kiyishadi. Oyoqlariga teridan qilingan poyabzal kiyiladi.
Endilikda
ko ‘pchilik yevropacha ko‘ylak kiymoqda.
Ayollar oyoqlarini oq mato bilan o ‘raydilar va gandura kiyadilar.
Xotin-qizlar zeb-ziynatlarni xush k o ‘radilar, kumushdan uzuklar, bi-
laguzuklar, munchoqlar taqishadi.
Tuareglar hayotida ilgari tashqi savdo muhim o ‘rin tutgan. Vo-
halardan Shimolga xurmo, u yerdan - qand, choy, sanoat m ahsulot
lari tashilgan, transsahro yo'li bo‘ylab Marokashdan Senegalga, Mali
va Nigerdan xurmo, jun, qurol-yarog‘, u yerdan tuz, oltin, qora tanli
qullarni olib qaytganlar. Karvon savdosi inqirozga uchrashi tuareglar
hayotiga salbiy ta ’sir etadi. Endilikda k o ‘plab yoshlar Jazoir janubi-
dagi neft konlarida ishlamoqdalar.
Tuareglar
uy hunarmandchiligida gilamlar, jun matolar ishlati-
shadi, xurjun, chaylalaming ustiga qalin matolarni yopishadi. Tu-
areglaming pichoq va qilichlari, yog‘ochdan yasalgan chiroyli egar-
lari kumush va mis simlar bilan bezalib, uzoq-uzoqlarda mashhur.
M ahalliy ustalari yupqa, sifatli terilari bilan nom chiqargan.
Jazoir tuareglari qabilalar konfederatsiyasini tuzib, uning sardori
amenokom
deb nomlangan.
Jangchilar ichida alohida
imhar
deb atal-
gan toifa shakllangan. Hunarmandlar (inad), yerga ishlov beradigan
(haratinlar) qora tanli qullar va uy xizmatchilari (iklan) hech qanday
huquqqa ega boTishmagan. Qulchilik bekor qilingandan keyin ushbu
aholi vakillari neft sanoati korxonalarida ishlay boshlagan. Avvalgi har-
biylar toifasi endilikda yuk mashinalari haydovchisiga aylanganlar.
Amhara bilan aralash yashayotgan tuareglar XVI asrdan ко‘chib
kelib o ‘zlariga m a’qul ekologik imkoniyat - chorvachilik bilan
shug‘ullanishni boshladilar. Hozirda qo‘shni amharalardan dehqon-
chilikni o‘zlashtirib, qoramolchilik bilan ham m ashg‘ul boTmoqdalar.
Oromola urug‘-qabila
tizimi saqlangan, ayrim aholi guruhlari
ko ‘chmanchi chorvachilik bilan yashab kelmoqda. Ularning moddiy
madaniyati ko‘chmanchi hayot va xo‘jalik bilan bogTiq, an’anaviy
diniy tasavvurlar saqlangan, mahalliy taqvim yaratilgan, yosh gu
ruhlari, toifalar saqlangan. Erkaklarning an’anaviy kiyimi ikki b o ia k
54
matodan tashkil topib, birini yubka singari tana atrofiga o‘rashgan,
ikkinchisi k o 'k ra k va yelkani yopishga m o ‘ljallangan.
Ayollar
kiyimi - y o ‘l-yo‘l yorqin ranglardagi mato bilan tanalarini o‘raydilar.
Erkaklar ham, ayollar ham ishlov berilgan teridan yopinchiqqa ega
bo‘lib, u chig‘anoqlar bilan bezatilgan.
Somali xalqining k o ‘pchiligi ham ko ‘chmanchi chorvachilik bi
lan shug'ullanadi. Shimol va Janubdagi cho‘l hududlarida tuya, qo‘y
va echki boqishadi. Iqlimi m urakkab bo'lm agan, o 't-o 'lan lar yetar-
li joylarda qoramol ham boqilgan. Bolalar m ayda shoxli mollami,
erkaklar tuyalar va qoramolni boqadilar. Tuyani erkaklar, sigirlarni
o ‘smirlar, qo‘y-echkilam i ayollar sog‘adi. K o‘chmanchilami mol,
kiyim, turar joy, poyabzal bilan ta ’minlaydi. K o‘chmanchilar oziqla-
rining asosini sut mahsulotlari tashkil etadi. Ahyon-ahyonda q o ‘y-
echki so‘yishadi. Yirik shoxli molni bayramlarda so‘yadilar. Don va
sabzavotlam i ko"chmanchilar dehqonchilik aholisi bilan ayirbosh-
lash orqali oladilar.
Somaliliklar
faqat qishloqlarda emas, aksari shaharlarda ham
an’anaviy kiyimlami kiyadilar. Ayollar uzun keng yubka, tepasida chi
royli gulli mato bo‘laklarini o ‘rab o‘ng yelkalarida qistirib qo‘yadilar.
Erkaklar kiyimi tikilmagan, ikki b o ‘lak matodan birini beligacha, ik-
kinchisini yelkaga tashlab yuradilar. Oyoqlarida teridan yengil poy
abzal, boshlarida qalpoqcha, u b a ’zida salla bilan to ‘latilgan.
Nikoh yoshi qizlar uchun 15-17, yigitlar uchun 20 qilib belgi-
langan. Islom aqidalari an’anaviy dinlar bilan mujassamlashgan. Boy
xalq og‘zaki ijodi bosh qahramoni mol, sevgi she’riyatida qizlaming
go‘zalligini tuyalarga qiyoslashgan.
Dostları ilə paylaş: