Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Dinlari, folklor, professional badiiy madaniyat



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

7.5. Dinlari, folklor, professional badiiy madaniyat
E ’tiqodlari va udumlari. 
Kavkazoldi xalqlarining rasmiy din­
lari xristianlikning turli mahzablari va islomdir. Ayni paytda aholi­
sining m a’naviy madaniyatida xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq arxaik 
diniy tasavvurlar va udumlar ham saqlangan. Xususan, armanlarda 
yil davomidagi 79 ta bayram kunlaridan oltitasi dehqonchilik ilohlari 
bilan bog‘liq bo‘lib, ular orasida Vardavar qadimgi suv xudosi Vardga 
bag‘ishlangan. Abxazlar, gruzinlar (svanlar, xevsurlar) hozirga qadar 
ov va baliqchilik (hamet) ilohlari nomlarini biladilar. 0 ‘rmon ilohi 
yoki ilohasi, o‘rmon kishisi haqidagi xalq ertaklari o‘tmish va hozirgi 
turmushning uzviy qismidir. Muqaddas o‘rmonlar yoki alohida da- 
raxtlar, toshlar, buloqlar bugungi kunda ham dunyo dinlaridan kam 
e’zozlanmaydi. Ulaming yonida, shoxlarida bog‘langan tasmacha- 
lar, ro‘mollar va boshqa narsalami ko‘ramiz. Insonlar ushbu joylarda 
o‘z ehtiyojlariga chora so‘rab qurbonliklar qilishadi. G ‘arbiy Gruzi-
106


yada yaqin-yaqinlargacha qishloqlardan birining yaqinida aholining 
ma'jusiy diniy bayramlari o‘tkazilgan. An’anaviy arxaik dinlar bilan 
bo g iiq muqaddas joylarning tartibda saqlanishi. uning atrofidagi 
maydonga ishlov berish jamoaning vazifasi hisoblanadi.
Ozarbayjonlarda ma’jusiy diniy tasavvurlar islom bilan chirmashib 
ketgan. Xalq e’tiqodiga ko‘ra 21-fevraldan 21-martga qadar tabiatda- 
gi barcha tirik va o iik narsalar qishki uyqudan uyg‘onadi. Avval havo 
uyg‘onib iliq shamol esadi, u daraxtlaming kurtaklarini uyg‘otadi. 
Undan keyin suv uyg‘onib, uchinchi haftada yer, to'rtinchi haftada 
havo iliydi. Ushbu oy davomida chorshanba arafasidagi barcha kun- 
lar bayram hisoblangan. Aholi gulxanlar yoqib yoshlar uning ustidan 
sakrab o'tganlar. So‘nggi chorshanba Yangi yil - Navro‘z bayrami- 
ning xabarchisi sanalgan. Ozarbayjonlar olovni tabiatning eng toza 
va muqaddas hodisasi deb hisoblaganlar. Toshlarga davolash xususi- 
yatini berib, suvni o‘z ajdodlari hisoblashgan. XX asr boshlariga qa­
dar Su jedim (suv mening ajdodim) nomli bayram bo‘lib, shu kuni 
bir-birlariga suv sepishgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin