49
o'g'irlaydigan kishi nimani his qiladishini va oxir oqibati nima bilan yakunlanishini
tushutira olish keak.
Maktab yoshidagi o'g'irlik.
Maktabga borgan o’quvchilar uchun maktabdagi
o'g'irlash mavzusi ko'pincha pulga aylanadi. Bolada uyda pulni o'g'irlash,
tengdoshlar va yolg'on gapirish mumkin emasligini bilishi muhim hisoblanadi.
Farzandlari o'g'rilik qilganini bilib qolgan ota-onalar nima uchun bu ishni
qilishlarini so'rashlari kerak. Ko'pincha, o'g'irlik hal
qilinmagan muammolarning
oqibati bo’lib undagi sabablarga quyidagilar kiradi:
a)
mobil xarajatlar uchun mablag' yetishmasligi va ota-onalaridan
so'rashdan qo'rqish;
b)
katta yoshdagi o'quvchilar tomonidan bolaning cho'ntagidan pulni
talon-taroj qilish;
c)
bolaning xudbinligi va harajatlar uchun qancha sarflashini tushunib
yetmasligi hamda
pul bilan muomalani bilmaslik;
d)
o'z tengdoshlari doirasida o'zini himoya qilishga urinish;
e)
ota-ona e'tibori va mehrning yetishmasligi yoki ota – ona tomonidan
o’ta mehrni ko’p berilishi;
f)
doimo kimnidir narsasini o'g'irlash istagi.
Farzandni pulni o'g'irlamaslikka qanday o'rgatish kerak, uni nima o’g’irlik
qilishga undaydi, deb hisoblash kerak. Ikkinchidan, bolaga psixologik yordam
berishi mumkinmi? Avvalo bu odat paydo bo`lishiga nima sabab bo`lganini bilish
muhim. Ba`zida bolaga ota-onasi tomonidan yetarlicha e`tibor berilmaganligi yoki
ular bolaga pul bermagani uchun o`zini tengdoshlaridan ortda qolganday his qilishi
(masalan, birida telefon bor-u, bunda yo`q yoki boshqalarday kiyinmasa) shunday
yo`l tutadi. Bular o`smir bola uchun juda muhim. Shuning uchun bu o`rinda
faqatgina bolani ayblash to`g`ri emas.
Ota- onaning bola shaxsiga munosabatini aniqlash jarayonida bola «ota-onam
menga pul bermayaptimi, demak, yaxshi ko`rmaydi, e`tibor qaratmayaptimi, demak,
meni tushunmaydi», degan fikrga kelib qolishi mumkin.
Shuning uchun boladan
nima uchun bunday yo`l tutayotganini yotig`i bilan so`rash, do`stona gaplashish
50
zarur. Chunki bola bilan gaplashilmasdan turib, jazolansa,
vaziyat battar
chigallashishi, bolaning kattalarga bo’lgan ishonchi yo`qolishi mumkin. Ammo
o`zida bo`lmagani uchun pul o`g`irlamasin deb ko`p pul berish ham yaramaydi.
Doim yonida pul bo`ladigan, ularni osongina sovuradigan o`smirlar atrofida
har doim ham «yaxshi do`stlar» jam bo`lavermaydi. Buni bola shaxsiga
tushuntirish, haqiqiy do`stlaring uchun cho`ntakdagi qancha pul borligi muhim
emasligini aytish muhim. Pul o`g`irlashning oxiri voy bo`lishini, hamma o`g`ri deb
chaqirishini, buning qonunan javobgarligi borligini tushuntirilishi va o’g’irlik,
vaziyati, sababini o`rganish zarur. Bu ishni qilishga nima turtki bo’lganligini juda
ehtiyotkorlik bilan aniqlash va bolaning kelajakda kim bo`lib ulg`ayishi, to’g’ri
munosabatlarga bog`liq.
Bolani jazolashda, avvalo o`g`irlikni rostdan ham u
qilganini aniqlash zarur.
Bolani jazolshda jinoyatchi-o`g`ri emas, balki bola ekanligini inobatga olib
munosabatda bo’lish zarur. Hukm chiqarish va jazolash uchun shoshilmay, bolaning
kelajagi hamda o`ziga bo’lgan ishonchni yo`qotmasdan harakat qilish zarur.
Boladagi bu o`g`irlikda hissiyotga berilmay munosabat ko’rsatish zarur, lekin
voqeani «jinoyat», «o`g`rilik», «kissavurlik» deb atamaslik zarur. Pedagog –
psixolog sifatida tuyg`ularingizni bildirishingiz hamda
bola bilan sirlashishingiz,
muammoning yechimini birgalashib hal qilish zarur. Faqat muammoning yechimi
psixologning buyrug`i emas, hamkorlikdagi qaror bo`lishi kerak.
Kimdirdan olgan pulni zudlik bilan egasiga qaytarish kerakligi, ammo bu
muammoni bolaning bir o`ziga qoldirmaslik muhim. Bu uni battar yomon ahvolga
soladi va keyingi gal o`g`irlaganini imkon qadar
hammadan bekitishga harakat
qilaveradi. Faqat u bilan birgalikda muammoni hal qilish zarur. Shunda bola har bir
inson qo`llab-quvvatlanish huquqiga egaligini tushunadi.
Bolaning kimlar bilan do`stligiga ham ahamiyat berish zarur. Chunki ba`zan
bola atrofidagi do`stlari qilgan ishga qiziqib, o`zida takrorlashi ham mumkin.
Pedagog –psixolog sifatida o`z muammolaringizni aytib, undan yordam tariqasida
fikr so`rang. Chunki o`smir yoshda bola o`zini kattalardek his qiladi va
51
atrofdagilardan ham shunday munosabat kutadi. Bola dilidagilarni ochganidan keyin
uning muammolari haqida gaplashish zarur.
Bolaning qiziqishlarini aniqlab uni o’zining sohasiga yo’naltirish
to`garaklarga berish to`g`ri yo`l hisoblanadi. Bolaning yana nimalarga qiziqishini
aniqlab bolaning bo`sh vaqti ko`p bo`lmasligini ta`minlash muhim hisoblanadi. Shu
kabi muammolarni hal qilish bilan ota-onalar o'zlarini muammolarini hal qilishda
quyidagi holatlarga e`tibor berish zarur:
a)
Bu borada suhbatlar o'tkazish, o’g’irlik
hech qanday holatda ham
mumkin emasligini yodda tutishi kerakligi juda muhim;
b)
bolani o'g'ri deb chaqirish yoki doim eslatish mumkin emas;
c)
muammo hal qilingandan keyin vaziyatga qaytish;
d)
muammoni oshkor qilishdan ko'z yummoq;
e)
bolaga qarshi tajovuzni ko'rsatish.
Bolani o'g'irlik uchun jazolashda faqat jazolarning sababi aniqlanganidan
keyin qanday jazolash mumkinligini aniqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: