3. Diniy fenomenning namoyon bo‘li-
shi.
Diniy tushunchalardan eng muhi
mi bu «imon» va «ishonch» fenomenidir.
Ushbu tuyg‘u insonlarning hayotini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Dinga ishonuvchi kishi o‘z ha
yotini bir umr mashaqqatga qo‘yib bo‘lsada e’tiqodiga sodiq qo
lishga bag‘ishlashi mumkin. Masalan, diniy majburiyat sifatida
belgilangan muqaddas joylarga ziyorat uchun dindorlar mashaq
qat chekib qancha uzoq bo‘lsa ham borishga intiladilar. Vaho
lanki, o‘sha ziyoratga ketadigan vaqt, mablag‘ va kuchni bosh
qa biror dam olish hududiga borishga sarflash ham mumkin edi.
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. –
USA, Routledge, 2009. – P. 7477.
Diniy tushuncha
lardan eng muhimi bu
«imon» va «ishonch»
fenomenidir.
121
Ammo dindor kishi buning o‘rniga mashaqqatli, lekin o‘z e’tiqo
di bo‘yicha zaruriy hisoblagan joyga borishni tanlaydi.
Din o‘z navbatida mazkur fenomenlarni boshqaradi. Chun
ki bu kabi fenomenlar orasida «diniy mutaassiblik» kabi salbiy
fenomen ham borki, u ko‘pincha dinning asl ezgulik mohiyati
dan bexabar qolgan, din haqida chuqur falsafiy mushohadaga ega
bo‘lmagan yoki hayotiy va diniy tajribaga ega bo‘lmagan kishilar
da namoyon bo‘ladi. Ba’zan esa dindan yetarlicha boxabar bo‘la
turib, undan muayyan manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinuv
chi kishilarda ham ongli ravishda namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
• Imon.
• Ilm olish fenomeni.
• Vatanni sevish fenomeni.
• Gunohkorlikni tan olish.
• Ruhan taskin topish.
• Rihla.
• Niyat.
Kuzatilganidek, yuqoridagi mavzuga kirish qismida fenome
nologik yondashuv va uning ayrim xususiyatlari haqida to‘xta
lib o‘tildi. Bu yondashuvning o‘ziga xos xususiyati haqida gap
ketganda, unda diniylik diniy hodisani yoritishda bir tomon
lamalik yon bosishiga qaramay, undan muayyan darajada foy
dalanishni yoqlashi yodimizga keladi. Aytish mumkinki, din o‘z
tabiatiga ega. Shu jihatdan, fenomenologiya namoyondalari odat
da, ta’kidlaydilarki, din o‘ziga xos noyob tushuncha bo‘lib, unga
antropologiya, sotsiologiya, psixologiya va tarix fanlarining faqat
birininggina fokusidan boqish, kishiga hech narsa keltirmaydi.
Albatta, ushbu soha va yondashuvlarning har biri din haqida mu
him ma’lumotlarni fanga qo‘shadi, ammo, fenomenologlar fikri
cha, dinni faqat uning ijtimoiyiqtisodiy, psixologik va madaniy
jihatlarini bilish bilan to‘liq anglab yoki inkor etib bo‘lmaydi. Din
fenomenologlari komil ishonch bilan ta’kidlaydilarki, dinni inkor
qilishga urinish uning zaruriy jihatlarini anglab yetishga monelik
qiladi. Bu yondashuvni lozim tutganlar dinshunoslik sohasining
122
chin fidoyilari bo‘lib, o‘z kasblariga sadoqatlaridan, ular dinni te
ologik qarashlar, uslublar orqali, hatto, psixologiya, antropologi
ya, sotsiologiya va tarix fanlari kesimida o‘rganishga kirishadilar.
Masalan, bu sohalar dinga ikkinchi darajali tushuncha sifatida
yoki cheklangan e’tibor qaratadilar: psixologiya faqat dinni ruhiy
jihatini tushuntiradi; antropologiya muayyan ritual ustida «da
latadqiqoti»ni olib boradi; sotsiologiya faqat din sotsiologiyasi
doirasida din bilan shug‘ullanadi; tarix esa tarixiy kontekst, dina
mika va hodisalar orasida kichik bir faktor o‘rnida dinga muro
jaat qiladi. Dinshunoslik sohasi esa cheklangan yoki betartib yon
dashuvdan qochgan holda dinni uning manbalari va institutlari
bilan birgalikda to‘liq va tadrijiy o‘rganishni qamrab oladi.
Dinshunoslik sohasi esa cheklangan yoki betartib
yondashuvdan qochgan holda dinni uning manbalari va institutlari bilan
birgalikda to‘liq va tadrijiy o‘rganishni qamrab oladi
123
O‘z navbatida, fenomenologlar to‘liq bo‘lmasada, qis
man universitetda o‘tiladigan dinshunoslik tarkibida ham bir
xil diniy jihatlar mavjudligini bildirib o‘tadilar. Fenomenologik
yondashuv dinshunoslik tadqiqotlariga juda katta ta’sir ko‘rsat
gan bo‘lishiga qaramay, fenomenologiya tushunchasi ko‘plab
dinshunos
olimlar uchun mavhumligicha qolmoqda. Termin
haqidagi ravshan tushu nishni yo‘qligi u dinshunoslik sohasida
qo‘llanilganda, ma’nosi o‘zgarishi bilan bog‘liq. «Fenomen» so‘zi
inson hissiy a’zolari orqali o‘zlashtiriladigan yoki tushuniladi
gan narsani bildiradi. Albatta, bunda hissiy a’zolar orqali tushu
niladigan narsa (obyekt) asl holi kabi bo‘lmasligi mumkin. Bu
tushuncha inson hissi, tajribasi, ta’m a’zolari, adabiyotlar, ta
rix, madaniyat, ong, bilim orqali shakllanadi. Narsaning o‘zida
gi ichki mohiyati ularning linzalari orqali namoyon bo‘ladi. Shu
jihatdan, fenomenologiya bizning ko‘zimizga ko‘ringan narsani
emas, balki uning mohiyatini o‘rganish bian shug‘ullanadi. Tan
olish kerakki, ong va tajriba tavsifi bilimlarni o‘zlashtirish orqa
li gavdalanadi.
Ba’zi din fenomenologiyasi namoyondalari keng miqyosda
gi miflar, rituallar, mantlar ibodatxonalar, raqslar, amaliyotlar,
e’tiqodlar, Xudo haqidagi g‘oyalar va muqaddas qadamjolardan
iborat ma’lumotlar asosida dinning mohiyatini tushunish va tas
virlashga urinib ko‘radilar. Dinshunoslik tarixidagi bir qator nu
fuzli mutafakkirlar ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borganlar. Ya
na ko‘pchilik din va dindorlarning qarashlari, tili, tushunchalari
va tushuntirishlariga ko‘ra ish yuritganlar. Albatta, ular dindor
larning interpretatsiyasi bilan cheklanib qolmaganlar, lekin, ular
dinning ilmiy o‘rganishda boshqa yondashuvlar bilan mos ravish
da, dindorlarning qarash va tushuntirishlari alohida ahamiyatga
ega deb hisoblaganlar. Shubhasiz, biror dinga mansub yoki man
sub bo‘lmagan har qanday olim diniy e’tiqod va amaliyotlardan
namunalar ustida fenomenologik kuzatuv, tahlil va izohlash
(interpretatsiya)ni amalga oshirgan. Bunda, dindor bo‘lmagan
tadqiqotchi dindorning hissiy holatiga chuqur e’tibor qaratishi
124
lozim bo‘lsa, dindor tadqiqotchi o‘z dini haqidagi normativ faoli
yat sekulyar sharoitda ilmiy tahlil chegarisidan chiqqan holatda,
konfessional qarashga qarshi himoyalanishi kerak bo‘ladi (ya’ni,
ko‘p ham dindorlik pozitsiyasidan voqelikka nazar tashlamaslik
lozim). Irreduksion (murakkab) diniy mohiyat haqidagi dalillar
misolida din va dindorga yo‘nalgan mos munosabatlar o‘rganil
gan yuqoridagi fikrlar asosida sekulyar va teologik yondashuvlar
o‘rtasidagi chegara nufuzli fenomenologlar tomonidan olib tash
langan.
Rudolf Otto (1869–1937) ushbu farqni bartaraf etgan olim
larning mumtoz vakili sanaladi. Ba’zi fenomenologlar falsafa
yuzasidan dinshunoslikka yondashuvchi, yana boshqalari din
ni ilmiy o‘rganishdagi obyektiv namunalarga ehtiyotkorona mu
nosabat bildirish tarafdori bo‘lgan bo‘lsalar, Otto teolog sifatida
faoliyat boshlagan dastlabki dinshunos olimlardan hisoblanadi.
Bu teologik tavsif tajriba bilan uyg‘unlashib, uning «Muqaddas
g‘oya» (1923) asari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu asarda Ot
to o‘quvchining e’tiborini «kimdir his qiladigan, kimdir his qil
maydigan» diniy tajribani ong qanday namoyon bo‘lishiga qara
tadi. Bir tomondan, Otto o‘z misolida diniy mohiyatning dindor
tushunchasida tajribadan o‘tishini ifodalasa, boshqa tomondan,
tashqaridan turib diniy tajribani obyektiv ravishda tushunish
va tushuntirishga qaratilgan ilmiy o‘rganish imkoniyati mavjud
emasligini bildiradi. Uning fikrlari ko‘proq mantiqqa yaqin va
intuitiv (sezgiga asoslangan) bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Uning
diniy tajribaga ega bo‘lmaganlarni «ro‘yxatdan o‘chirishi» Zig
mund Freyd kabi dunyoviy (sekulyar) nazariyalar tarafdorlari
ning tanqidlariga uchragan. Freyd o‘zining «ummon misol» taj
ribaga ega emasligini hamda uning nazariyalariga diniy tajriba
inkor qilinmasligini e’tirof etib o‘tadi. Shunday bo‘lsada, Ot
toning cheklovi ochiq, betaraf, takrorlanib turuvchi va ishonchli
tahlilning sotsial ilmiy namunalari va dinning sekulyar o‘rga
nish bilan konflikt mavjudligi jihatidan istisnoli va normal ba
holanadi.
125
Ma’lum ma’noda, uning teologik yondashuvi bir tomonla
ma ko‘rinishi mumkin, lekin, dinning irreduksion (g‘ayritabiiy)
mohiyatini tavsiflashda u fenomenologik yondashuv rivojlanishi
ga katta ta’sir ko‘rsatdi. Qolaversa, u insonlar qanday qilib din
ni idrok etishi va tajribadan o‘tkazishini ko‘rsatib berdi. Masalan,
u ushbu «muqaddas» voqelikni insonlar qanday tajribadan o‘tka
zishlarini ratsional tavsiflar orqali emas, balki minnatdorlik,
qo‘rquv, terror, hayajon kabi hissiy holatlar bilan xarakterlanuvchi
«misteriya» (diniy mavzu) yuzasidan tahlil qilib o‘tgan. Diniy
tushunchalar bilan bog‘liq yuz beradigan minnatdorlik, qo‘rquv,
sabr kabi holatlarga Ottoning tavsifi xristianlik nuqtayi nazari
dan bildirilgan bo‘lsada, ammo, ayni paytda, u tavsif boshqa
dinlardagi dindorlar boshdan kechiradigan tajriba va qarashlarga
mos keladi. Aniqroq qilib aytganda, xristianlik bo‘yicha qudratli
Xudoning yaratganlaridan qattiq ta’sirlanish ruhida uning (Otto)
tili va g‘oyalari aylansada, o‘zining e’tiqodidan tashqari umu
miy diniy jihat haqida so‘z yuritishga harakat qiladi. U fenome
nologiyaning xarakterli jihati bo‘lgan ochiq ta’riflarni ishlatish
orqali dinlarni qiyosiy o‘rganish uslubidan keng foydalanadi. U
dinlar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib o‘tish bilan bir qatorda ular
dagi ko‘plab o‘xshash jihatlardan namunalar keltiradi. Ba’zida esa
yagona haq din sifatida oshkora xristianlikni keltirish orqali xo
lis taqqoslash hissini savol ostida qo‘yadi. Uning diniy tajriba va
dini alohida mohiyatga ega sifatida tushunishga qaratilgan tavsif
lari dinshunoslikda bugungi kunda keng qo‘llanilmasada, ammo
ma’lum darajada o‘ziga xos iz qoldirdi.
Gollandiyalik olimlar P.D.Shanteli de la Saussaye (1818–1874)
va Kornelius Petrus Tiele (1830–1902) fenomenologiyaning ilk
namoyondalari bo‘lib, ular dastlab xristianlik doirasida teologiyani
o‘rganishgan va keyinchalik fenomenologik yondashuvlar ning ken
gayishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ular o‘z tadqiqotlarini din
ni turli tushunchalar kesimida emas, balki butun holida anglash
maqsadida tashkil qildilar. Ular dinni to‘liq anglab ye tish mukam
mal samara keltirmasligini bilib turib, dinni ilmiy tadqiq etish
126
uslubidan foydalandilar. Gerard van der Leu (1890–1950) ham
ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borgan tadqiqotchilardan sana ladi.
«Mohiyat va tushunchalardagi din: fenomenologiya bo‘yicha tad
qiqotlar» (Religion in Essence and Manifestation: A Study in ‘he
nomenology) deb nomlangan uning dissertatsiya, keyinchalik ki
tobi dinni ilmiy o‘rganish bo‘yicha fenomenologik yondashuvlar
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. U muqaddaslik kuchini e’ti
borga olgan holda, tadqiqot obyekti sifatida din, subyekti sifatida
diniy tajribani puxta va ehtiyotkorona o‘rganadi. U dindorlarning
qo‘rquv va dinga intiluvchanlik hissini tadqiq qiladi. O‘z navbati
da, van der Leu ishlari orqali turli dinlar bo‘yicha to‘plagan keng
hajmli ma’lumotlarni tartiblash va izohlashga ko‘maklashgan xris
tian teologik qarashini kashf etilishiga turtki bo‘ldi
1
.
Dostları ilə paylaş: |