Ozarbayjonlarda yigitlar nikoh yoshi 18-20, qizlamiki 17-18 yosh
bo‘lgan. Gruzinlarda har ikki jins vakillari uchun nikoh 19-25 yosh
bo‘lgan. Armanlaming ko‘pchiligida nikoh yoshi ham deyarli shu
tarzda boMsa-da, erta nikohlar ham uchrab turgan. Xristian! ikka man
sub aholida oilalar monogam ko‘rinishda bo‘lgan. Musulmonlarda
ko‘p xotinlikka ruxsat bo‘lsa-da, amalda faqat boylar, savdogarlarda
poligamiya holatlari uchragan.
Nikoh marosimi ko‘p vaqt davom etadigan, tizimi va ishtirokchi-
lari murakkab tarkibli marosimdir. Gruzinlarda to‘y rahbari - ejibi
tayinlangan. Ozarbayjonlarda kuyov tomon kelin uchun boshliq deb
nomlangan qalin puli to‘ lagan. Bu haqda nikoh shartnomasida (kebin)
kelishib olingan.
To‘y va boshqa diniy marosimlar, bayramlar, odatda, jamoatchilik
uchun muhim voqea hisoblangan. Ularda faqat qarindoshlar, qo‘-
shnilar emas, jamoaning talay qismi, butun qishloq aholisi yoki ma-
halla ahli ishtirok etgan.
Dostları ilə paylaş: