mamlakatlardan Ganaga, Gvineyaga, Kot-d'Ivuarga kofe va какао
plantatsiyalariga, Ugandaga banan plantatsiyalariga davom etmoqda.
Mis tasmasi Kongo Demokratik Respublikasi, Zambiya, Zimbabve,
JAR tog‘-kon sanoati korxonalari ham muhojir ishchilami o‘ziga jalb
etib kelmoqdalar. XX asming so‘nggi choragida boshlangan ko‘p
yillik qurg‘oqchilik cho‘l va dasht aholisini uzoq-uzoq hududlarga
ko‘chishga majbur etdi. Xususan, tuareglami Gvineya sohili shahar-
larida uchratish mumkinligi aynan qurg‘oqchilik bilan izohlanadi.
Afrikada boshqa qit'alarga nisbatan shahar aholisining o‘sishi tez
bormoqda. Qishloqlardan shaharlarga ko‘chib o‘tgan aholi vakillari
dastlab o ‘zlarini begona his qilib, turli hamkorlik tashkilotlarini tuza-
dilar. Lekin urbanizatsiya, ulaming yaqinlashuvi asosiy etnos milliy
ongini o‘zlashtirishga majbur etadi. Qolaversa, shahar hayoti aralash
nikohlarga yo‘l ochib, assimilatsiya jarayonlarini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: