32
shakllarda yuzaga chiqadi: suitsidal axloq,
ozuqaga muhtojlik, kimyoviy
moddalarga muhtojlik (psixofaol moddalarni suiste'mol qilish),
fanatik axloq
(masalan, destruktiv-diniy madaniyatga tortilish), autik axloq,
viktim axloq
(jabrlanuvchining axloqi), hayot uchun aniq ko`rinib xatarli faoliyat (sportning
ekstremal turlari, avtomobilda yurganda tezlikni o`ta oshirish va boshqalar).
O`smir yoshda autodestruktiv axloqning xususiyati (avvalgi shakliga
o`xshash) uning guruhli qadriyatlar bilan bilvosita bog’liqligi hisoblanadi. O`smirlik
yoshidagi yuzaga keladigan autodestruktsiyaning quyidagi shakllarini tug’diradi:
giyohvandlikka mute bo`lib qolgan axloq, o`z-o`zini kesish, kompyuterga telefonga,
internetga bog’lanib qolish, ozuqa addiktsiyalari, kamroq suitsidal axloq. Bolalik
yoshida chekish va toksikomaniyaga o`rin bor,
biroq umuman olganda ushbu
yoshdagilar uchun autodestruktsiya davri kam xarakterlidir.
Biz shaxs og`ishgan xulqining turli ko`rinishlari ikkita o`ziga yoki
boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “destruktiv axloq” ning yagona o`g’ishida
joylashganini ko`ramiz. Destruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi
bo`yicha og`ishgan xulqning quyidagi shkala bo`yicha taqdim etish mumkin:
antiijtimoiy (faol-destruktiv) – antiijtimoiy guruhlar me`yoriga
moslashgan,
nisbatan destruktiv – asotsial (passiv-destruktiv)
o`z-o`zini parchalovchi (passiv-autodestruktiv) – o`z-o`zini o`ldiruvchi
(faol-autodestruktiv).
Og`ishgan xulqning alohida turlarini ajratish va ularning o`xshash
belgilar
bo`yicha tizimlashtirish garchi ilmiy tahlil maqsadida oqlangan bo`lsa-da, shartli
hisoblanadi. Real hayotda alohida shakllar ko`pincha uyg’unlashadi yoki kesishadi,
og`ishgan xulqning alohida aniq holatlari individual bo`yalgan
va takrorlanmas
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: