O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187
Nostandart axloq
tafakkurning yangi shakli, yangi g’oyalar, shuningdek, 
axloqning ijtimoiy stereotiplari doirasidan chiquvchi harakatlarga ega bo`lishi 
mumkin. Bunday shakl garchi aniq tarixiy sharoitlarda qabul qilingan me`yorlardan 
chetga chiqsa-da, biroq jamiyatning kelgusidagi rivojlanishida ijobiy rol` o`ynovchi
faollikni ko`zda tutadi. Nostandart axloqqa misol qilib, novatorlar, inqilobchilar, 
oppozitsionerlar, bilimning qaysidir sohasini ilk ochuvchilarni keltirish mumkin. 
Ushbu guruh qat'iy ma'noda og`ishgan xulq deb tan olinishi mumkin emas.
Destruktiv axloq
tipologiyasi uning maqsadlariga muvofiq tiziladi. Bir 
holatda bu ijtimoiy me`yorlarni (qonuniy, ma'naviy-yetik, madaniy) buzilishga 


30 
yo`naltirilgan tashqi destruktiv maqsadlar va munosib ravishda tashqi destruktiv 
axloq. Ikkinchi holda shaxsning o`zini dezintegratsiyaga yo`naltirilgan ichki 
destruktiv maqsadlar, uning regressi va munosib ravishda ichki destruktiv axloqidir.
Tashqi destruktiv axloq, o`z navbatida, addiktiv va antiijtimoiyga bo`linadi. 
Addiktiv axloq reallikdan ketish va istalgan hissiyotni olish maqsadida maxsus 
faollik yoki qandaydir moddalardan foydalanishni ko`zda tutadi. Antiijtimoiy axloq 
mavjud qonun va boshqa odamlar huquqlarini qonunga qarshi, asotsial, axloqsiz
beadab axloqlar shaklida buzuvchi harakatlardan iborat. 
Ichki destruktiv axloq guruhida S.P.Korolenko va T.A.Donskix quyidagilarni 
ajratadilar: suitsid, konformistik, nartsistik, fanatik va autik axloq. Suitsid axloq o`z-
o`zini o`ldirishning yuqori xavfi bilan xarakterlanadi.
Konformistik
– individuallikka muhtoj, faqat tashqi avtoritetga yo`naltirilgan 
axloq.
Nartistik
– shaxsiy buyukligi tuyg’usi bilan boshqariladi.
Fanatik
– qandaydir g’oya, nuqtai nazarga ko`r-ko`rona berilgan shaklda 
yuzaga chiqadi.
Autistik 
– odamlar va atrofdagi harakatlardan bevosita chegaralanganlik
shaxsiy fantaziyasi olamiga sho`ng’iganlikda ko`zga tashlanadi. 
Destruktiv axloqning barcha sanab o`tilgan shakllari, olimlar fikriga ko`ra, 
hayot sifatining yomonlashishi, o`z axloqiga tanqidni pasaytirish, kognitiv xatolar 
(sodir bo`lganlarni qabul qilish va tushunishda) o`z-o`zini baholash va hissiy 
buzilishlar kabi deviant mezonlarga javob beradi. Nihoyat, ular katta ehtirom bilan 
shaxsning yakkalanib qolishigacha bo`lgan ijtimoiy moslashmasligiga olib keladi. 
Psixologik adabiyotlarda shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini tasniflashda 
boshqa yondoshuvlarni ham uchratish mumkin.
Kelgusida biz axloqiy og’ishlarning, og`ishgan xulqning salbiy oqibatlari va 
buzilgan me`yor ko`rinishlari kabi yetakchi mezonlarga asoslangan shaxsiy 
tasnifimizga suyanamiz. Sanab o`tilgan mezonlarga muvofiq og`ishgan xulqning 
uchta asosiy guruhini ajratamiz:
1.
antiijtimoiy (delinkvent) axloq,


31 
2.
asotsial (axloqsiz) axloq,
3.
autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi) axloq. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin