Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Shimoliy-Sharqiy Afrika etnologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Shimoliy-Sharqiy Afrika etnologiyasi. 
Aholisining ham ko ‘p- 
chiligi dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Amxaralar (Efiopiya) 
bug‘doy, dukkakli ekinlar, arpa ekadilar. Efiopiyaning Kaffe vilo- 
yatida tog‘da kofe daraxti o ‘sadi, bu joy kofening vatani b o iib , ushbu 
eng yirik kofe plantatsiyasidan mahsulot eksportga j o ‘natiladi. Texnik 
ekinlardan paxta yetishtirish, so‘nggi yillarda choy yetishtirish tobora
50


kengayib bormoqda. Efiopiyada bananning boshqa hech joyda uchra- 
maydigan navi tanasi va ildizidan olingan mahsulotni quritib tuyib un­
dan non, b o iq a qilishadi. Suvsizlikka chidamli bu ekin qurg‘oqchilik 
yillarida aholini ocharchilikdan asraydi. Efiop dehqonlari sabzavot- 
lardan karam, piyoz, qovoq, bodring, mevalardan - ananas, banan, 
o ‘rik va boshqalami vetishtiradilar.
Somali va afarlar Efiopiyaning sharqida, Keniyaning shimolida 
yashab, ularning bir qismi mavjud soy hamda jilg ‘alar bo ‘ylarida da- 
raxtlami kesib shox-shabbalarini kunda kov qilib yondirib dehqon­
chilik, ko‘pchiligi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. 
Somali va afarlar makka, suli, shirin kartoshka, maniok, dukkakli 
ekinlar, papayya, banan, sezam va paxta ekib, yilda 2 marta (aygust va 
yanvarda) hosil oladilar. Dehqonchilik ov, terimchilik va baliqchilik 
bilan qo ‘shib olib boriladi. 0 ‘troq dehqon somaliliklar turar joylari 
chorvador somaliliklamikidan farq qiladi. Dehqon somaliliklar uy­
lari rejada aylana doirasimon, derazasiz, konussimon, somonli tomli, 
mandullo
deb nomlanadi. Bu uy laming devorlari to ‘qilgan sinch, us- 
tidan loy bilan suvalgan.
Efiopiya amxaralari odatda yog‘ingarchilik mavsumida, iy u n - 
sentabrda ekin ekishadi. Noyabrdan fevralgacha hosilni yig‘ib terib 
olishadi. Amxara dehqonlari yo ‘qsilligi 20-25 oilaga l - 2 t a h o ‘kizning 
b o iish i, ulam i an ’anaviy qishloq xo ‘jalik qurollaridan foydalanishga 
majbur etadi. Yerni haydashda marasha omoch, hosilni o ‘rishda o‘roq, 
donni shamolda tozalashda belkurak va boshqalardan foydalanishadi. 
Efiopiyada kommunistik hokimiyat paytida (XX asm ing 70-yillarida) 
dehqon xo ‘jaliklarini jamoatlashtirish yaxshi natija bermadi.
Efiopiya xalqlarida to‘qimachilik, ip yigirish, kashtachilik, kulol- 
chilik, bo ‘yra, savatlar to ‘qish, temirchilik hunarlari yuksak rivojlan­
gan. Ayrim hunarlar, xususan, ip yigirish xotin-qizlar ishi hisoblanib, 
e ’zozli kasb sanalgan. K o‘pgina hunar turlari erkin kishilar, ayniqsa, 
zodagonlar uchun past kasblar sanalgan. Jumladan, g ‘isht teruvchilar, 
kulollar, zargarlar falasha xalqi vakillaridan b o ig an . Shunga o^xshash 
yana bir etnik guruh -
azmarilar
- daydi qo‘shiqchi va musiqachilami 
mamlakat y o ila rid a hozir ham uchratish mumkin.
51


Efiopiya xalqlari taomlari asosini o ‘simlik va sut mahsulotlari tash­
kil etadi. Dondan non hamda yirik, diametri 60-70 sm li 
injera
deb 
nomlanuvchi chapati, go‘sht va tuxumdan turli qaylalar tayyorlashib, 
sabzavot va ziravorlar bilan iste’mol qilishadi. Bayram taomi - brindo 
qo‘yni osib qo‘yib imdan kesilgan go'sht bo‘laklarini achchiq qaylaga 
botirib yeyishadi. Kofe ilgari marosim taomi bo‘lgan. Uning qovurilgan 
donini chaynashgan, hozirda kofe eng sevimli ichimlik hisoblanadi.
Uylari shimolda xidmo, janubda - pikul deb atalgan. Bir xonali 
to ‘g ‘ri burchakli xidmoning devorlari mayda toshlardan bunyod eti- 
ladi. Tomi ikki yoki to ‘rt qator ustunlarga tayanadi. Ichki xona ikkiga 
boTinadi. Bittasi yashash va mehmonlar uchun xizmat qilsa, ikkin- 
chisi ombor, molxona vazifasini bajargan.
Tukul - bir xonali turar joy ichida o ‘choq boTgan.
Mebel an’anaviy uylarda karavot va mesoba - past to ‘qilgan, 
qopqog‘i boTgan stolchadan iborat. Buyumlar, oziq zaxiralari uzun 
qayishli yumaloq savatchalarga solib osib qo‘yiladi.
YoTlar bo‘ylab an’anaviy uylarni zamonaviy to ‘g ‘ri to ‘rtburchakli, 
ayvonli qurilish binolari surib chiqargan. Bir necha qishloq aholisi 
uchun cherkov yoki machit qurilgan, odatda, u aylana shakldagi 
yengil bino ko ‘rinishida boTadi.
Xabashlaming an’anaviy kiyimlari rang-barang. Efiopiyaning eng 
yirik ikki xalqi - amxara va oromo oq rangli kiyim kiyishni afzal 
k o ‘radilar. Erkaklar shim - suri, uzun ko‘y!ak; ayollar - yupqa m ato­
dan kashtalar bilan bezatilgan keng ko‘ylaklarni kiygan va mahorat 
bilan kashtalangan 6 -1 0 m li bel bog‘ichlarini o‘ragan. Kiyim yengil 
oq yopinchiq - shamma yoki natela bilan yakunlangan. Uni boshga, 
tana atrofiga yoki yelkaga tashlab yurishgan. Bu kiyim hozirda butun 
Afrikada bayram kiyimiga aylanib bormoqda. Efiopiyada 1974-yili 
imperator hokimiyati tugatilgach, kiyimlardagi tafovutlar ham bekor 
qilindi. Sher terisidan tayyorlangan 
le m d -
saroy a’yonlari, harbiylar 
kiyimiga emas, ruhoniylar kiyimi qismiga aylandi.
Efiopiyada kichik oilalar keng tarqalgan. Nikohning turli ko ‘ri- 
nishlari bo Tib, oila kodeksi ulaming barchasini tan oladi.
52



Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin