘yralar to‘qishda foydalanilgan.
Chorvadorlar mohir terimchilardir. Ular ko'ndan (oshlangan 
teridan) katta sumkalar, kitoblar uchun muqovalar (islom tarqalgan 
hududlarda), kalishlar, egarlar, etiklar qilingan. Xausalik ko‘nchilar 
yupqa safyan tayyorlashgan. Ho‘kiz terisidan yupqa, lekin mustah- 
kam asal va yog‘ saqlaydigan idishlar - tandu, g‘iloflar yasaganlar.
Afrikaliklar turar joylari xilma-xil b o iib , ulaming turlari aholi­
ning xo‘jalik madaniy tiplari, etnik an’analari, qurilish ashyolarining 
mavjudligi bilan xususiyatlanadi. Ko‘chmanchilar yengil teri yoki 
bo‘yralar bilan yopiladigan chaylalar qurgan. Yarimcho‘1 aholisi, deh- 
qon va yarimo’troq chorvadorlar qurilishda loy, tosh, butalar shox- 
lari, savanna zonasida yog‘och!ardan foydalanib tomini suli poyasi, 
g‘o‘zapoya va boshqa o‘simliklar bilan yopadilar. O ’rmon hudud­
larida asosiy qurilish ashyolari palma yog'ochi, bambuk, banan, fi-
65


kus barglaridir. Uylar qurilishida devor suvash, torn yopish kabi og‘ir 
ishlami erkaklar bajaradi, bezash ayollar yumushi sanaladi. Oila bir 
necha kulbalar majmuasida joylashadi. G‘arbiy, Markaziy, Janubiy 
Afrikada ko‘pchilik aholining uylari doira shaklida bo‘lsa, Gvineya 
sohili, Kongo daryosi vohasida to‘g‘ri burchaklidir. Ayrim xalqlar -
ashanti va xausa - Ganada, vagogo - Sharqiy Afrikada bir-biri bilan 
birlashib ketgan xonalar majmuyini qurishadi. Barcha kulbalar eshigi 
hovli tomon chiqariladi. Kirish maxsus joyda qoldiriladi. Janub chor- 
vadorlari doira shaklida - kraal qurib, uning markazida molxonasini 
joylashtiradilar. Oila, odatda, bir necha kulbani egallab, ayollar yosh 
bolalari bilan alohida, o‘smirlar jinsiga qarab alohida, xo‘jalik ehti- 
yojlari uchun yana bir boshqa xonalar bo‘ladi. Xonalar asosan uxlash 
uchun zarur bo‘lib, hayot ochiq Jaovlida, o‘choq atrofida o‘tadi.
Afrikada bugungi kunda ham ovchi-terimchilik aholisi - pigmey­
lar va sanlar (bushmenlar) saqlanib qolmoqda. Pigmeylar Markaziy 
Afrikaning ekvatorial o‘rmonlarida yashaydilar. Ular quvib ov qilish 
san’atiga egalar. Hayvonni ovlashda turli qopqonlardan ham foy- 
dalanishadi. Ov erkaklar yumushi, ayollar oziqning 70% ini beradi- 
gan termachilik bilan shug‘ullanadilar. Ular turli meva, ildiz, qurt- 
qumursqalar, may da hayvonlami, yow oyi asal, dorivor o‘simliklarni 
terib, ayrimlarini dehqonchilik aholisi bilan don, mato, idishlarga 
ayirboshlaydilar.
Pigmeylar yarimko‘chmanchi hayot kechiradilar. Odatda, ov im- 
koniyatlariga qarab 6-7 ta qarindosh oila birgalikda harakatlanadi.
Pigmeylar faqat jamoa mulki mavjud manzilgohdan topilgan mah- 
sulotlami birgalikda baham ko‘radi. Ular tabiatga nisbatan juda ehti- 
yotkor munosabatda bo‘lib, faqat zarur narsalami olib, unga zarar yet- 
kazmaslikka intiladilar. Bugungi kunda pigmeylar hayoti binnuncha 
mushkul kechmoqda. Sababi, ularning aksariyati milliy bogiar doirasi- 
da yashab, ularda hayvonlami ovlash cheklangan. Nisbatan cheklangan 
hayot kechirayotgan pigmeylar Ituri daryosi bo ‘ у lab (Kongo Demokra- 
tik Respublikasi) joylashganlar. Kamerun va Kongo hukumati pigmey- 
laming zamonaviy hayotga o‘tishlariga harakat qilishmoqda.
66


San (bushmen)lar Janubiy Afri- 
kaning yarimcho‘l va cho‘l hudud- 
Iftrida yashashga moslashganlar. Ular 
chidamli ovchilardir. Kamon, nayza 
J>ilan ov qiladilar. Ulaming toshdan 
Jcamon o‘qlarini shisha va temir o‘qqa 
ftlmashtirganlariga ko‘p bo‘lganlari 
yo‘q. Ayollar urug‘, meva, yegulik il- 
dizlar, yovvoyi qovimlami terishadi.
Saanlarda turar joylar boimagan.
Ular butazorlarda yashab shamoldan 
panalar yasaganlar, xolos. Kalaxari 
cho‘llarida ular 50-150 kishidan iborat gumh bo‘lib yashaydilar. 
Qurg;oqchilik, ocharchilik paytlarida 10-12 kishidan iborat oilalar- 
ga bo‘linib, jon saqlashga urinadilar. Saanlar suvsiz cho‘l sharoitida 
suv topa olishlari bilan ajralib turadilar. Bugungi kunda sanlaming 
ko‘pchiligi Namibiya, JARning fermalari, konlarida ishlamoqdalar. 
Botsvana va Namibiyaning shimolida hali an’anaviy hayot tarzida 
yashovchi saanlar mavjud.
Qora Afrikaning ayrim xalqlari: makinke, songai, yoruba, ashanti 
G‘arbiy Afrikada; bakongo. bokuba Markaziy Afrikada; suaxili va 
shona - Sharqiy Afrikada o‘tmishda siyosiy birlashmalar, ilk davlatlar 
yoki qabilalar ittifoqlari tuzganlar. Boshqa etnik guruhlar, aksincha, 
urug‘chilik darajasida yashaganlar. Deyarli barcha xalqlarda yirik oil­
alar - klanlar bo‘lib, jamoa mulki saqlangan. Afrika jamoalari faqat 
tiriklami emas, marhum a’zolarini ham «tiriklar» qatorida hisoblaydi. 
Hozirgi kunda yirik oila munosabatlari aksari jamoa doirasida saqlan- 
moqda. Qon-qarindoshlik, o‘zaro yordam, yaqinlik aloqalari Afrika 
aholisining asosiy qadriyatlari hisoblanadi.
Qarindoshlik asosan ota tomonidan belgilanadi. Lekin Gvineya 
sohilida va qit’a markazida qarindoshlikni ona urug‘i tomonidan 
olib borishni saqlab qolganlar. Bu jamoalarda tog‘a - onaning aka 
yoki ukalari oila boshlig‘i sanaladi. 0 ‘g ‘il va qiz bolalar o ‘n yoshi-
67


dan tog‘asinikida tarbiyalanib, bu oilada esa erning jiyanlari boqiladi. 
Bugungi kunda ona urug‘i munosabatlari tobora yo‘qolib bormoqda.
To‘y - qarindoshlar kelishuvi natijasidir. Ota yoki tog‘a kuyov 
hisobidan kelin tomonga qalin toiaydi. Chorvador aholi mol bilan. 
dehqonlar va shaharliklar ko‘pincha pul bilan to ‘laydilar. Ko‘p mam­
lakatlarda poligamiya mavjud b o iib , erkaklar bir necha xotin olish 
huquqiga ega. Ayollarning har biri, odatda, alohida uy va xo‘jalikka 
ega. Qarindoshlar orasida nikoh tuzmaslik uchun qat’iy taqiqlar 
qo‘yilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin