O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Og`ishgan xulqni psixologik tasniflash



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
2. Og`ishgan xulqni psixologik tasniflash. 
Psixologik reallikni ilmiy tahlil 
qilish 
shakllaridan 
biri 
uning 
ko`rinishlarining 
tasnifi 
hisoblanadi. 
Tadqiqotchilarning axloqiy og’ishlarni tizimlashtirishdagi ko`p sonli urinishlari hali 
yagona tasnif yaratishga olib kelmadi. Murakkabliklarni bir necha sharoitlar bilan 


33 
tushuntirish mumkin. Axloqiy deviatsiyaning muammosiga asosiy sabab uning 
fanlararo xarakterda ekanligidadir. Modomiki, “deviant (og`ishgan) xulq” atamasi 
turli fanlarda turli ma'noda ishlatilar ekan, shu sabab axloqiy og’ishlarning ko`p turli 
xil tasniflari mavjud. Muammo mavjudligini tushuntiruvchi boshqa sabablar orasida 
inson axloqining o`ta turli-tuman shakllari va “me`yor” tushunchasining o`zi noaniq 
ekanligini aytish mumkin. Bularning barchasi umumiy mezonlarni ajratishdek, 
og`ishgan xulqning har xil ko`rinishlarining yagona tasnifini yaratishda ham 
qiyinchilik tug’diradi. Ayni damda tizimlashtirish mavjud va alohida fanlar 
doirasida keng foydalaniladi. Shartli ravishda axloqiy og’ishlarni tasniflash 
muammosida uchta asosiy yondoshuvni ajratish mumkin: ijtimoiy-huquqiy, klinik 
va psixologik. 
Ijtimoiy-huquqiy yondoshuv doirasida, o`z navbatida, sotsiologik va huquqiy 
yo`nalishni ajratish mumkin. Sotsiologiya axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar 
bo`yicha guruhlanadigan ijtimoiy ko`rinish sifatida ko`rib chiqadi: 
a) 
masshtabdan qat'iy nazar ommaviy va shaxsiy og’ishlarga ajratiladi; 
b) 
oqibatlar ahamiyati bo`yicha – salbiy (zararli oqibatlar keltirib 
chiqaruvchi va potentsial xavf tug’diruvchi) va ijobiy; 
v) 
sub'ekt bo`yicha – aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan, yo`l 
to`sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy guruhlar (masalan, 
ayollar piyonistaligi) og’ishi; 
g) 
ob'ekt bo`yicha – iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va boshqalar
d) 
muddati bo`yicha – bir vaqtli va davomli; 
ye) 
buzilgan me`yor turi bo`yicha – jinoyatchilik, ichkilik (piyonistalik) 
giyohvandlik, o`z-o`zini o`ldirish, axloqsiz xulq, daydilik, foxishabozlik, bezorilik
boqimanda bo`lish, sotqin, rasmiyatchilik, terrorizim, irqchilik, genotsid, destruktiv 
madaniyatlar.
Huquqda og`ishgan xulq atamasi ostida hozirgi vaqtda qabul qilingan va 
jazolash xavfi bilan taqiqlangan qonuniy me`yorlarga qarshilik qiluvchi barcha narsa 
tushuniladi. Shaxs harakatlarini huquqiy baholashdagi yetakchi mezon ularning 
jamiyatga xavf solish darajasi hisoblanadi. Harakatlarning jamiyatga xavf solish 


34 
xarakteri va darajasi bo`yicha ularni jinoyat, ma'muriy va fuqarolik-huquqiy 
deliktlar, intizomiy qiliqlarga bo`linadi. Jinoyatlar, o`z navbatida, jamiyatga xavf 
tug’dirish darajasiga ko`ra quyidagi kategoriyalarga bo`linadi: uncha og’ir 
bo`lmagan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish; o`rtacha og’ir besh yilgacha 
ozodlikdan mahrum etish; og’ir jinoyatlar o`n yilgacha ozodlikdan mahrum etish; 
alohida og’ir ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki ancha qat'iy jazo belgilash.
Jinoyatlar harakatlarning xarakteri bo`yicha ham bo`linadi: shaxsga qarshi 
jinoyat, iqtisod sohasidagi jinoyat, davlat hokimiyatiga qarshi jinoyatlar, harbiy 
xizmatga qarshi jinoyat, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyat. Shunday 
qilib, ”Jinoyat va Fuqarolik” kodekslari qonuniy nuqtai nazardan og`ishgan 
xulqning turli shakllari tasnifi hisoblanadi. Vaqt huquqiy og’ishning yanada yangi 
shakllarini tug’dirmoqda, masalan, reket, uyushgan jinoyatchilik, xakerlik
pandemiya davrida qonun qoidalarga rioya qilmaslik. Bu, o`z navbatida, 
qonunchilikka doimiy o`zgartirish kiritish zaruriyatini tug’diradi. 
Ko`rib chiqilgan tasniflarga axloqiy deviatsiyaga pedagogik yondoshuvni 
qo`shimcha qilish mumkin. Bizning fikrimizcha, pedagogik tasniflar kamroq 
differentsiyalangan va ko`pincha boshqa fanlardan o`zlashtirilgan. Ko`pincha 
“og`ishgan xulq” tushunchasini “moslashmaganlik” tushunchasi bilan
tenglashtiriladi. O`quvchini tarbiyalash va o`qitishning asosiy pedagogik vazifalari 
olamida maktab o`quvchisining og`ishgan xulqi maktabga moslashmaganlik kabi 
ijtimoiy moslashmaganlik xarakteriga ham ega. Maktabga moslashmaganlik 
tuzilmasiga o`zlashtirmaslik, tengdoshlari bilan o`zaro munosabatning buzilishi, 
hissiy buzilishlar kabi uning ko`rinishlari qatorida axloqiy og’ish ham kiradi.
Pedagoglar bilan hamkorlik tajribasi maktabga moslashmaganlik bilan 
uyg’unlashuvchi bir muncha keng tarqalgan quyidagi axloqiy og’ishlar haqida 
gapirishga imkon beradi. Bu intizom buzilishi, sababsiz maktab kelmaslik, giperfaol 
axloq, tajovuzkor axloq, oppozitsion axloq, chekish, bezorilik, o`g’rilik, 
yolg’onchilik. 
Ijtimoiy moslashmaganlikning maktab yoshida anchagina masshtabli 
belgilari bo`lib quyidagilarni ko’rishimiz mumkin:


35 
1.
psixofaol moddalarni muntazam iste'mol qilish (uchuvchi eritmalar, 
ichkilik, giyohvand moddalar),
2.
jinsiy deviatsiyalar, fog’ishabozlik, daydilik, jinoyat sodir etish.
3.
oxirgi vaqtlarda maktab o`quvchilarining og`ishgan xulqida nisbatan 
kompyuter o`yinlari yoki diniy sektalarga qaram bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan 
yangi shakl kuzatilmoqda. 
Umuman shaxsning “mustaqil bo`lmagan” , juda yoshlikdan va maktab 
yoshidan og`ishgan xulq ko`rinishlari bu bosqichida deviant axloq haqida gapirish 
muhim hisoblanib, pedagoglar va ota-onalar ko`pincha kichik bolalarda zararli 
odatlar (barmoqini so`rish, tirnoqini chaynash), ovqat yeyishdan bosh tortish, quloq 
solmaslik, tajovuzkor axloq, masturbatsiya, giperfaol axloq kabi axloqning shunday 
salbiy ko`rinishlari bilan to`qnashadilar. Afsuski, jamiyatda og`ishgan xulqqa 
nosog’lomlik kabi munosabatda bo`lish ustundir. Uning ko`zga ko`ringan shakllari 
bilan to`qnashgach, odamlar avvalo tibbiy tashxis va unga tegishli tibbiy yordam 
olishga harakat qiladilar.
Deviant axloq masalalari bo`yicha ilmiy adabiyotlarda bir muncha ishlab 
chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv hukmronlik qiladi. Ayni 
damda ma'lumki, shaxs axloqiga psixolgik jihatdan shaxsning o`ziga nasixat qilib 
ta'sir ko`rsatish mumkin. Yaqqolki, mutaxassis og`ishgan xulq tasnifiga ikkita 
yetakchi yondoshuvni ham psixologik, ham klinik aniq differentsiyalash zarur. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin