Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

0 ‘zga millatli jamoalar. 
Afrikadagi yevropalik aholi taqdiri 
o‘ ziga xos tarzda kechmoqda. Angola va Mozambikda portugallar XV 
asr oxirlaridan paydo boigan, gollandlar Janubiy Afrikaga 1652-yil- 
dan boshlab kela boshlaganlar. Hozirgi kunda JAR, Zimbabve, Keni- 
yaning yashash uchun qulay viloyatlariga inglizlar XVIII, ayniqsa,
XIX asrdan ко‘chib kelganlar. Fransuzlar aksari G‘arbiy Afrikada
nemislar Namibiyada (XIX asr oxirida Germaniya Janubiy-G‘arbiy 
Afrikasida) joylashganlar. Ko‘plab ko‘chib kelganlar metropoliyaga 
qaytganlar. Namibiyada nemislar jamoalari, Keniya va Zimbabveda 
inglizlar yashaydi. Ular tarixiy vatanlari bilan aloqani uzmay, maishiy 
hayotda o‘z odatlarini saqlab kelmoqdalar.
JARda ushbu guruhlar taraqqiyoti o‘zgacha kechgan. Uch yuz 
yillik hayotlari davomida gollandiyalik va fransiyalik gugenot mus- 
tamlakachilari avlodlari alohida etnosga aylandi. Ulami dastlab bur- 
lar (niderland tilidan - dehqonlar), o‘tgan asrdan esa afrikanerlar deb 
atay boshladilar. XIX asming boshlarida ushbu koloniya Angliyaga 
berilgandan so‘ng inglizlar kela boshlaydi. Ularning avlodlarini ang- 
loafrikaliklar deyishadi. Ushbu ikki guruh JARning oq tanli aholisini 
tashkil etadi. 1948-yil hokimiyatga afrikanerlar kelganida hukumat 
aparteid (irqlaming alohida yashashi) siyosatini boshlaydi. Unga 
ko‘ra oq tanlilar, ranglilar (metislar), osiyoliklar, qora tanlilar alohida 
mavzelarda yashab, «oq boimaganlar» uchun ijtimoiy va siyosiy ha- 
yotdagi faoliyat butunlay inkor etildi.
76


Ushbu noinsoniy siyosatga qarshi qurolli kurashni Afrika Milliy 
Kongressi (AMK) boshqarib, u qora tanli aholining tashkiloti sifa- 
tida faoliyat olib bordi. 1956-yili qabul qilingan «Erkinlik xartiyasi» 
Janubiy Afrika unda yashovchi barcha xalqlamikidir deb, e’lon qili- 
nadi. Kurash g"alaba va 1994-yil prezident saylovlarining demokratik 
tamoyillarda o'tkazilishiga imkon yaratdi. Saylovda 26 yil qamoqda 
bo‘lgan qora tanli aholi vakili Nelson Mandela g‘alaba qozondi. Le- 
kin Mandeladan keyingi saylovlarda hokimiyatga kelgan Zuma pay­
tida mamlakatda murakkab vaziyat vujudga keldi. Afrikalashtirish 
ko‘rinishidagi siyosat faqat JARda emas, 1980-yildan buy on Zimbab- 
vega prezidenti bo‘lgan R.Mugabe tomonidan ham olib borilmoqda. 
JARda millatchilik kayfiyatlari faqat oq tanli aholida emas, ayrim 
qora tanli xalqlarda (xususan, zuluslarda) ham kuchayib bormoqda. 
Ushbu vaziyat 2018-yil o‘z yechimini topdi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin