Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Polineziya davlatlari: kastalari, dinlari va afsonalari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

3.4. Polineziya davlatlari: kastalari, dinlari va afsonalari
Tonga, Taiti va Gavayidagi davlatlaming murakkab tuzumlari Po­
lineziyaga ilk kelgan yevropaliklarni hayratga solgan. Polineziyalik- 
lar jamiyati kastalarga bo‘lingan. Taitida oliy kasta - ariklar bo ‘lgan. 
Ulaming safidan qabila boshliqlari va hatto arxipelag hukmdorlari 
chiqqan. Ariklardan pastroqda yer egalari - raatiralar, ulardan ham 
pastda oddiy xalq - manaxune joylashgan. Eng quyida qullar va qa- 
ram xizmatkorlar boTgan.
Yuqori darajadagi boshliqlar hokimiyati kuchli boTib, oddiy 
kishilarning b o ‘ysunmasligi, odatda, oTim bilan yakunlanib, qa- 
rom i uning tan soqchilari amalga oshirgan. Hukmdor shaxsi ilo- 
hiylashtirilib, uning sharafiga diniy markazlarda marosimlar 
o ‘tkazilgan. U paydo boTishi bilan oddiy xalq kiyimini yechib yerga 
yotgan. Qirolga maxsus ramziy so‘zlar bilan saroyini «havo buluti», 
kemasini - «kamalak» va h.k. m urojaat qilish lozim boTgan. Qi- 
rol xalqqa to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri murojaat qilmagan, uning uchun m ax­
sus amaldor - notiqlar boTgan. Taomni ham maxsus kishi yedirib 
qo‘ygan. Qirolning saroydan chiqishi bilan maxsus yigitlar taxtira- 
vonda yerga qo ‘ymay k o ‘tarib yurishgan.
Yuqorida keltirilgan udumlar polineziyaliklarda «tabu» va 
«mana» bilan izohlangan. «Мапа» - muqaddas ko‘rinmas kuch turli
40


darajada buyum va insonlarda mujassamlashadi. Tabiiy ki, qirolda eng 
kuchli raana bo ‘ladi. Agar inson bilib-bilmay jinoyat qilsa, kurashda 
m a g iu b boTsa va h.k. holatlarda uning manasi pasayib, odamlar un­
dan chetlashadi. M uqaddas hokim, hukmdorlarga ham tabu qo‘yilib, 
ular bilan muloqot cheklangan.
Polineziyada toifaviy kastalar bo" lib, unga mansublik otadan bo- 
laga o ‘tib bir kastadan boshqasiga o ‘tish mumkin boim agan. Faoli- 
yatning barcha turlari kastalar orasida taqsimlangan. Xususan, yuqori 
kasta vakillari shug‘ullanadigan: xalqni boshqarishdan tashqari, ke­
malar qurilishini, dengiz ekspeditsiyalarini, uylar qurilishini, badanga 
tatuirovka solish, ibodatxonalarda diniy xizmatni boshqarish kabilar 
mavjud. Quyi pog‘onadagi kasta vakillari cho‘chqa boqish, farrosh- 
lik, idish-tovoq yasash va h.k.lami bajarganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin