Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Qora Afrikada diniy vaziyat



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

5.3. Qora Afrikada diniy vaziyat
Afrikaliklarning an’anaviy dinlari. 
Qora Afrika aholisi dinlari 
xilma-xil. Bu hududda urug‘-qabilachilik e ’tiqodlari bilan birgalikda, 
xristianlikning turli mazhablari va islom diniga mansub aholi guruhla- 
rini uchratish mumkin. Ushbu dinlar asrlar davomida o‘zaro tinch-to- 
tuv faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ko‘plab afrikaliklar an’anaviy dinlarini 
saqlab qolmoqdalar. Jumladan Burkina-Fasoda 65% aholi an’anaviy 
dinlarini saqlab kelmoqda. Afrikaliklar e’tiqodlarida tabiat kuchlari, 
Quyosh, Oy, yulduzlar, yer, o‘rmonlar, daryolar va h.k. muhim o‘rin 
tutadi. Yevropalik tadqiqotchilardan biri raqsga tushayotgan pigmey- 
dan ajablanib, nega bir o‘zi o‘ynayotganini so‘raganida, u ham hay- 
ron qolib: «Men bir o‘zim raqsga tushayotganim yo‘q, men o‘rmon, 
o‘t bilan raqsga tushmoqdaman», - deb javob beradi.
Afrikaliklar arxaike’tiqodlari orasida animizm alohida o‘rin tutadi. 
Fetishizmda tog‘, daryo, o‘rmon, tabiat kuchlariga siginish muhim- 
dir. Totemizm xalq afrikaliklar hayotida yaxshi saqlangan. Ko‘plab 
chorvadorlar, xalqlar yangi tugilgan chaqaloqqa (o‘g‘il bola) buqa- 
cha sovg‘a qilishib, unda bolaning ruhi mujassamlangan sanaladi. 
Dehqonlar yangi tugilgan farzandlariga bananni bagishlaydilar. Bu 
daraxtning mevasini uzish taqiqlanadi. Hayvonlar bilan qarindoshlik 
ularning afsona va ertaklarida o‘z aksini topgan. Ularda odamlarning 
hayvonlar bilan nikohlari haqida ham hikoya qilinadi. Ko‘pgina Afri-
68


fee xalqlari hayvonlami - kiyik, ilon, antilopa va h.k.lami o‘z ajdodlari 
deb bilganlar. Sher, fil, arslonlar qabila boshliqlari va oliy hukmdorlar 
^jdodlari hisoblanadi. Afrikaliklar afsungarlikka isbonch saqlab, turli 
tumorlaming shifobaxsh xususiyatiga ishonganlar. Qora afsungar­
lik - bu yovuz maqsadlarda yuboriladigan narsalar bo'lsa, oq afsun­
garlik davolashga yo‘naltirilgan. Afrikaliklar e’tiqodiga ko'ra o iim
hayotning tugashi emas, boshqa shaklga o‘tishdir. Ularning fikricha, 
marhumlar m aiu m vaqt o‘tib yangi chaqaloqlarda o‘z davomini ola- 
dilar. Afrikaliklar uchun ajdodlar ruhiga siginish ham muhim. Har 
bir muhim tadbir ekin ishlarini boshlash, bayram, to‘ylami bosh- 
lashdan oldin ajdodlar ruhlariga bagishlab duo qiladilar. Ruhlardan 
qo‘rqishgan, ulardan yordam so‘rashgan, ba’zida jazolashgan. Af- 
rikaliklarda mhlar aksari but va sanamlar shaklida uyda saqlanadi. 
Hozirgi kunda ajdodlar xulqi nafaqat qabila dinlari, balki moder- 
nizatsiyalashgan shaklda xristianlik va islomda ham uchraydi. Mus- 
tamlakachilik davridagi Afrika davlatlarida oliy hukmdor xulqi butun 
mamlakat darajasida nishonlangan. Mavjud e’tiqodlarga ko'ra. uning 
ruhi turli buyumlarda - ashantilarda tana, o ‘rindiqlarda, Kongo De- 
mokratik Respublikasida haykalchalarda, Ruandada nog‘oralarda va 
h.k. mujassamlashgan. Ayrim xalqlarda politeizm - ko‘plab ilohlarga 
ega dinlar shakllangan. Ularda xudolar panteoni juda katta, jumladan 
yorubalarda 200 iloh nomi qayd etilgan. Asosiy ruhlar ichida Oloruh -
osmon ilohi, Obotalo - yer ilohi, Oloxun - suv ilohi, Odudua - dunyoni 
yaratgan iloh, Oloroza - uy-o‘choq homiysi, Oohun - urush hamda 
temir xudolari mavjud. Ayrim G'arbiy Afrika mbmlakatlaridagi ya- 
shirin diniy ittifoqlar bizga qadar yetib keigan, jumladan erkaklar- 
ning Loro va ayollaming bundi ittifoqlari bunga misoJ b o ia oladi. 
Barcha diniy marosimlar ochiq maydonlarda, dalalarda o‘tkaziladi. 
Zamonaviy Afrika davlatlarida an’anaviy e’tiqodlarga qimmatli 
madaniy meros sifatida qarashadi. Ulami asrab-avaylashga, unutil- 
ganlarini tiklashga intilmoqdalar. Xristianlik portugallar tomonidan 
Qora Afrikaga XV asr oxirida olib kelingan. Ulardan faqat Kongoda 
xristianlik uzoq muddatga saqlanib qoldi. XVII—XVII asrlar oxir-
69


lariga qadar xristianlik davlat dini bo‘lgan. Xristianlik XIX asrdan 
mustamlachilik bilan birga keng tarqala boshladi. Missionerlar turli 
darajadagi shaxslar bo‘lishgan, xususan, D. Livingston afrikaliklarga 
sidqidildan yordam berishga intilgan. Ular ko‘plab geografik kashfi- 
yotlar qilganlar, ilk kasalxona, maktablar tashkil etganlar. Qul savdo- 
siga qarshi kurashganlar. Lekin istamagan holda mustamlakachilikka 
yo‘l ochib berganlar. Afrikaliklar uchun xristianlik ma’lum darajada 
mustamlakachilik dini bo‘lgan. Shuning uchun Gvineya sohilida, 
Kongo daryosi havzasida, Janubiy Afrikada rasmiy cherkovdan alo­
hida afroxristianlik cherkovlari shakllangan. Oq tanli ruhoniylarning 
inkor etilishi, yangi cherkov asoschilari o‘zlarini payg‘ambar deb hi- 
soblashlari, hatto mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olon rahbarlariga 
aylanganlarini ko‘rish mumkin. Afrikaliklar orasida o‘z mavqelarini 
saqlab qolish uchun xristian cherkovlari, ayniqsa, katoliklar afrika- 
lashtirish siyosatini olib bormoqdalar. Endilikda qora tanli yepiskop- 
lar, katta kardinallar ham mavjud. Afrikaning xristian cherkovida 
ibodatlami ochiq osmon ostida o‘tkazishga ruxsat berilgan. Cherkov 
xizmatida mahalliy tillardan, an’anaviy musiqa asboblari, qo‘shiq, 
raqslardan foydalanish mumkin. Iso, Bibi Maryam va apostollar qora 
tanli bo‘lganligi haqidagi rivoyatlar tobora keng tarqalmoqda. Abid­
jan (Kot-d'Ivuar) ibodatxonasida ular aynan shu holda tasvirlangan- 
lar. Qora Afrikada musulmonlar ham kam emas. Ularni deyarli barcha 
mamlakatlarda uchratish mumkin. Lekin islomga e ’tiqod qiluvchilar 
G‘arbiy va Sharqiy Afrikada ko‘p yashaydi. Qora Afrikada islom 
dini xristianlikdan oldin paydo bo‘lib, anchadan buyon o‘z dinlariga 
aylangan. Mustamlakachilarga qarshi kurash aksari islomning yashil 
bayrog‘ini ostida bo‘lgan. Jumladan, Somali va Malida aynan shu tarz- 
dagi urushlar kechgan. Sahroyi Kabirdan janubda islom savdogarlar, 
ulamolar targ‘iboti tarzida yoyilgan. X asrdayoq G ‘arbiy Afrikaning 
savdo shaharlarida musulmon mavzelari bunyod etilgan. Yangi din 
dastlab yuqori tabaqa vakillari orasida, so‘ng oddiy kishilar orasida 
tarqaladi. G‘arbiy Afrika hukmdorlari Makkaga haj safarlari uyushtir-
70


ganlar. Tombuktu, Jennada musulmon kutubxonalari, madrasalari, 
ilohiyotchi ulamolar, fiqhshunoslar paydo boiadi. Gvineyalik olim 
Ampate Ba islom haqida «Islom - bu suv, u quyilgan idish shaklini
yerga quysangiz, tuproq rangini oladi» degan. Hozirgi kunda islom 
dunyoning boshqa hududlari singari o‘z safiga yangi musulmonlami 
qabul qilib kengayib bormoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin