O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   187
3.Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi. 
Og`ishgan xulqning ba'zi turlari 
me`yorning so`nggi chegarasidan kasallikka o`tishi va tibbiyotni o`rganish predmeti 
bo`lishini aytib o`tish mumkin. Xullas, masalan, tibbiy maqsadlarda giyohvand 
moddalarni epizodik iste'mol qilish suiste'mol qilish shakliga (psixologik bog’liqlik) 
o`tishi va jismoniy bog’liqlik (giyohvandlik) belgilari bilan dardchil ishtiyoq
rivojlanishi mumkin.
Tibbiy bo`lmagan kasblar mutaxassislari o`z vakolatlari chegarasidan 
chiqmasliklari va shifokor ishtiroksiz axloqning patologik shakli bilan 
shug’ullanmasliklari lozim. Yuqorida ta'kidlab o`tilgandek, og’riqli, shu jumladan, 
axloqiy buzilish kasalliklar tasnifida sanab o`tilgan va yoritib berilgan. Shuning 


36 
uchun kim og`ishgan xulq bilan professional tarzda shug’ullanayotgan bo`lsa eng 
kam darajada tibbiy me`yorlar bilan boshqariladigan axloqning turlari haqida 
umumiy tasavvurga ega bo`lishi kerak. Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi 
psixopatologik va yosh mezonlariga asoslanadi. Ularga muvofiq tibbiy tashxisiy 
mezonlarga munosib, ya'ni kasallik darajasiga yetgan axloqiy buzilishlarga 
ajratiladi. Kasalliklar xalqaro tasnifining o`ninchi qayta ko`rib chiqishdagi (MKB-
10) F00-F99 ga ruxiy kasalliklar va xulqdagi og’ishli kasallik belgilari “Psixik va 
axloqiy buzilishlar tasnifi” bo`limida quyidagilarni axloqiy buzilish (katta 
yoshdagilar uchun) deb aytadi:
F10–19 – psixik va axloqiy buzilish oqibatida psixofaol moddalarni (spirtli 
ichimliklar, opioidlar, kannabinoidlar, sedativ va uxlatuvchi moddalar, kokain, 
kofeinni kiritgan xolda qo`zg’atuvchilar, gallyutsinogenlar, tamaki, boshqa 
psixofaol moddalardan foydalanish yoki iste'mol qilish bilan uyg’unlashgan 
uchuvchi eritmalar) iste'mol qilish; 
F50–59 – fiziologik buzilish va jismoniy omillar (ovqat qabul qilishning 
buzilishi; noorganik tabiatda uyg’uning buzilishi, organik buzilish yoki kasallik 
sabab bo`lmagan jinsiy disfunktsiya, tug’liishdan keyingi davr bilan bog’liq bo`lgan 
psixik va axloqiy buzilishlar, bog’liqlik chaqirmaydigan moddalarni suiste'mol 
qilish, masalan, setroidlar, vitaminlar) bilan bog’liq bo`lgan axloqiy sindromlar; 
F63 – odatlar va intilishlarning(azart o`yinlarga patologik moyillik; 
piromaniya – patologik kuyishlar; patologik o`g’rilik – kleptomaniya; soch yulish –
trixotilomaniya; odatlar va intilishlarning boshqa buzilishlari) buzilishi; 
F65 – jinsiy maylni afzal ko`rishning bo`lishi (fetishizm; fetishistik 
transvestizm; eksgibitsionizm; vuayerizm; pedofillik; sadomazoxizm; jinsiy afzal 
ko`rish ko`plab buzilishlari). Aytib o`tish lozimki, ushbu taxrirda gomoseksualizm 
yo`q. Ko`rsatilgan bo`limlar ushbu axloqga tegishli bo`lishi mumkin bo`lgan 
kasallik buzilishlarga muvofiq belgilar va aniq tashxisiy mezonlardan iborat. 
Masalan, «Patologik o`g’rilik (kleptomaniya)» rubrikasi quyidagi tashxisiy 
belgilardan iborat:


37 
a) shaxs yoki boshqa odam uchun ko`rinmas sabablarsiz ikki yoki undan ortiq 
o`g’irlik holatlari;
b) individual o`g’irlikka kuchli intilish harakatni sodir etish, oldidan zo`riqish 
tuyg’usi va undan keyingi yengillikni yoritib beradi. 
MKB-10, shuningdek, bolalar va o`smir yoshidagilar uchun xarakterli bo`lgan 
boshlanish bilan axloqiy buzilish tipologiyasini ham o`z ichiga oladi.
F90 – giperkinyetik buzilishlar; 
F91 – axloq buzilishi (F91.0 – oilaviy muhit bilan chegaralangan axloqning 
buzilishi; F91.1 – axloqning ijtimoiylashmagan buzilishi; F91.2 – axloqning 
ijtimoiylashgan buzilishi; F91.3 – oppozitsion-chaqiruvchi axloq; F91.8 – 
boshqalar; F91.9 – aniqlanmagan axloq buzilishi); 
F92 – axloq va hissiyotlarning kulgili buzilishi; 
F94 – ijtimoiy ishlashning buzilishi; 
F95 – tikozli buzilish; 
F98.0 – noorganik enurez; 
F98.1 – noorganik enkoprez; 
F98.2 – ilk yoshdagi bolalarda oziqlanishning buzilishi; 
F98.3 – tanovul qilib bo`lmaydigan narsani yeyish; 
F98.4 – stereotipli harakatlanuvchan buzilish; 
F98.5 – duduqlanish; 
F98.6 – shoshilib gapirish. 
Ushbu axloqiy buzilishlar 6 oydan kam bo`lmagan muddatda saqlanishi zarur 
bo`lgan bir necha xarakterli simptomlarga ega bo`lganda tashxis qo`yiladi. Masalan, 
axloq buzilishiga quyidagi simptomlarni o`z ichiga oluvchi takrorlanuvchi va 
turg’un axloqga taalluqlidir:
1) bemor o`z yoshi uchun g’ayrioddiy tarzda jahlning tez-tez yoki og’ir 
ko`tarilishini namoyon qiladi; 
2) kattalar bilan tez-tez bahslashadi;
3) tez-tez kattalarning talablarini bajarishdan faol bosh tortadi yoki ularning 
qoidalarini buzadi; 


38 
4) ko`pincha ataylab shunday ishlarni qiladiki, boshqa odamlarning raxmini 
keltiradi; 
5) o`z xatolari yoki axloqida ko`pincha boshqalarni ayblaydi; 
6) ko`pinchi xafa bo`ladi yoki uni osongina o`ksitadilar; 
7) ko`pincha g’azablanadi yoki achchiqlanadi; 
8) ko`pincha g’azabnok yoki qasoskor; 
9) ko`pincha foyda olish yoki majburiyatdan qochish maqsadida aldaydi yoki 
va'dasini buzadi; 
10) ko`pincha mushtlashuv chiqaradi (bunga sibslar – aka-ukalar va opa-
singillar bilan mushtlashish kirmaydi); 
11) boshqa odamlarga jiddiy jismoniy zarar yetkazishga qodir bo`lgan 
qurollardan foydalanadi (masalan, chavgan, g’isht, singan butilka, pichoq, o`qotar 
qurollar); 
12) ota-onasining ma'n etishiga qaramay kech qorong’igacha ko`chada qoladi
(agar og’ishning boshlanishi bo`lsa – 13 yoshgacha); 
13) boshqa odamlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyon etadi 
(masalan, qurbonni bog’laydi, uni kesadi, kuydiradi); 
14) hayvonlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyish etadi; 
15) begonalar mulkini g’araz bilan buzadi; 
16) qasddan xatar yoki jiddiy zarar yetkazish maqsadida olov yoqadi; 
17) uydan yoki boshqa joydan qimmatbaho buyumlarni o`g’irlaydi; 
18) tez-tez dars qoldiradi; 
19) uydan kamida ikki marta yoki bir marta qochgan, biroq bir kechaga 
(zo`ravonlikdan qochish holatidan tashqari); 
20) jabrlanuvchining ko`z o`ngida jinoyat sodir etadi (hamyonni yulib olish, 
sumkani qirqishni kiritgan holda); 
21) boshqa birovni jinsiy faoliyatga majburlaydi; 
22) tegajoq axloqni tez-tez namoyish etadi (qasddan og’riq, kamsitish, qiynov 
yetkazish);


39 
23) begona uy va avtomobillar ichiga kiradi. Izoh. 11, 13, 15, 16-
simptomlar konstatatsiyasi uchun. 
20, 21, 23-bandlar uchun ularning loaqal biror marotaba yuzaga kelishi talab 
etiladi. Axloq buzilishi faqat agar buzilish shaxsning disijtimoiy buzilishi, 
shizofreniya, maniakal epizod, giperkin yetik buzilish, ruhiy azoblanish holatidagi 
epizod, hissiy buzilish kabi boshqa buzilishlar mezoniga javob bermagan taqdirda 
tashxislanadi.
Asosiy tizimlashtirishga qo`shimcha ravishda hiyla xususiy tasniflardan ham 
foydalaniladi. M.Ratter bola yoshidagi axloq buzilishini ikkita asosiy guruhchalarga 
bo`ladi:
1.
jamiyatga qarshi ahloqning ijtimoiylashgan shakllari; 
2.
ijtimoiylashmagan tajovuzkor axloq.
Birinchi guruhdagi bolalar va o`smirlar jamiyatga qarshi guruhlar ichida 
yaxshi moslashadilar, guruhda antiijtimoiy harakatlar sodir etayotib, hissiy 
buzilishlar belgilarini namoyish etmaydilar.
Ikkinchi guruhdagi ijtimoiylashmagan tajovuzkor axloq vakillari, aksincha, 
yaqin atrofdagilar, boshqa bolalar va oilalari bilan juda yomon munosabatda 
bo`ladilar. Ular uchun dushmanlik, salbiylik, qo`pollik va qasoskorlik xarakterlidir. 
D.N.Oudsxorn bolalik yoshidagi axloqiy buzilishni giperfaollik va 
antiijtimoiy tajovuzkor(yoki oppozitsion) axloqqa bo`lishni taklif qiladi. O`smir 
yoshidagilar uchun antiijtimoiy (delinkvent) axloq, giyohvand moddalarni 
suiste'mol qilish, nomaqbul jinsiy axloq xarakterlidir. 
A.Ye.Lichko fikri bo`yicha bola va o`smir yoshida axloq buzilishining 7 turini 
o`z ichiga olgan. R.Djenkins tasnifi tarqalgan: giperkinetik reaktsiya, ketish 
reaktsiyasi, autistik tipdagi reaktsiya, xavotir reaktsiyasi, qochoqlik reaktsiyasi, 
«ijtimoiylashmagan tajovuzkorlik», guruhli qonunbuzarlik. O`smirlarning deviant 
axloqi mahalliy tibbiy adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan. U, qoidadagidek, 
delinkvent axloq, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni barvaqt iste'mol 
qilish, jinsiy axloq deviatsiyasi, suitsidal axloq, uydan qochib ketish va daydilik kabi 
shakllarni o`z ichiga oladi. Bunda o`smir buzilgan axloqining, ayniqsa, klinik 


40 
aspektlarini ishlab chiqib, tadqiqotchilar uning ijtimoiy-psixologik determinantining 
yetakchi rolini ta'kidlaydi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin