Axborot xavfsizligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Nazorat savollari: 
1.
Axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari nima va u qaysi asosiy 
guruhlarni o‘z ichiga oladi? 
2.
Axborot xavfsizligi sub’ektlarining kategoriyalarini tushuntirib bering. 
3.
Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab olgan 
konfidensiallik, yaxlitlik, identifikatsiya va autentifikatsiya kabi masalalarini 
yoritib bering. 
4.
Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab olgan 
vakolat berish, foydalanishni nazoratlash, mulklik xuquqi, sertifikatsiya kabi 
masalalarini yoritib bering. 
5.
Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab olgan imzo, 
voz kechmaslik, sanasini yozish kabi masalalarini yoritib bering. 
6.
Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab olgan 
olganligiga tilxat berish, bekor qilish, anonimlik kabi masalalarini yoritib bering. 
7.
Axborot xavfsizligini ta’minlash darajalarini tavsiflab bering. 
1.3. Xavfsizlik siyosati 
 
Axborot xavfsizligi siyosati (yoki xavfsizlik siyosati) – tashkilotning 


25 
maqsadlari va vazifalari hamda xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi tadbirlar 
tavsiflanadigan yuqori darajadagi reja. Siyosat xavfsizlikni umumlashgan 
atamalarda, spesifik detallarsiz tavsiflaydi. U xavfsizlikni ta’minlashning barcha 
dasturlarini rejalashtiradi. Axborot xavfsizligi siyosati tashkilot masalalarini 
yechish himoyasini yoki ish jarayoni himoyasini ta’minlashi shart. 
Apparat vositalar va dasturiy ta’minot ish jarayonini ta’minlovchi vositalar 
hisoblanadi va ular xavfsizlik siyosati tomonidan qamrab olinishi shart. Shu 
sababli asosiy vazifa sifatida tizimni (jumladan tarmoq xaritasini) to‘liq 
inventarizatsiyalashni ko‘zda tutish lozim. Tarmoq xaritasini tuzishda har bir 
tizimdagi axborot oqimini aniqlash lozim. Axborot oqimlari sxemasi axborot 
oqimlari biznes-jarayonlarni qanchalik ta’minlayotganini ko‘rsatishi mumkin, 
hamda axborotni himoyalash va yashovchanligini ta’minlash uchun qo‘shimcha 
choralarni ko‘rish muhim bo‘lgan soxani ko‘rsatishi mumkin. Undan tashqari bu 
sxema yordamida axborot ishlanadigan joyni, ushbu axborot qanday saqlanishi, 
qaydlanishi, joyini o‘zgartirishi va nazoratlanishi lozimligini aniqlash mumkin. 
Inventarizatsiya apparat va dasturiy vositalardan tashqari dasturiy xujjat, 
apparatura xujjatlari, texnologik xujjat va h. kabi kompyuterga taalluqli bo‘lmagan 
resurslarni ham qamrab olishi shart. Ushbu xujjatlar tarkibida tijoratni tashkil etish 
xususiyatlari to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin va bu xujjatlar buzg‘unchilar 
foydalanishi mumkin bo‘lgan joylarni ko‘rsatadi. 
Axborot xavfsizligi siyosatini aniqlashda quyidagilar amalga oshirilishi 
lozim: 
1. Axborot xavfsizligi sohasida amal qilinadigan xujjatlar va standartlarni, 
hamda axborot xavfsizligi siyosatining asosiy nizomlarini aniqlash, ya’ni: 
-
kompyuter texnikasi vositalaridan, dasturlardan va ma’lumotlardan 
foydalanishni boshqarish; 
-
virusga qarshi himoya; 
-
rezervli nushalash masalalari; 
-
ta’mirlash va tiklash ishlarini o‘tkazish; 
-
axborot xavfsizligi sohasidagi mojarolar xususida xabardor qilish. 


26 
2. 
Xavf-xatarlarni 
boshqarishga yondashishlarni aniqlash, ya’ni 
himoyalanganlikning bazaviy sathi yyetarli ekanligini yoki xavf-xatarlarni 
taxlillashning to‘liq variantini o‘tkazish talab etilishini aniqlash. 
3. Axborot xavfsizligi rejimiga quyiladigan talablarni aniqlash. 
4. Sathlar bo‘yicha qarshi choralarni strukturizatsiyalash. 
5. Axborot xavfsizligi sohasida sertifikatsiyalash tartibining standartlarga 
mosligini aniqlash. 
6. Rahbariyatda axborot xavfsizligi mavzui bo‘yicha kengashlar o‘tkazish 
davriyligini, xususan, axborot xavfsizligi siyosatining nizomlarini qayta ko‘rish, 
hamda axborot tizimining barcha kategoriyali foydalanuvchilarini axborot 
xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘qitish tartibini aniqlash.
Tashkilotning real xavfsizlik siyosati quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi 
mumkin: 
-
umumiy qoidalar; 
-
parollarni boshqarish siyosati; 
-
foydalanuvchilarni identifikatsiyalash; 
-
foydalanuvchilarning vakolatlari; 
-
tashkilot axborot resurslarini kompyuter viruslaridan himoyalash; 
-
tarmoq bog‘lanishlarini o‘rnatish va nazoratlash qoidalari; 
-
elektron pochta tizimi bilan ishlash bo‘yicha xavfsizlik siyosati 
qoidalari; 
-
axborot resurslari xavfsizligini ta’minlash qoidalari; 
-
foydalanuvchilarning xavfsizlik siyosati qoidalarini bajarish bo‘yicha 
majburiyatlari va h. 
Qoidalar tashkilotning rivojlanishiga, yangi texnologiyalar, tizimlar va 
loyihalar paydo bo‘lishiga muvofiq o‘zgarishi lozim. Buning uchun qoidalarni 
davriy ravishda qayta ko‘rib chiqish lozim. Xavfsizlik siyosatini qayta ko‘rib 
chiqish usullaridan biri axborot kommunikatsiya tizimlari auditi hisoblanadi. Shu 
sababli tashkilot xavfsizlik siyosati va, tabiiyki, axborot xavfsizligi siyosati 
o‘zining xayotiy sikliga ega deyish mumkin ( 1.1-rasm). 


27 
Xavfsizlik siyosatini o’z 
ichiga oluvchi hujjatlar 
Ko’rib chiqish va o’zgartirish
Qabul qilish va tasdiqlash
Muntazam ravishda qayta 
ko’rib chiqish
Rioya etilishini 
ta’minlash
Bajarilishini nazoratga 
olish
Qo’llash
Bajarilishini o’rgatish
Amalda qo’llanilishini 
boshlash
1.1-rasm. Xavfsizlik siyosatining hayotiy sikli 
Xavfsizlik siyosati qoidalarini qayta ko‘rib chiqish muddatlari xususida aniq 
bir ko‘rsatma mavjud emas. Ammo ushbu muddat olti oydan bir yilgacha 
belgilanishi tavsiya etiladi. 
Xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilganidan va amalga kiritilganidan so‘ng 
foydalanuchilar axborot xavfsizligi talablari bilan tanishib chiqishlari, xodimlar esa 
qoidalarni o‘rganishlari lozim. Mojarolar paydo bo‘lganda ishlab chiqilgan reja 
bo‘yicha harakatlanish tavsiya etiladi. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha shug‘ullanadigan 
yetakchi tashkilotlar xavfsizlik siyosati shablonlarini ishlab chiqdilar. Masalan 
SANS (System Administration Networking and Security) instituti turli xavfsizlik 
siyosatining 
shablonlari 
seriyasini 
ishlab 
chiqdi 
(
www.sans.org/resources/policies/
). 
Ushbu shablonlar tarkibiga quyidagi siyosatlar kiradi: 


28 
-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin