kelgan qullardan yozib olgan. Afrikaning barcha xalqlari qadimda.
o‘rta asrlarda va bugungi kunda ham ajoyib afsonalar va ertaklar
yaratganlar hamda yaratmoqdalar. Xususan, Nigeriya yorubalarining
ko‘p sonli xudolari va ruhlari haqidagi hikoyalari Qadimgi Yunonis-
ton afsonalaridan qolishmaydi.
Afrikada og‘zaki ijodning turli janrlari - mifologik ertaklar, hay-
vonlar
haqida ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy mavzudagi ertaklar
mavjud. Ertaklar faqat estetik zavq bag‘ishlamasdan, axborot yetka-
zish va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Ulardan odamlar qanday
qilib temimi erita boshlaganlari, dalada qanday ishlaganlari,
uylar
qurib ovga chiqqanliklari haqida bilib olamiz. Ertaklar insonlarni
yaxshilikka, ezgulikka yetaklagan, qo‘rqoqlikdan nafratlanishga,
do‘stlikni qadrlashga o‘rgatgan. Afrika ertaklarini o‘rganish nafaqat
folklorchiga, balki etnologga ham boy ma’lumotlar beradi. Ayrim
xalqlar - Sharqiy Afrikadagi suaxili, G‘arbiy
Afrikadagi xausa va
fulbelaming yozma adabiyotlari ham uzoq tarixga ega. Ular madhi-
yalar, diniy asarlar, she’rlar, dostonlar, tarixiy yilnomalar, hukmdor-
lar hayotiga oid ma’lumotlardan iborat. Boshqa yozuvsiz xalqlarda
yozuvlar
nisbatan yaqinda shakllangan, zamonaviy yozuvchilar ijo-
dini xalq og‘zaki ijodi boyitadi. Xususan, Amos Tutuola (Nigeriya)
ning «Marhumlar shahriga sayohat», uning yurtdoshi Vole Shoyink-
aning « 0 ‘rmon raqsi» va «Yo‘l», Kot-d’ Ivuardan Bemar Dadening
«Afrika afsonalari» va boshqa asarlarda folklor syujetlari ustunlik
qiladi. Boshqa yozuvchilar zamonaviy afrikaliklarning ehtiyojlari va
muammolari haqida realistik asarlar yaratmoqdalar. Nigeriyalik Chi-
nua Achebe va Siprian Ekvenzilar,
senegallik Usman Semben, Leo
pold Sedar Sengor, keniyalik Ngugi Va Txiongo, bur yozuvchisi
O. Shnayderlar asarlari qit’adan chetda ham tanilgan. Qora Afrika
yozuvchilari sobiq metropoliyalar: ingliz, fransuz, portugal tillarida
yozadilar. Ayni paytda mahalliy tillarda, jumladan, xausa va suaxilida
ham asarlar nashr qilina boshlandi.
Og‘zaki va yozma ijodiyot, shuningdek marosimiy go‘zal udum-
lar asosida o‘z dramaturgiyalari va teatrlari, keyinchalik kino san’ati
72
vujudga keldi. Folklor an’analari va syujetlari turli «milliy baletlarga»
asos boidi. Afrika xalqlari hayotida bir-biri bilan bevosita bog‘liq
musiqa, qo‘shiqlar va raqslar katta o‘rin tutadi. Ular mehnat jarayoni,
bayramlar, to‘y va marosimlarining o‘tishida katta ahamiyatga ega.
Qora Afrika musiqasi Shimoliy Afrikanikidan boy va rang-barangdir.
Musiqa asboblari ko‘p boisa-da, katta-kichik nog'oralar ritmlari be-
qiyos tovushlarga ega.
Afrika musiqasi dunyo musiqa madaniyatigaulkanhissa qo‘shgan.
Uning
asosida jaz, spirichuels, samba ritmlari shakllangan. Ushbu
fikmi lambada va makarena xususida ham aytish mumkin. Afrika
hududida ham zamonaviy uslublar - kongo, makossalar vujudga kei
gan. Reggi musiqasi ham Afrikada paydo boigan.
Tropik Afrikada uzoq o‘tmishdan yog‘och o‘ymakorligi san’ati
(Kamerun, Kongo) shakllangan. Toshtarashlik (Zimbabveda), jezdan
badiiy quymakorlik (Benin va Nigeriyada) san’atlari yuksak rivojlan
gan. Ular zamonaviy haykaltaroshlar - ganalik Kofi Antubam, nige-
riyalik Ben Envennular ijodiga ilhom bergan. Afrika yog‘och haykal-
taroshligi yevropalik rassomlar, san’at ishtiyoqmandlariga katta ta’sir
etib, yangi tasviriy san’at yo‘nalishi - kubizmning yaratilishiga turtki
beradi.
Rassomchilik, aksincha, Afrika mamlakatlari uchun butunlay
yangi san’at sohasidir.
Shunga qaramasdan, Kongo poytaxti Brazza-
vildagi Poto-poto rassomchilik maktabi, Sharqiy Afrikadagi makonde
haykaltaroshlarini dunyo tan olgan. Tropik Afrika me’morchilik
san’ati namunalari kam saqlangan. Bunga sabab, bir tomondan,
qit’aning fojiali tarixi boisa, ikkinchi tomondan, Afrikaning o‘ziga
xos iqlimidir. Yog‘ochdan memorchilik inshootlari uzoq saqlan-
maydi. Mali, Senegalda loydan qurilgan masjid va uylar saqlangan.
Zamonaviy Afrika me’morchiligi, an’analarini - o‘ymakor eshiklar-
ni, metalldan o‘ymakor naqshli bezaklarni ishlatib yangi banklar, sa-
roylar, mehmonxonalar qurmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: